I bob. Hol va uning gapdagi o’rni


Download 29.71 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi29.71 Kb.
#1614845
  1   2   3
Bog'liq
2 5413639206675165656


Reja:
Kirish
I Bob. Hol va uning gapdagi o’rni
1.1.Holning gap qurilishidagi o’rni
1.2.Holning ma‘noviy turlari haqida
II Bob. Hol va uning ifodalanishi

  1. Hollarning tuzilishиgа ko’rа turlari

  2. Holning ifodalanishi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Holning gap qurilishidagi o’rni. Hol ega kabi gap kesimidagi kesimlik shakillari - Pm ning ma‘noviy xususiyatlarini muayyanlashtiruvchi, oydinlashtiruvchi bo’lak, ya‘ni gap kengaytiruvchisi sanaladi. Quyidagi gaplarni qiyoslaylik:
1.Jamshid ishladi.
2.Jamshid kecha ishladi.
3.Jamshid ertaga ishlaydi.
Keltirilgan gaplardagi ishladi va ishlaydi so’zshakllari gap kesimi vazifalarida kelgan bo’lib, boshqa bo’laklar ana shu markaziy bo’lakning muayyanlashtiruvchilaridir.
Jamshid leksemasi har uchala gapda ham kesimdagi Pm ning shaxs-son, kecha, ertaga so’zlari esa payt ma‘nolarini muayyanlashtirgan. Ega va gap markazidagi shaxs-son ma‘nolari kabi, hol va kesimlik kategoriyasi (Pm) voqelanishidagi zamon ma‘nolari ham bir-biriga muvofiqlashgan. Aniqrog’i, kesimlikda o’tgan zamon ma‘nosi voqelanganda hol hozirgi yoki kelasi zamon ma‘nosida bo’lmaydi. Demak, ma‘lum bo’ladiki, gap qurilishida gap markazidagi kesimlik kategoriyasi ma‘nosi bilan uzviy bog’langan gap kengaytiruvchisi payt holidir. Payt holi kesimga bog’lanar ekan, undagi lug’aviy qism ma‘nosi bilan emas, balki kesimlik kategoriyasi tarkibidagi zamon ma‘nosi bilan bog’liq ekanligi ot kesimli gaplarda yanada yaqkol ko’zga tashlanadi. Masalan, ot leksema o’z semantlik valentligini to’ldiruvchi har xil aniqlovchilar bilan erkin birikuvlar hosil qila oladi: a‘lochi talaba, shaharlik talaba, o’nta talaba va h. Bunda birikuv hosil qilish uchun talaba so’zining gap hosil qilishi, gap tarkibidan o’rin egallashi shart emas. Qiyoslang: a‘lochi talaba, Jamshid a‘lochi talaba. Har ikkala holatda ham hosil bo’lgan birikuv me‘yoriydir.CHunki aniqlovchi so’z kengaytiruvchisidir. Biroq bugun talaba, ertaga talaba, kecha talaba kabi so’z birikmalari g’ayrime‘yoriydir. Lekin ular gap tarkibiga kiritilganda, talaba so’zi kesim mavqeini egallaganda, bu g’ayrioddiylik yo’qoladi. 1.Men bugun talabaman. Sen kecha talaba eding. Demak, bugun, kecha so’zlari gap kengaytiruvchilari bo’lganligi sababli va gap markazidagi Pm ga tortilganligi, bog’langanligi sababli so’z birikmasidagi nome‘yoriylik gap tarkibida barham topadi.
O’rin hollari ham so’z kengaytiruvchisi emas, balki gap kengaytiruvchisi ekanligi bunday vazifada keluvchi so’zlarni gapda va gapdan tashqarida SB hosil qilish uchun ot leksemalarga tobelab ko’rish asosida amin bo’lish mumkin. Qiyoslang: 1.Qishloqda muallim, zavodda ishchi. 2.Halim shaharda
o’qituvchi, G’afur zavodda ishchi.
Ko’rinadiki, birinchi guruh birikuvlar g’ayrime‘yoriy, ikkinchi guruh birikuvchilar esa o’zbek nutqiga xos me‘yoriy qurilma ekanligi hech kimda shubha uyg’otmaydi. Demak, o’rin hollari payt hollari kabi gap kengaytiruvchilaridir.
Endi holning boshqa turlariga diqqat qilamiz:
1.Ilgari ikkalamiz birga talaba edik.
2.Bu payt sen kabi o’qituvchiman.
3.SHu boisdan dadam ishchi edi.
Birinchi gapda birga so’zi ravish, ikkinchi gapda sen kabi o’xshatish, uchinchi gapdagi shu boisdan so’z shakli sabab hollaridir. Ular gap kengaytiruvchilarimi yoki so’z kengaytiruvchilari ekanligini aniqlash uchun birikuvlarni gap tarkibidan chiqarib, zikr etilgan so’zshakllar talaba, o’qituvchi, ishchi so’zshakllarining ma‘noviy valentligini to’ldirayotgan-to’ldirmayotganligini tekshiramiz:
1.birga talaba.
2.sen kabi o’qituvchi.
3.shu boisdan ishchi.
Ko’rinadiki, birikuvlar nome‘yoriy va tobe so’zshakllar hokimlarning lug’aviy-ma‘noviy birikuvchilari emas, balki ularning kesimlik vazifasi, mavqei bilan bog’langandir. Demak, holning mazkur turlari ham gap kengaytiruvchilaridir.
Biz holning gap kengaytiruvchisi ekanligini asoslash uchun ot-kesimli gaplardan foydalandik. Chunki hollar otga ular kesim vazifasida kelgandagina bog’lanadi. Fe‘llar bilan esa kesim vazifasida kelganda ham, boshqa hollarda ham bog’lanaveradi.
Hol gap markazini shakllantiruvchi Pm bilan bog’lanar ekan, u, umuman, gap konstruktiv tizimida qanday mavqega ega bo’ladi?
Hol gapning mutlaq konstruktiv uzvi emas. Chunki holsiz ham gap tashkil topaveradi. Demak, hol kesimdan quyi mavqeni egallaydi. Ko’pincha holning gap tarkibiga kiritilishi Pm ma‘nolari bilan zich bog’lanmaydi. Shu boisdan hol egadan ham quyi mavqeni egallaydi. Chunki nutqiy gaplarda kesim orqali egani tiklash holni tiklashdan ancha o’ng’aydir. Ifodalanmagan holni tiklash qiyin. Ammo shuni takidlash lozimki, ba‘zan kesimning W si maqomida o’rin, payt, sabab, maqsad va boshqa ma‘noli aktantlar bilan kuchli aloqada bo’ladigan leksemalar yuzaga chiqqanda, gapning yuza qolipida hol egadan ko’ra zarurroq foliyatga ega bo’ladi. Masalan, yurish fe‘llari (bormoq, kelmoq, yetmoq, ketmoq) kesim vazifasida kelganda gapda o’rin hollarining ishtirok etishi zaruriyati kuchayadi: Uyga bordi. Shahardan keldi. Maktabga ketdi. Manzilga yetdi. Bu albatda, kesimlik kategoriyasi birikuvchanligi bilan emas, balki kesim vazifasida kelayotgan fe‘lning ma‘noviy xususiyatlari bilan belgilanadi.
Demak, holning gap qurilishidagi zaruriy bo’lak darajasiga ko’tarilishi kesimdagi W ning muayyanlashish ehtiyoji bilan belgilanadi. Hol gapning konstruktiv bo’laklari sifatidagi kesim va egadan keyin uchinchi o’rinni egallaydi.

Download 29.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling