I bob I. 1 Unli fonemalarning nazariy asoslari


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana25.01.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1122068
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
unli fonemalar



MUNDARIJA 
Kirish. ………………………………………….……………3 
II.Asosiy 
qism. I 
bob 
Unli 
tovushlar 
(vokalizmlar) 
haqida 
umumiy 
tushuncha…………………………. 
I bob I.1 Unli fonemalarning nazariy asoslari..……………………………….. 
I.2. Unli tovushlar tasnifi ………… ……………………………………………5 
II bob Unli fonemalar klassifikatsiyasi……………………………………… 
II.1 Unlilar imlosi…………..………………………………….. 
II.2. O`zbek tilida diftonglarning o‘ziga xos ko‘rinishlari…………………… 
IV. Xulosa…………………………………………………………………… 
V. Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………...32 


KIRISH 
“Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy 
o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir. 
Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz 
imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik 
dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli 
qo‘shiqlariga quloq tutsin”, - dedi Prezident. 
O‘zbek tili turkiy tillar oilasiga mansub eng yirik tillardan biridir. Dunyo 
miqyosida bu tilda 50 millionga yaqin odam so'zlashadi. 
Mustabid tuzum davrida tilimizni yo‘qotishga ko‘p urinishlar bo‘lgan edi. Lekin 
xalqimiz o‘z ona tilini – milliy g‘ururini saqlab qoldi. Millatparvar ziyolilar, tilimiz 
fidoyilarining jonkuyarligi natijasida 1989-yil 21-oktyabr kuni qabul qilingan qonunga, 
asosan, o‘zbek tili mamlakatimizda davlat tili maqomiga ega bo‘ldi. 
Ushbu tarixiy sanadan o‘ttiz yil o‘tib bu borada yana bir qutlug‘ qadam qo‘yildi. 
Prezidentimiz 2019-yil 21-oktyabr kuni “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va 
mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmon qabul qildi. Unga binoan 
21- oktyabr sanasi yurtimizda “O‘zbek tili bayrami kuni” deb belgilandi. Ona tilimiz 
fidoyilari, butun xalqimiz bu xushxabarni katta xursandchilik bilan qarshi oldi.
1
Prezident ona tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi ta’siri va mavqeini yanada 
oshirish, “Davlat tili haqida”gi qonunni bugungi kun talablaridan kelib chiqib 
takomillashtirish zarurligini ta’kidladi. Bu boradagi dolzarb vazifalarni ko’rsatib o‘tdi.
2
Har birimiz davlat tiliga bo'lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat 
tiliga ehtirom va sadoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday 
1
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar 
faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 
yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar,№11
2
UzReport.news 


qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Bu 
olijanob harakatni barchamiz o‘zimizdan, o‘z oilamiz va jamoamizdan boshlashimiz, ona 
tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda 
namoyon etishimiz kerak. 
Til har bir millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi. Har 
bir xalq, har bir elat, o‘zi hurmat va ehtirom qiladigan tilga ega. Tilda ana shu tilning 
ijodkori bo‘lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda, til ijtimoiy 
taraqqiyotda ulug‘vor ahamiyat kasb etadi. Til – har bir millat o‘zligining ajralmas 
belgisidir. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida Prezident Islom Karimov tashabbusi 
va rahnamoligida davlat tiliga huquqiy maqom berish masalasi kun tartibiga qo‘yildi va 
1989- yil 21-oktabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida”gi alohida 
qonuni qabul qilindi. 
Hali O‘zbekiston Ittifoq tarkibida bo‘lgan, xalqning milliy madaniyati va 
ma’naviyatini asrash u yoqda tursin, bu mavzuni ko‘tarishning o‘ziga millatchilik sifatida 
qaralgan bir paytda bunday qarorning qabul qilinishi tom ma’noda jasorat edi. Aynan 
Islom Karimovning siyosiy irodasi, shijoati va qat’iyati tufayli tariximizning, milliy 
qadriyatlarimizning tiklanishida, o‘zligimizni yanada chuqurroq anglashimizda muhim 
omil bo‘lgan mazkur loyiha amalga oshirildi. 
Islom Abdug‘aniyevich tilshunos olimlar, adabiyotshunoslar, tarixchilar, yozuvchi va 
shoirlar davlat arboblari qatorida qonun loyihasi muhokamalarida bevosita ishtirok etib, 
hujjatning har bir bandi bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirgan.
3
Bu qonun bilan 
o‘zbek millatining ma’naviyatini, ruhiyatini, qadrini ko‘rsatadigan muhim omil, ya’ni 
tilning maqomi huquqiy mustahkamlandi. Mazkur huquqiy asos orqali yangi 
shakllanayotgan davlatning, hukumatning, uning yangi rahbarining elga, yurtga nisbatan 
e’tibori, ehtiromi namoyon etildi. 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda o‘zbek adabiy tilini rivojlantirish 
masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida o‘zbek tili davlat tili, davlat 
3
Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch – Toshkent 2008 


ramzi, milliy madaniyat va ma’naviyatni ifodalovchi hamda ularni kelajak avlodga 
yetkazuvchi muhim muloqot vositasi darajasiga ko‘tarildi. O‘zbek tilini boyitish va 
takomillashtirishga doir ko‘plab ilmiy izlanishlar, loyihalar olib borilmoqda, turli 
sohalarga oid lug‘atlar, ilmiy risolalar muntazam nashr etilmoqda. 
O‘zbek tilini rivojlantirishga e’tibor, mazkur masalasining ustuvorligi va 
dolzarbligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Davlat tili 
to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganining 30 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi 
qarorida o‘z ifodasini topgan. 
“Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy 
o‘zlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, mamlakatimizning 
siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida g‘oyat muhim o‘rin egallab kelayotgan 
buyuk qadriyatdir”, – deyiladi hujjatda. 
Qarorda qayd etilishicha, mazkur tarixiy hujjatga binoan o‘tgan yillar davomida 
ona tilimiz mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo‘ldi. Hozirgi kunda 
o‘zbek tili hayotimizning barcha jabhalarida – davlat va jamiyat boshqaruvi, davlatlararo 
munosabatlar, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va san’at sohalarida faol 
qo‘llanilmoqda, xalqaro minbarlardan baralla yangramoqda. 
21-oktabr kuni ushbu sanaga bag‘ishlangan bayramona tadbirlar mamlakatdagi 
barcha shahar va tumanlarda tashkil etildi.
Davlat tiliga e’tibor-millatga qaratilgan e’tibor,millatga qaratilgan e’tbor kelajakka 
qaratilgan e’tibordir.Yuqorida muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonovich 
Mirziyoyev va mustaqilligimiz asoschisi, millat otasi,birinchi prezidentimiz Islom 
Abdug‘aniyevich Karimovga tegishli fikrlarda o‘zbek tilimizga e’tibor va hurmat yaqqol 
sezilib turibdi.Ushbu fikrlarga suyanib davlat tilini rivojlantirish,rahbarlarimizning 
qo‘llab-quvvatlashidan kuch olib uning taraqqiyoti va jahon tillari bilan raqobatbardosh 
til maqeiga ko‘rsatish bugungi kunda hammaning burchi va vazifasidir. O‘zbek 
pedagogikasi otasi, jadid adabiyotining yirik vakili Abdulla Avloniy til xususida shunday 
fikrlarni bildiradi: “Har bir millatning dunyoda borligʻin koʻrsatadurgan oinayi hayoti 


til va adabiyotidur. Milliy tilni yoʻqotmak millatning ruhini ruhini yoʻqotmakdur”. 
4
Darhaqiqat, ushbu fikrlarda olam-olam ma’no mujassam. Tilini yo‘qotgan inson 
o‘zligini yo‘qotgan inson bilan barobardir. Bu xususida bobomiz Alisher Navoiy insonni 
hayvondan ajratib turuvchi turuvchi deya til va ongni sanab o‘tadi. Bu fikrlar qanchalar 
to‘g‘ri ekanligi bugungi kunda bobomiz asarlarining jahonning barcha tillariga tarjima 
qilinayotganligi bilan o‘zining amaliy isbotini ko‘rsatmoqda. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling