I bob. Hayvonlar haqidagi ertaklarning uslub mezonlari va talqiniga xos asosiy xususiyatlar I hayvonlar haqidagi ertaklarning o‘ziga xos xususiyatlari I


Download 140.2 Kb.
bet5/12
Sana22.02.2023
Hajmi140.2 Kb.
#1220992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Hayvonlar haqidagi ertaklarda obrazlar tarkibi va talqini”

2. Yordamchi personajlar. Ular, asosan, ijobiy qahramon talqiniga xos sifatlar bilan tavsiflanadi. Qiyinchiliklarni bartaraf etishda, xavfli vaziyatlarda falokatlardan qutulib, omon qolishda yetakchi personajga yordam berish funksiyasi bilan ajralib turadi. Jumladan, (tulki) cho‘ponni ilondan saqlab qoladi4, yoki cholni bo‘riga o‘lja bo‘lish xavfidan o‘z vaqtida qutqarib qoladi5. «Tulki bilan xo‘roz» ertagida it yordamchi personaj sifatida namoyon bo‘ladi. U xo‘rozni tulki changalidan saqlab qoladi6.
Yordamchi personajlarning harakat doirasi zanjirsimon voqealar tizmasida ham kechishi mumkin. Bunda personajlarning funsional xususiyati mohiyatan tashqi, zohiriy jihatlariga ko‘ra ko‘zga tashlanmaydi, biroq voqealar rivoji diqqat bilan kuzatilganda mantiqan ichki, botiniy jihatlari ularning yordamchi personaj sifatidagi xususiyatlarini ocha boradi. Bu hodisa, asosan, zanjirsimon sujetli (kumulyativ) ertaklar («Qo‘ng‘izoy», «Bit buvi o‘libdi»)da7 uchraydi.
3. Raqib personajlar. Ularda salbiy munosabat va xususiyatlar mujassamlashgan. Raqib personaj ertaklarda doimo yetakchi qahramonlarga qarshi chiqadi, uning harakatlari yo‘lida to‘g‘anoq bo‘ladi, zid pozitsiyada turib ish ko‘radi. Binobarin, u yovuzlik qilish vazifasi bilan ajralib turadi. Turli xil hiyla-nayranglar qo‘llab, панд бериш, чув тушириш йўлини qidiradi. Jumladan, tulki kart dumba deb, bo‘rini qopqonga duchor qiladi1. O‘z nafsi yo‘lida do‘st tutingan laylakning bolalarini yeb qo‘yadi2. Keng yaylovda, maysali dalalar qo‘ynida o‘tlab yurgan beozor hayvonlar tinchligiga tahdid soladi3. Raqib personaj shu kabi xususiyatlarda ko‘zga tashlanadi.
4.Hukmdor yoki hokim personaj. Ertaklarda, asosan, o‘rmon hokimi, hayvonlar shohi, hukmdori sifatida namoyon bo‘ladi. Funksional xususiyatiga ko‘ra bir butun yaxlitlikni tashkil etadi. Binobarin, u barcha turdagi hayvonlar (yirtqich, beozor va b.) irodasini o‘ziga bo‘ysundiradi, ularni ma’lum harakatlarga undaydi. Boshqarish, buyruq berish, hukm etish, jazoga mahkum qilish, siyosat yurgizish (yoki siyosat qilish) kabi vazifalarni qamrab oladi. Jumladan, u (yo‘lbars podshoh) taxtda viqor to‘kib o‘tirarkan, qarshisidagi hayvon (tulki)ga: «Nimaga bugun ovqat topib kelmading?» deya siyosat qiladi4. Shuningdek, ochko‘zlik, xasislik va manfaatdorlik ustunligi zohir bo‘lganda hamrohlariga g‘azab qilishdan, qolaversa, ularni paqqos yeb qo‘yishdan ham toymaydi5.
Shunday qilib ma’lum bo‘ladiki, hayvonlar haqidagi ertaklarda qatnashuvchi obrazlar soni funksional xususiyatiga ko‘ra, asosan, to‘rt xil personajlardan iborat bo‘lib, tarkibiy tuzilishida murakkab jihatlar ko‘zga tashlanmaydi. Mazkur hodisani shu turga oid ertaklar tabiati, mohiyati, kompozitsion tuzilishi va badiiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda izohlash mantiqan o‘rinlidir.
Hayvonlar haqidagi ertaklarda, ko‘pincha, voqea qisqa va bir sujet chizig‘idan iborat bo‘lib, kompozitsion qurilishi ham shunga muvofiq holda oddiy va ixcham shaklga ega. Motivlar tarkibi esa, asosan, bir yoki ikki epizodik hodisalardan tashkil topadi.
Xuddi ana shu asosga ko‘ra, personajlar qiyofasida bir qadar soddalik, bir qadar tabiiylik va ramziylik belgilari badiiy umumlashmalar vositasida uyg‘unlik kasb etadi.Bu kabi jihatlar mazkur turdagi ertaklarda ishtirok etuvchi personajlarning funksional xususiyatlarini sehrli yoki maishiy turdagi ertaklarda qatnashuvchi personajlardan farqlab turadi.
Hayvonlar haqidagi ertaklarda personajlar tarkibi talqiniy xususiyatlariga ko‘ra ham o‘ziga xoslik kasb etadi. Chunonchi, ovchi yoki chorvadorga naf keltirgan hayvonlar guruhi ijobiy sifatlarda tavsiflangani holda vahshiy, zarar keltiruvchi hayvonlarga xos xususiyatlar salbiy belgilarda tasvirlanadi. Bu hol tabiiyki, ibtidoiy jamiyatning maishiy turmush tarzi bilan izohlanadi.



Download 140.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling