I bob I. 1 Unli fonemalarning nazariy asoslari
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
unli fonemalar
a) fizik-akustik jihatdan: unlilar ovozdan (asosiy va qo‘shimcha tonlar
munosabatidan) tarkib topadi, unda shovqin qatnashmaydi. Undosh tovush tarkibida esa shovqinning bo‘lishi shart; 7 O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Tillar va adabiyot kafedrasi “O‘zbek tilining amaliy Grammatikasi”fanidan o‘quv-uslubiy majmua – T: 2018 b) anatomik-fiziologik jihatdan: unli tovushlar talaffuzida nutq a’zolari to'siq (fokus) hosil qilmaydi, bu hoi o'pkadan kelayotgan havo oqimining og'iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchramay o‘tishini ta’minlaydi. Undoshlar artikulatsiyasida esa albatta to‘siq (fokus) hosil qilinadi, havo oqimi shu to'siqdan portlab, sirg‘alib yoki titrab o‘tadi, bu jarayon undosh tovush uchun kerak bo‘lgan shovqinni yuzaga keltiradi; d) lingvistik-funksional jihatdan: unlilar ham, undoshlar ham so‘z va morfema tarkibida «qurilish materiali» sifatida (shakllantiruvchi funksiyada) qatnashadi; shakllantirilgan fonetik so‘z yoki morfemalarning tovush qobig‘ini bir-biridan farqlaydi, shu orqali ularning ma’nolarini tafovutlash imkonini yaratadi. Yana: unlilar bo‘g‘in hosil qiluvchi asosiy tovushdir, undosh fonemalar esa unli bilan birga qatnashadi, o‘zicha bo‘g‘in hosil qilmaydi (sonantlar bundan mustasno, chunki ularda bo‘g‘in hosil qilish xususiyati bor). Shuning uchun bo‘g‘in tarkibidagi unli shu bog‘inning cho‘qqisi (“vershina sloga”) sanaladi. Bundan tashqari. unlining yolg‘iz o‘zi fonetik so‘zni yoki morfema qobig‘ini hosil qilishi mumkin: uchinchi shaxs, birlik ma'nosidagi «и» olmoshining, shuningdek «а?» so‘roq yuklamasining ifoda plani — moddiy-material asosi bir unlidan iboratligi buning dalilidir. Undoshlarda esa bu xususiyat yo'q. I. 2 Unli tovushlar tasnifi O‘zbek tilshunosligida unli fonemalar quyidagi uch belgi asosida tasnif qilinadi: Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling