I bob I. 1 Unli fonemalarning nazariy asoslari
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
unli fonemalar
4 Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. – T.: Sharq, 2006 I bob Unli tovushlar (vokalizmlar) haqida umumiy tushuncha I.1 Unli fonemalarning nazariy asoslari Ma’lumki, qadimdan hozirgi kungacha shakllanib kelgan va rivojlanishda davom etayotgan oʻzbek tili fonemalarida oʻrganilmagan yoki rus istilosi natijasida singdirilgan rus fonemalaridagi tovushlarni oʻzbek tili uchun xos deb qarash farazlari mavjud. Biz ushbu qarashlar hamda farazlarni ilmiy manbalarga tayanilgan shaxsiy fikrlarimiz asosida ochib berishga harakat qildik. Hozirgi kundagi statistik ma’lumotlarga tayanib aytadigan boʻlsak, dunyoda 2500 dan 5000 tagacha til mavjud. Ushbu tillarning hammasi ham oʻzining grafemalar tizimiga ega boʻlmasa-da, zohiran oʻzining fonemalar tizimiga egadir. Unli tovushlar - ogʻiz va boʻgʻiz boʻshligʻida hech qanday to‘siqqa uchramasdan paydo boʻladi. Ularning talaffuzida havo oqimi oqib chiqadi. Natijada turli jihatdan bir- biridan farqli unli tovushlar hosil boʻladi. Dunyodagi har bir til oʻziga xos unlilar tizimiga ega. Tildagi unlilar tizimi vokalizm (lot. Vocal — unli tovush) deyiladi. Unli tovushlar soni turli tillarda turlichadir. Hozirgi oʻzbek adabiy tilida undosh tovushlar soni 6 ta boʻlsa, boshqa tillarda bundan kam emas, 8 ta yoki undan ortiq boʻlishi mumkin. Tovushlar tizimini o‘rganishdan oldin inson tanasining fonema hosil bo‘ladigan qismini o‘rganish to‘g‘ri bo‘ladi. Til tovushlari hosil qilishda qatnashadigan a’zolarning deyarli barchasi, avvalo, fiziologik, biologik vazifani bajararishga moslangan bo‘lib,faqatgina ovoz hosil qilishgagina xizmat qiladigan a’zo va ovoz paychalari tovush hosil qilish xususiyatiga egadir. Undovushining talaffuzida tovush hosil qilishda tovush hosil qiluvchi nutq organlarining hammasi to‘liqligicha qatnashadi.Ammo bu nazariyaga nisbatan ham mustasno holat mavjud. Ovoz va shovqinning qatnashish yoki qatnashmasligiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linuvchi jarangsiz undoshlar tasnifi tovushlarning talaffuzida ovoz paychalari, sof og‘iz tovushlari deb nomlanadigan tovushlarda burun bo‘shlig‘i, bo‘g‘iz usti bo‘shlig‘i umuman qatnashmasligini ham inobatga olish zarur. O‘pkada chiqayotgan havoni hech qanday to‘siqqa uchramay chiqsa tovush hosil bo‘lmaydi, bunday holatda havo o‘zining barqaror holatini saqlab qoladi va o‘zgarishsiz qoladi. Ovoz paychalari havo oqimiga to‘siq bo‘lib, ritmik ravishda tebranadi, shunga ko‘ra bu to‘siq ovoz hosil qilish to‘sig‘i deb ham ataladi. Ko‘pchilik til tovushlarining tarkibiy qismi bo‘lib shovqin qatnashadi. Shovqin og‘iz bo‘shlig‘idagi turli a’zolar yordamida to‘siqlar tufayli yuzaga keladi(masalan:og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, paychalar- H.E), bunday to‘siqlar shovqin hosil qilish to‘sig‘i deyilishi ham shu tufaylidir. Til yuzasining pastki jag‘ bilan birgalikda pastga tushishi (tilning tik yo‘nalishdagi harakati) natijasida og‘iz bo‘shlig‘ining hajmi o‘zgaradi; ayni vaqtda til yuzasining ma'lum nuqtasi (qismi) boshqa qismiga nisbatan biroz ko‘tarilib, og‘iz bo‘shlig‘ining rezonatorlik holatini belgilaydi. Tovushning shakllanishida muhim yumush bajargani sababli til yuzasining biroz ko‘tarilgan nuqtasi bilan tanglay orasida hosil bo‘ladigan eng yaqin oraliq tovush hosil bo‘lish oralig‘i deb yuritiladi, tovushlarga bir jihatdan tavsif ana shu tovush oralig‘ining o‘rniga ko‘ra beriladi. Misol uchun, (x) tovushida tovush hosil bo‘lish oralig‘idagi masofa til yuzasining chuqur orqa qismi bilan tanglayning orqa qismi orasida bevosita hosil bo‘lganligi sababli bu tovush chuqur til orqa tovushi deyiladi. Tovush hosil qilish oralig‘idagi masofa tovushni hosil qila olmaydi, bu oraliq og‘iz rezanatorlarining harakatiga bog‘liq jarayon hisoblanadi. Tilning ana shunday ko‘tarilish jarayoni tufayli og‘iz bo‘shlig‘i rezonatori oldingi va orqa qismlarga bo‘linadi, bu qismlarning o‘zaro bir butun rezonatorni hosil etib turishi tovushdan tovushni farqlash imkoniyatini beradi. Ko‘rinib turganidek, tilning ko‘tarilish o‘rni barcha til tovushlarning shakllanishida muhim ahamiyatga egadir. O‘zbek tili fonemalar tizimi va uning nazariy asoslarining vujudga kelishi juda uzoq tarixiy qiymatga ega.Bu sohani nazariy asosini vujudga kelishini XI asarda yashab ijod etgan allomamiz Mahmud Qoshg‘ariy bobomiz yaratib bergan.Uning mashhur “Devon-u lug‘atit turk”, “Javohirun nahv fi lug‘atit turk” nomli asarlarida turkiy tillarning fonema va fonetika tizimi, grammatikasi, leksikologiyasi haqida qimmatli ma’lumotlar uchraydi. Ushbu asarlar arab tilidan K.Brokkolmen tomonidan nemis tiliga tarjima qilinib, 1928-yilda Leypsigda, Bosim Atalay tomonidan turk tiliga tarjima qilinib, 1939-yilda Anqarada nashr qilingan nashr qilingan “Devonu lug‘atit turk” asari professor S.Mutallibov tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilib, 1960-1963-yillarda Toshkentda nashrdan chiqdi. 5 Mahmud Qoshg‘ariy turkiy tillar-so‘zlar fonetikasi tovushlar haqida fikr yuritar ekan, tovushlarni harflardan qat’iy farqlaydi,tovushlarning fiziologik va akustik xususiyati haqida fikr yuritadi. U arab yozuvi sistemasidagi harflarning turkiy tillardagi mavjud tovushlarni ifodalash uchun yetarli emasligini aytib, arab yozuviga yangi belgilar kiritadi va ularni izoohlab beradi. Mahmud Qoshg‘ariy arab tilidagi grafika tizimi turkiy fonemalarning imkoniyatini to‘laligicha ochib berolmasligini aytib o‘tadi va ularga qo‘shimcha harfiy birliklar qo‘shganligini qayd etadi. Ushbu nazariy fikrlar qadimgi turkiy tilning fonemalar tizimiga tegishli bo‘lib,diaxron aspekt nuqtai nazaridan olingan.Mana shu nazariyalar asosida hozirgi o‘zbek adabiy tili nazariy asosini uchun poydevor vazifasini o‘taydi. Mustaqillik va ungacha bo‘lgan jarayonda yurtimiz olimlari tomonidan fonemalar tizimi yuzasidan darsliklar, monografiya, qo‘llanmalar tayyorlangan. Xususan, G. Abdurahmonov va A. Rustamov “Qadimgi turkiy til”, M. Mirtojiyev “O‘zbek tili fonetikasi”, A. Mahmudov “O‘zbek tili sonorlari”, A. Nurmonov “O‘zbek tili fonologiyasi va morfofonologiyasi” , S.Otamirzayeva va M Yusupova “O‘zbek tili”, Sh.Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiyev, I.Rasulov, X.Doniyorov “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, U.Tursunov, J.Muxtorov, Sh.Rahmatullayev “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” kabi darslik va tadqiqotlarda fonemlar tizimi yuzasidan tadqiqot ishlari olib borilgan va yaxshi fikrlar bilan tovush sistemasi yoritilgan. Ushbu qilingan ishlarni ko‘pchiligini qiymati shundaki, o‘zbek tili konsonantizmi va vokalizm sistemasi, hozirgi adabiy til undoshlar sistemasidagi muammoli va bir toʻxtamga kelinmagan fikrlar haqida hamda fonemalarning filologlar tomonidan berilgan izohlariga toʻxtalingan, muammoli masalalarga yechim topishga harakat qilingan va qiyosiy tahlil qilish oraqali ochib berishga harakat qilingan va bunga to‘laligicha ochib 5 R.Rasulov.Umumiy tilshunoslik.-Toshkent:2007.50-b. berilganligi bilan ahamiyatlidir. Tilning kosntruksiyasi oʻzgargani uchun tildagi fonema tizimi ham oʻzgarib borishi tabiiy holat hisoblanadi. Shu sababli ma’lum bir fonemalarning vaqt o‘tishi natijasida ma’lum bir darajada o‘zgarishi yoki uning boshqa bir ottenkadagi varianti bo‘lishi vaqt davomida ma’lum bir tilning rivojlanib borayotganidan dalolat beradi. Fonologiya - tilning tovushlarini o‘rganadigan va tavsiflaydigan tilshunoslikning bir bo‘limi. Ushbu tizim tovushlar ro‘yxatini, ularning xususiyatlari va o‘zaro ta’sir qoidalarini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, ushbu tadqiqot sohasida harflar bilan ifodalanadigan fonemalar aniqlanadi, ular o‘zlari tomonidan hech qanday ma'noga ega bo‘lmagan kichik birliklardir. Ammo bu o‘z navbatida, bir tovushni boshqasidan farqlashga yordam beradigan fonologik birliklarni anglatadi. Fonemani tovush bilan aralashtirib yubormaslik zarur, chunki birinchisi aqliy obraz, ikkinchisi fonemaning moddiy namoyonidir. Ikkinchisi og‘iz bo'shlig'i, burun bo‘shlig‘i va ovoz kordlari singari ular aniqlangan joyning anatomiyasi va fiziologiyasiga ko'ra tasniflanishi mumkin aniqlangan joyning anatomiyasi va fiziologiyasiga ko‘ra tasniflanadi. Eng ma’noda gapirganda, o‘pkada mavjud bo‘lgan havo har xil bo'shliqlardan o‘tadi va bo‘g‘inli ovoz passiv va faol artikulyatorlarga bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib, passiv artikulyatorlar orasida yuqori tishlar, alveolyar tizma va qattiq tanglay joylashgan. Va faol yoki harakatchan orasida farenks, yumshoq tanglay, jag‘, til, pastki tishlar va lablar mavjud. Umuman olganda, fonologiya tilning tovushlarini o‘rganishga imkon beradi. Og‘zaki nutqqa kelsak, bu fonemalar va tovushlar bilan bog‘liq, yozish esa grafemalar va harflar bilan bog‘liq. Biroq ushbu fonemalarni boshqarish har doim ham to‘g‘ri amalga oshirilmaydi, chunki diglossiya yoki dizartriya kabi bir qator kasalliklar bo‘lishi mumkin. 6 Fonemalar - bu bir so‘zni boshqasidan farqlash uchun xizmat qiladigan tovushlar to‘plami. U fonetik jihatdan bir-biridan farq qiladigan bir nechta bo‘g‘inlardan tuzilishi 6 D.A.Nabiyeva, H.R.Zokirova o‘zbek tili fonetikasi o‘quv-uslubiy qo‘llanma, Andijon – 2016 7-17-bet mumkin va ularni ma’lum bir tilda so‘zlashuvchilar bir xil deb hisoblashlari mumkin. Uning yana bir xususiyati shundaki, fonema tildagi ma’nodor birliklar bo‘lmish so’z va marfemalarni tashkil etuvchi va ularni farqlash uchun xizmat qiluvchi, tilning eng kichik, o‘zi mustaqil ma’noga ega bo’lmagan (bir planli) birligidir. Masalan, qol, qul, qo‘l; tor, tog‘, tok, tol; boy, bor, bog‘ so‘zlarida o, u, o‘, r, g‘, k, l, y, r, g‘ fonemalariga ko‘ra ma’no farqlangan. Fonemaning tovushga va tovushning fonemaga munosabati turlicha bo‘ladi. Barcha fonemalar tovush hisoblanadi, ammo har bir nutq tovushini fonema deb bo‘lmaydi. Jumladan, p va t undoshlari pol, tol so’zlarida alohida fonema sanaladi. Shu undoshlar kitop (kitob), ozot (ozod) so‘zlarida talaffuz jihatidan alohida tovush bo’lsa ham, lekin fonema emas, ular jarangsiz tovush bilan yondosh holda yoki so‘z oxirida jarangsizlashib, b, d fonemalarining varianti bo‘lib kelgan. Jarangsizlashish nutq jarayonida yuz bergani uchun ham u tovushga (tovush o‘zgarishi) tegishli holat hisoblanadi (fonemaga emas). Fonema varianti – fonema ottenkalari (L.V.Shcherbak) deb ham yuritiladi. Fonema ottenkalari deganda til tovushlarining (fonemalarning) talaffuzdagi real ko‘rinishi tushiniladi. Ular ikki xil bo‘ladi: 1) kombinator ottenka – fonemaning so’z tarkibidagi boshqa tovushlar ta’sirida yuzaga kelgan ko‘rinishi. Masalan, ketdi-ketti («t» ning ta’sirida «d» ham jarangsizlashdi). 2) pozision ottenka – fonemalarning so‘zda tutgan o‘rniga ko‘ra moslashishi. Masalan, kitob-kitop («b» undoshi so‘z oxirida kelgani uchun ham jarangsiz «p» variantini hosil qilyapti). Har bir fonema o’zining turlicha o‘rinda kelishi bilan bog‘liq bo‘lmagan doimiy belgilarga ega. Masalan, unli fonemalarning doimiy belgilariga tilning tik xarakatishga ko‘ra ko‘tarilish darajasi hamda lablanganlik va lablanmaganlik kiradi. Chunki “u” fonemasi har qanday holatda so‘z boshida ham, so‘z o‘rtasida ham so‘z oxirida ham yuqori tor lablangan unli sifatida namoyon bo‘ladi. Tilning gorizontal harakatiga ko‘ra bo‘linishi fonemaning qayerda va qanday tovushlar bilan yondosh kelishiga bog‘langan, shuning uchun bu unli fonemaning doimiy belgisiga kirmaydi. Masalan, “u” fonemasi qul so‘zida orqa qator, gul so‘zida old qator unli tarzida talaffuz etiladi. Fonema og‘zaki tilning minimal birligi, chunki u ma’lum bir tilning so‘zlarini farqlashga imkon beradigan tovushlarni nazarda tutadi. Qiziqish sifatida ispan tilida 22 ta, ingliz tilida 40 ta fonema mavjud. Fonemalar ikki diagonal chiziqlar orasida //A // e // i // yoki // u / bo‘lgan unli fonemalar va alfavitning barcha undoshlari bilan ifodalangan undosh fonemalar mavjud: / b // c // d // f / g //… Tilning fonik darajasida nutq darajasi, fonologiya fonetikani o‘rganish birliklari bo‘lgan tovushlarni o‘z ichiga oladi. Va yozuv tekisligida, imlo bilan tartibga solinadigan, fonemalarning yozma tasviri bo‘lgan imlolar yoki harflar mavjud. Ispaniyada fonemalar va imlolar o'rtasida yozishmalar mavjud, garchi “imlo xatolari” deb nomlanadigan nomuvofiqliklar ham mavjud. Shu bilan birga, xalqaro fonetik alfavit mavjud bo‘lib, uning yordamida har qanday og‘zaki tilda tovushlarning namoyishi muntazam, birlashtirilgan va aniq bo‘lib, so‘zlarning talaffuzini grafik ko‘rinishda ko‘rsatishga imkon beradi. Ovozlar - bu o‘pkadan havo vibratsiyali ovoz kordlari orqali uning og‘zini to'ldirish uchun chiqarilganda paydo bo‘ladigan tovushlar. Unlilar tilning balandligi, holati va lablar ochilish uslubiga qarab tasniflanishi mumkin Vokalizm — o‘zbek adabiy tilining unlilari tizimidir. U 6 ta fonemani — i, e, a, u, o‘, о tovushlarini o‘z ichiga oladi. Hozirgi (kirillcha) o‘zbek yozuvida bu 6 ta fonema uchun 10 ta harf (и, э, а, у, у, о, е, ѐ, ю, я), yangi (lotincha) o‘zbek yozuvida esa 6 ta harf (i, e, a, u, o, o‘) ishlatiladi. Fonemalar miqdori bilan harflar (grafemalar) miqdori o‘rtasidagi bunday har xillik ularning boshqa- boshqa hodisalar ekanligidan dalolat beradi. (Bu haqda darslikning “Grafika” bo‘limiga qaralsin.) 7 Unli fonemalar undoshlardan quyidagi belgilariga ko‘ra farqlanadi: Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling