I bob I. 1 Unli fonemalarning nazariy asoslari
Lablarning ishtirokiga ko‘ra
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
unli fonemalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Tilning vertikal harakatiga ko ‘ra
1. Lablarning ishtirokiga ko‘ra:
a) lablashgan unlilar (u. o‘, o). Bu unlilarni talaffuz qilishda lablar doira shaklida biroz cho'ziladi; b) lablashmagan unlilar (i. e, a). Bu unlilarni talaffuz qilishda lablar doira shakliga kirmaydi va cho‘zilmaydi. Tasnifning bu turi fonologik sistemadagi «lablanish- lablanmaslik oppozitsiyasi» talablaridan kelib chiqadi. Tilshunos X.Muhiddinova o unlisi haqida shunday deydi: “Lablarning ishtIrokiga ko‘ra unli fonemalar lablangan va lablanmagan unlilarga bo'linadi. I guruh unlilarida lab faol ishtirok etib, oldinga harakatlanib, cho‘chchayadi. Bu gumhga o‘, u unlilari kiradi. II guruh lablanmagan unlilar esa a, o, e, i dir. o fonemasi haqida ba'zi adabiyotlarda lablangan, ayrim adabiyotlarda esa yarim lablangan degan qarashlar mavjud. Keyingi fikr to‘g‘ri bo‘lib, haqiqatdan o unlisi talaffuzida lablar u va o‘ga nisbatan passivroq, /, e, a ga nisbatan faolroq ishtirok etadi”. 2. Tilning vertikal harakatiga ko‘ra: a) yuqori tor unlilar (i, u). Bu unlilarni talaffuz qilishda og‘iz tor ochiladi, til bilan qattiq tanglay orasi ham tor bo‘ladi; b) o‘rta keng unlilar (e, o'). Bu unlilarni talaffuz qilishda og‘iz o'rta darajada ochiladi, til bilan qattiq tanglay orasi ham o‘rtacha kenglikda (yuqori ko‘tarilish bilan quyi ko‘tarilish orasida) bo‘ladi; d) quyi keng unlilar (a, o). Bu unlilarni talaffuz qilishda og‘iz keng ochiladi, til bilan qattiq tanglay orasi ham yuqoridagi ikki holatdan ancha keng bo‘ladi. Tasnifning bu turi fonologik sistemadagi «tilning uch darajali ko‘tarilishi» oppozitsiyasiga asoslanadi. Tor unlilar talaffuzida til va qattiq tanglay bir-biriga maksimum darajada yaqinlashib, havo yo‘li torayadi, keng unlilar talaffuzida esa til va qattiq tanglay bir- biridan maksimum uzoqlashib, pastki jag‘ning quyiga tushishi ham maksimum darajada bo‘ladi, bunda havo yo‘li keng va nisbatan ochiq boladi. Shuning uchun keng unlilar ochiq, tor unlilar esa yopiq deyiladi. O‘rta-keng unlilar talaffuzida esa til va qattiq tanglay orasi o‘rta darajada ochiladi. Unlilarning tor, o’rta yoki keng deb bo’linishlariga sabab shuki, ularni talaffuz qilish vaqtida quyi jag’ning pastga tushuvi yoki tilning qattiq tanglaydan uzoqligi har xil darajada bo’ladi. Masalan, i unlisini talaffuz qilish vaqtida til maksimum darajada ko‘tariladi, pastki jag‘ ham shunday pozitsiyani egallaydi. Natijada, til bilan qattiq tanglayning orasi minimum darajada yaqinlashadi va og‘iz bo’shlig’idagi havo yo’li ham minimum darajada qisqarib, torayadi. Ana shuning uchun ham u fonemalari tor yoki yopiq unlilar deyiladi. Bu yerda u bilan i ni bir qatorga qo‘yishning sababi shundaki, ularning talaffuzi vaqtida qattiq tanglay bilan tilning oralig’I deyarli bir xil bo‘ladi. Lekin u ning talaffuzida lab faol ishtirok qilganligi uchun unda lablanish hodisasi yuz beradi. a unlisini talaffuz qilish vaqtida og‘iz bo‘shlig‘ining holati esa tor unli i tovushini talaffuz qilishdagi holatdan keskin farq qiladi, ya’ni a tovushini talaffuz qilishda pastki jag‘ning quyiga tushishi ham, tilning qattiq tanglaydan uzoqlashishi ham maksimum darajada bo’ladi. Shunga ko‘ra, til bilan tanglay o‘rtasidagi havo yo‘li ham maksimum darajada keng bo’ladi. Ana shuning uchun ham a, o unlilari keng yoki ochiq unlilar deb ataladi. E bilan o‘ tovushini talaffuz qilgan vaqtda esa til bilan qattiq tanglayning oralig‘idagi masofa I va o‘tovushini yoki a bilan o ni talaffuz qilgandagi holatga nisbatan o‘rtacha holatda bo‘ladi. O‘zbek tilshunosligida hozirgi o‘zbek adabiy tili unlilari miqdori masalasida ikki xil fikr mavjud. Birinchi fikrga ko‘ra, adabiy til unlilari oltita: i, e, a, u, o‘, o. ( Bu fikr tarafdorlari qatorida E. D. Polivanov, A. K. Borovkov, V. V.Reshetov, A.G‘.G‘ulomov, Sh.Shoabdurahmonov, F.Kamolov, A.Mahmudov, S.Otamirzayeva, A.Abduazizov, A. Nurmonov, Sh. Rahmatullayev va boshqalar bor). Ikkinchi fikr tarafdorlarining (X. Doniyorov, B. To‘ychiboyev, M. Valiyevlarning) ta’kidlashicha, hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmida eski o‘zbek adabiy tiliga va hozirgi qipchoq lahjalariga xos bo‘lgan kontrast juftliklar mavjud, shundan kelib chiqib, adabiy til vokalizm va alifbo masalalari qayta ko‘rib chiqilishi – alifboga qo’shimcha harflar kiritilishi kerak. Bu o‘rinda shuni ham ta’kidlash kerakki, ta’lim tizimining barcha bosqichlari uchun yaratilgan o‘quv adabiyotlarida o‘zbek adabiy tilining vokalizmiga oid ma’lumotlar birinchi fikrga – olti unli tizimiga asoslangan. Ammo ularning tasniflarida ma’lum tafovutlar ham bor. Masalan, professor V.Reshetov o’zbek adabiy tilining i, u, o‘, a unlilarini artikulyatsion- akustik xususiyatlariga ko’ra, indifferent (aralash qator) tovushlar tarzida tasniflagan, chunki ular old qator e va orqa qator o unlilari orasida joylashadi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling