I bob I. 1 Unli fonemalarning nazariy asoslari


 Lablarning ishtirokiga ko‘ra


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana25.01.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1122068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
unli fonemalar

 1. Lablarning ishtirokiga ko‘ra: 
 a) lablashgan unlilar (u. o‘, o). Bu unlilarni talaffuz qilishda lablar doira shaklida biroz 
cho'ziladi;
b) lablashmagan unlilar (i. e, a). Bu unlilarni talaffuz qilishda lablar doira shakliga 
kirmaydi va cho‘zilmaydi. Tasnifning bu turi fonologik sistemadagi «lablanish-
lablanmaslik oppozitsiyasi» talablaridan kelib chiqadi. Tilshunos X.Muhiddinova o unlisi 
haqida shunday deydi: “Lablarning ishtIrokiga ko‘ra unli fonemalar lablangan va 
lablanmagan unlilarga bo'linadi. I guruh unlilarida lab faol ishtirok etib, oldinga 
harakatlanib, cho‘chchayadi. Bu gumhga o‘, u unlilari kiradi. II guruh lablanmagan 


unlilar esa a, o, e, i dir. o fonemasi haqida ba'zi adabiyotlarda lablangan, ayrim 
adabiyotlarda esa yarim lablangan degan qarashlar mavjud. Keyingi fikr to‘g‘ri bo‘lib, 
haqiqatdan o unlisi talaffuzida lablar u va o‘ga nisbatan passivroq, /, e, a ga nisbatan 
faolroq ishtirok etadi”. 
2. Tilning vertikal harakatiga kora:
 
a) yuqori tor unlilar (i, u). Bu unlilarni talaffuz qilishda og‘iz tor ochiladi, til bilan 
qattiq tanglay orasi ham tor bo‘ladi;
 
b) o‘rta keng unlilar (e, o'). Bu unlilarni talaffuz qilishda og‘iz o'rta darajada 
ochiladi, til bilan qattiq tanglay orasi ham o‘rtacha kenglikda (yuqori ko‘tarilish bilan 
quyi ko‘tarilish orasida) bo‘ladi;
 
d) quyi keng unlilar (a, o). Bu unlilarni talaffuz qilishda og‘iz keng ochiladi, til 
bilan qattiq tanglay orasi ham yuqoridagi ikki holatdan ancha keng bo‘ladi. Tasnifning 
bu turi fonologik sistemadagi «tilning uch darajali ko‘tarilishi» oppozitsiyasiga 
asoslanadi. Tor unlilar talaffuzida til va qattiq tanglay bir-biriga maksimum darajada 
yaqinlashib, havo yo‘li torayadi, keng unlilar talaffuzida esa til va qattiq tanglay bir-
biridan maksimum uzoqlashib, pastki jag‘ning quyiga tushishi ham maksimum darajada 
bo‘ladi, bunda havo yo‘li keng va nisbatan ochiq boladi. Shuning uchun keng unlilar 
ochiq, tor unlilar esa yopiq deyiladi. O‘rta-keng unlilar talaffuzida esa til va qattiq tanglay 
orasi o‘rta darajada ochiladi. Unlilarning tor, o’rta yoki keng deb bo’linishlariga sabab 
shuki, ularni talaffuz qilish vaqtida quyi jag’ning pastga tushuvi yoki tilning qattiq 
tanglaydan uzoqligi har xil darajada bo’ladi. Masalan, i unlisini talaffuz qilish vaqtida til 
maksimum darajada ko‘tariladi, pastki jag‘ ham shunday pozitsiyani egallaydi. Natijada, 
til bilan qattiq tanglayning orasi minimum darajada yaqinlashadi va og‘iz bo’shlig’idagi 
havo yo’li ham minimum darajada qisqarib, torayadi. Ana shuning uchun ham u 
fonemalari tor yoki yopiq unlilar deyiladi. Bu yerda u bilan i ni bir qatorga qo‘yishning 
sababi shundaki, ularning talaffuzi vaqtida qattiq tanglay bilan tilning oralig’I deyarli bir 
xil bo‘ladi. Lekin u ning talaffuzida lab faol ishtirok qilganligi uchun unda lablanish 
hodisasi yuz beradi. a unlisini talaffuz qilish vaqtida og‘iz bo‘shlig‘ining holati esa tor 
unli i tovushini talaffuz qilishdagi holatdan keskin farq qiladi, ya’ni a tovushini talaffuz 


qilishda pastki jag‘ning quyiga tushishi ham, tilning qattiq tanglaydan uzoqlashishi ham 
maksimum darajada bo’ladi. Shunga ko‘ra, til bilan tanglay o‘rtasidagi havo yo‘li ham 
maksimum darajada keng bo’ladi. Ana shuning uchun ham a, o unlilari keng yoki ochiq 
unlilar deb ataladi. E bilan o‘ tovushini talaffuz qilgan vaqtda esa til bilan qattiq 
tanglayning oralig‘idagi masofa I va o‘tovushini yoki a bilan o ni talaffuz qilgandagi 
holatga nisbatan o‘rtacha holatda bo‘ladi. 
O‘zbek tilshunosligida hozirgi o‘zbek adabiy tili unlilari miqdori masalasida ikki 
xil fikr mavjud. Birinchi fikrga ko‘ra, adabiy til unlilari oltita: i, e, a, u, o‘, o. ( Bu fikr 
tarafdorlari qatorida E. D. Polivanov, A. K. Borovkov, V. V.Reshetov, A.G‘.G‘ulomov, 
Sh.Shoabdurahmonov, F.Kamolov, A.Mahmudov, S.Otamirzayeva, A.Abduazizov, 
A. Nurmonov, Sh. Rahmatullayev va boshqalar bor). Ikkinchi fikr tarafdorlarining (X. 
Doniyorov, B. To‘ychiboyev, M. Valiyevlarning) ta’kidlashicha, hozirgi o‘zbek adabiy 
tili vokalizmida eski o‘zbek adabiy tiliga va hozirgi qipchoq lahjalariga xos bo‘lgan 
kontrast juftliklar mavjud, shundan kelib chiqib, adabiy til vokalizm va alifbo masalalari 
qayta ko‘rib chiqilishi – alifboga qo’shimcha harflar kiritilishi kerak. Bu o‘rinda shuni 
ham ta’kidlash kerakki, ta’lim tizimining barcha bosqichlari uchun yaratilgan o‘quv 
adabiyotlarida o‘zbek adabiy tilining vokalizmiga oid ma’lumotlar birinchi fikrga – olti 
unli tizimiga asoslangan. Ammo ularning tasniflarida ma’lum tafovutlar ham bor. 
Masalan, professor V.Reshetov o’zbek adabiy tilining i, u, o‘, a unlilarini artikulyatsion-
akustik xususiyatlariga ko’ra, indifferent (aralash qator) tovushlar tarzida tasniflagan, 
chunki ular old qator e va orqa qator o unlilari orasida joylashadi. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling