I bob I. 1 Unli fonemalarning nazariy asoslari


 Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko‘ra


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana25.01.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1122068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
unli fonemalar

 
3. Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko‘ra:
a) old qator unlilar (i, e, a). Bu unlilarni talaffuz qilishda tilning uchki qismi pastki 
tishlarga tiraladi (demak, oldinga cho‘ziladi); 
b) orqa qator unlilar (u, o‘, o). Bu unlilarni talaffuz qilishda tilning uchki qismi 
pastki tishlarga tiralmaydi (demak, biroz orqaga tortilgan bo'ladi. Old qator unlilar 
talaffuz qilinganda tilning oldingi qismi ko‘proq harakat qiladi, orqa qator unlilarida esa 
tilning orqa qismi faol harakat qilib, yumshoq tanglay tomon yo‘naladi. O‘zbek adabiy 
tilida old qator i unlisining orqa qator varianti (qish, qirg‘iz), u va o‘ unlilarining til oldi 


varianti ham bor (ulush, uch, o ‘rdak). Bu unlilarning talaffuzida tilning uchki qismi biroz 
orqaga tortiladi (demak, u pastki tishlarga tiralmaydi). 
O‘zbek adabiy tilida i til oldi fonemasining til orqa variant, u va o‘ til orqa 
fonemalarining esa til oldi variantlari mavjud: o‘rdak, ulush, uka, o‘ch kabilar. Ma’lumki, 
o‘zbek adabiy tili unlilarini paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra tasnif qilishda ikki xil qarash 
mavjud. Birinchi qarash tarafdorlari unlilarni til oldi, oraliq (indifferent) va orqa qatorga 
bo‘ladi. Ikkinchi qarash tarafdorlari esa, unlilarni til oldi va orqa qatorga ajratadi va bu 
eksperimental-fonetik tekshirishlar orqali tasdiqlanadi. Biroq o’zbek tili fonetikasiga doir 
adabiyotlarda unlilar tasnifidagi bu ikki xillik haqida hech nima deyilmaydi. Quyida 
o‘zbek adabiy tili unli fonemalari tasnifidagi ana shu ikki xillik haqida o’z 
mulohazalarimizni bayon etamiz. Odatda, birinchi qarash oʻzbek adabiy tilning tayanch 
shevasi hisoblangan Toshkent shevasi talaffuziga, ikkinchi tasnif adabiy tilga oid deb 
qaraladi. Prof. V.V.Reshetov Toshkent shevasi talaffuziga asoslanib, oʻzbek tilidagi i, u, 
o‘, a unlilarini oraliq (indifferent) tovushlar deb ataydi. Bunda fiziologik jihatdan oʻzbek 
tilidagi i unlisini orqa yoʻnalishidagi til old qator, u, oʻ, unlilarini old yoʻnalishidagi til 
orqa qator, a unlisini esa qator boʻyicha muayyan emas deb koʻrsatadi.
8
O‘zbek tili unlilarining bu fonetik tasnifi rus tili unlilari bilan qiyoslash asosida 
beriladi. Chunki ikki tildagi unli tovushlarning talaffuzini qiyoslashda akustik tomondan 
yaqin tovushlar, chunonchi, oʻzbek va rus tillaridagi i, u, a, e kabilar fiziologik hosil 
boʻlish oʻrniga koʻra, bir tipdagi unlilar boʻlib qolmay, balki ular til oldi va til orqa 
qatorlarini har birining ikki xil koʻrinishiga egaligi, yaʼni til oldi, orqa yoʻnalishdagi til 
oldi va til orqa, old yoʻnalishdagi til orqa unlilarga boʻlinishini hisobga olish orqali 
aniqlikka erishish mumkin. Ayrim tillar fonetikasiga doir adabiyotlarda oraliq qator 
tushunchasini uchratmadik. Prof. V.V.Reshetov oʻzbek tili unlilari tasnifida birinchi 
boʻlib oraliq qator tushunchasini tavsiya etgan. Bizningcha, bu atamaning ishlatilishida 
boshqa bir tomon ham bor. Oraliq qator terminini unlilarning umumiy tasnifida berilib, 
ularning har birini alohida tasnif qilishda esa, qator belgilarini koʻrsatmay oʻtishi 
koʻrinadi. Bunda mashhur olimning oʻzbek tili unlilarini tasnif qilishda bir yoʻla fonetik 
8
X.S. Muhiddinova, Z. I. Salisheva, X. S. Po‘latova – Toshkent 2006 12-b 


va fonologik yoʻnalishini hisobga olganligini sezish mumkin. Haqiqatan ham, ayniqsa 
oʻzbek tilidagi i, u, oʻ, a unlilarning til oldi undoshlaridan keyin til oldi, til orqa 
undoshlaridan keyin esa til orqa variantlarga ega boʻlishi fonologik jihatdan qator belgisi 
ahamiyatsiz ekanligini tasdiqlaydi. Demak, oʻzbek tili unlilardan i, u, oʻ, a qator belgilari 
bilan farqlanmay, fonologik nuqtai nazardan “oraliqda”, qolgan boʻlib hisoblanadilar. V. 
V. Reshetovning oraliq qator unlilarini alohida ajratishiga sabab ham ularning fonologik 
tabiatini nazarga olganligidir. 
O‘zbek tili unlilarini til oldi va til orqa qatorlarga boʻlish faqat fonetik jihatdan 
tasdiqlanishi mumkin. Biroq bu oʻrinda ham unlilarning til orqa va til oldi variantlarga 
ega boʻlishi undoshlarning taʼsirida roʻy berishi koʻrsatiladi. Unlilarning bu xususiyati 
qator belgisining yoxud oʻzi fonologik emasligini ifodalaydi. Bunda barcha til oldi 
unlilari – lablanmagan va til orqa unlilari — lablangan ekanligi ularni birgalikda qarashni 
taqozo etadi. Biroq bu tushunchani til oʻrta, markaziy va aralash qatordan farqlash lozim. 
Talaffuzni nazarda tutilsa, oraliq qator aniq artikulyatsiyaga ega boʻlmay, unlilar 
undoshlar taʼsirida til oldi yoki til orqa unlisi sifatida koʻrinadi. O`rta yoki markaziy qator 
unlisining talaffuzida (rus tilidagi ы) til uncha yassi holatda boʻlmay, uning oʻrta yoki 
markaziy qismi koʻtarilgan bo`ladi. Aralash qator unlilarining talaffuzida esa til yassi 
holatda boʻladi, biror qismining koʻtarilishi uncha sezilmaydi (bunday unlilar ingliz tilida 
bor). Til oʻrta, markaziy va aralash qator unlilar tushunchalari fonetik-fiziologik 
tasniflarda keng qoʻllaniladi va ularni fonologik nuqtai nazardan ishlatganda, unlilarning 
farqlanish va farqlanmaslik belgilari eʼtiborga olinadi, oraliq qator tushunchasi oʻz-
oʻzidan unlilarning fonologik tabiatini ham izohlay oladi. 
Tor unlilar. Tor unlilar sirasiga hozirgi yozma o‘zbek adabiy tilida ikki unli 
fonema kiradi. Bulardan biri oldingi qator (til oldi) lablashmagan i fonemasi bo’lib, 
ikkinchisi orqa qator (til orqa) lablashgan u fonemasidir.
 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling