I bob. Hayvonlar haqidagi ertaklarning uslub mezonlari va talqiniga xos asosiy xususiyatlar I hayvonlar haqidagi ertaklarning o‘ziga xos xususiyatlari I


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi


Download 140.2 Kb.
bet2/12
Sana22.02.2023
Hajmi140.2 Kb.
#1220992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Hayvonlar haqidagi ertaklarda obrazlar tarkibi va talqini”

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi Mavzu tadqiqiga molik muhim jihatlaridan biri turkiy mif(asotir)larning obrazlar mazmunida alohida o’rin tutishida ko’rinadi. Bu borada personajlarning asosiy semantikasida ko’zga tashlanuvchi qadimiy tasavvurlar, inonch - e’tiqodlar izlari va ular tufayli paydo bo’lgan urf-odat, marosim, udumlar g‘oyaviy-badiiy jihatdan yuksakligi bilan e’tiborni tortadi. Ular mifologik tasavvurlarning xilma-xil ko‘rinishlari sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek,M. Afzalov, N. Ya. Bichurin, M. Bois, A. N. Veselovskiy, Ya. E. Golosovker, F. Jololov, K. Imomov, D. S. Lixachev, A. F. Losov, B. Ya. Pronn, B. Sarimsoqov, M.Jo’rayev, E. B. Taylor, K. M. Meletinskiy, G. P. Snesarev, M. Murodov, N. Rahmonov, B. To’xliyev kabi folklorshunos, etnograf va tarixchi olimlarning faktik materiallari va ilmiy xulosalari bu jihatdan ajralib turadi. Tahlil jarayonida ana shu jihatlarga e’tibor qaratildi.
BMIning yangilik darajasi : O‘zbek folklorshunosligida hayvonlar haqidagi ertaklarda ishtirok etuvchi obrazlarni tasniflashtirish, tarixiy-badiiy asoslari, badiiy o’ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, tahlil qilish bilan bog’liq masalalar alohida diqqatga molikdir. O‘zbek ertakshunosligida hayvonlar haqidagi ertaklarda ishtirok etuvchi personajlar tarkibi va talqinini tarixiy-qiyosiy metod asosida tasniflashtirish va o’rganish, shu yo’nalish bilan obrazlarning tarixiy-maishiy asoslari, badiiy o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash tadqiqotning ilmiy yangiligini belgilaydi.
BMIning predmeti va ob’yekti: Ishni yozishda M. Afzalov, N. Ya. Bichurin, M. Bois, A. N. Veselovskiy, Ya. E. Golosovker, F. Jololov, K. Imomov, D. S. Lixachev, A. F. Losov, B. Ya. Pronn, B. Sarimsoqov, E. B. Taylor, K. M. Meletinskiy, G. P. Snesarev, M. Murodov, N. Rahmonov, B. To’xliyev kabi folklorshunos, etnograf va tarixchi olimlarning faktik materiallari hamda ilmiy-nazariy xulosalariga tayanilgan holda folklor asarlarining ommaviy nashrlardagi manbalar tadqiq etildi.
BMIning ilmiy ahamiyati: O‘zbek folklorshunosligida hayvonlar haqidagi ertaklarda ishtirok etuvchi obrazlarni tasniflashtirish, tarixiy-badiiy asoslari, badiiy o’ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, tahlil qilishga bag’ishlangan ilmiy tadqiqod ishimizning nazariy xulosalari ertaklar tabiatining o’ziga xos xususiyatlari, genezisi va takomilini, shuningdek, obrazlar mohiyatini tadqiq qilishda muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Umumlashtirilgan xulosalarni ta’limga tadbiq etish maqsadli yo‘nalishning xarakterli xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Zero, biz bugun auditoriyalarda tahsil olayotgan talaba kelajakda folklorshunoslik ilmining yetuk bilimdoni va ayniqsa, yuksak ma’naviyatli mutaxassis bo‘lishiga erishmog‘imiz lozim.
BMIning tuzilishi va hajmi: Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


Download 140.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling