I bob I. 1 Unli fonemalarning nazariy asoslari


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana25.01.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1122068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
unli fonemalar

 a) fizik-akustik jihatdan: unlilar ovozdan (asosiy va qo‘shimcha tonlar 
munosabatidan) tarkib topadi, unda shovqin qatnashmaydi. Undosh tovush tarkibida esa 
shovqinning bo‘lishi shart;
7
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Tillar va adabiyot kafedrasi 
“O‘zbek tilining amaliy Grammatikasi”fanidan o‘quv-uslubiy majmua – T: 2018


b) anatomik-fiziologik jihatdan: unli tovushlar talaffuzida nutq a’zolari to'siq 
(fokus) hosil qilmaydi, bu hoi o'pkadan kelayotgan havo oqimining og'iz bo‘shlig‘ida 
to‘siqqa uchramay o‘tishini ta’minlaydi.
Undoshlar artikulatsiyasida esa albatta to‘siq (fokus) hosil qilinadi, havo oqimi shu 
to'siqdan portlab, sirg‘alib yoki titrab o‘tadi, bu jarayon undosh tovush uchun kerak 
bo‘lgan shovqinni yuzaga keltiradi; 
 d) lingvistik-funksional jihatdan: unlilar ham, undoshlar ham so‘z va morfema 
tarkibida «qurilish materiali» sifatida (shakllantiruvchi funksiyada) qatnashadi; 
shakllantirilgan fonetik so‘z yoki morfemalarning tovush qobig‘ini bir-biridan farqlaydi, 
shu orqali ularning ma’nolarini tafovutlash imkonini yaratadi. Yana: unlilar bo‘g‘in hosil 
qiluvchi asosiy tovushdir, undosh fonemalar esa unli bilan birga qatnashadi, o‘zicha 
bo‘g‘in hosil qilmaydi (sonantlar bundan mustasno, chunki ularda bo‘g‘in hosil qilish
xususiyati bor). Shuning uchun bo‘g‘in tarkibidagi unli shu bog‘inning cho‘qqisi 
(“vershina sloga”) sanaladi. Bundan tashqari. unlining yolg‘iz o‘zi fonetik so‘zni yoki 
morfema qobig‘ini hosil qilishi mumkin: uchinchi shaxs, birlik ma'nosidagi «и» 
olmoshining, shuningdek «а?» so‘roq yuklamasining ifoda plani — moddiy-material 
asosi bir unlidan iboratligi buning dalilidir. Undoshlarda esa bu xususiyat yo'q. 
 
I. 2 Unli tovushlar tasnifi 
O‘zbek tilshunosligida unli fonemalar quyidagi uch belgi asosida tasnif qilinadi: 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling