I bob I. 1 Unli fonemalarning nazariy asoslari


oe unlilar  so‘z ichida  kelganda  ikkinchi  unli y


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana25.01.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1122068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
unli fonemalar

oe unlilar 
so‘z ichida 
kelganda 
ikkinchi 
unli y aytilsa 
ham, asliga 
muvofiq e yoziladi: aerostat, poema kabi. 
 
II.2
 
Ozbek tilida diftonglarning oziga xos korinishlari
 
So‘z boshida, o‘rtasida, oxirida kelgan qo‘sh undoshlar imlosi. Nutq jarayonida 
tovushlarni ketma-ket keltirish yo‘li bilan turli xil m a’noli birliklarni hosil qilamiz. M 
asalan, t-o-sh, b-o-sh, 
Yuqoridagi so‘zlar tarkibidagi tovushlar alohida-alohida emas, balki uzluksiz 
talaffuz qilinadi, so‘zlar uzluksiz talaffuz qilinganda, uning tarkibidagi bir tovush hali to 
‘liq talaffuz qilinmay turib, nutq a’zolari ikkinchisiga tayyorlanib turadi. Natijada 
tovushlar zanjiri vujudga keladi. 
Talaffuz qulayligiga intilish harakati tufayli nutq jarayonida tovushlar zanjirida 
turli fonetik o'zgarishlar ro‘y beradi. Ba’zilari qisqa aytiladi, ayrimlari esa biri ikkinchisi 
tom onidan moslashtiriladi, ba’zan ayrim tovushlar boshqacha shakl olishi, tushib qolishi, 
ba’zan tovush paydo bo iish i mumkin. Nutq jarayonida boiad igan bunday o ‘zgarishlar 
kom binator-pozitsion o‘zgarishlar deyiladi. Bu o‘zgarishlarni shartli ravishda ikkiga 
ajratish mumkin: 
Eliziya - unli bilan tugagan so‘zga unli bilan boshlanuvchi so‘z qo ‘shilishi 
natijasida unli tovushdan birining tushib qolishi: Bora oldi — boroldi, Borar ekan — 
borarkan, Abdusalom — absalom. 
O‘zbek 
tilida 
diftonglarning 
o`ziga 
xos 
ko‘rinishlari 
O‘zbek tilida maʼlum fonemaning shakli darajasida diftong yoʻq. Biroq nutq oqimida 
yuzaga keluvchi va oʻzlashgan soʻzlar tarkibida kelib qolgan yoki ularning oʻzlashtirilishi 
kechimida shakllangan diftonglar mavjud. U jips talaffuz etilgan yondosh unlidir. Bunday 


soʻzda jips talaffuz etiluvchi yondosh unlilarni tilshunoslikda diftong nomi bilan atab: 
“ikki unlining bir bo`g`inda birikib kelishidir” – deb izohlanadi. Bu izoh diftonglarning 
shakl topishi yuzasidan berilgan fikrdir. Ularning artikulyatsiyasida ham oʻziga xos 
tomoni bor. Chunonchi, har bir tovush artikulyatsiyasida uch faza: ekskursiya, kechim, 
rekursiya fazalari boʻladi. Oʻzbek tilidagi soʻzlar tarkibida esa, odatda, unlilar qator, 
yonma-yon qoʻllanmaydi va u soʻzning boʻgʻinlaridan biri markaziga oʻrnashadi, uning 
eng baland nuqtasi hisoblanadi. Uning oldidagi undoshning artikulyatsion rekursiyasi shu 
unlining artikulyatsion ekskursiyasiga, shu unlining artikulyatsion rekursiyasi keyingi 
undoshning artikulyatsion ekskursiyasiga to`g`ri keladi. Shuning uchun, boʻgʻin 
tovushlari oʻzaro tutashgan holda bir butunlikni olib talaffuz etiladi. Biroq bu tovushlar 
oʻrtasidagi birining ustida biri berilgan artikulyatsion rekursiya va ekskursiyalar 
bo‘gʻindagi tovushlarning talaffuz etilishida aniqlik, yaqqollik, alohidalikni taʼminlaydi. 
Diftongli boʻgʻinlarda esa unlidan keyingi tovush yo unliga moyil xususiyatli undosh, yo 
unli boʻladi va boʻgʻin hosil qiluvchi unlining artikulyatsion rekursiyasi keyingi 
tovushning artikulyatsion kechimiga to‘gʻri keladi. Keyingi tovushning artikulyatsion 
ekskursiyasi bo`g`in hosil qiluvchi unlining artikulyatsion kechimining oʻzida oʻtgan 
boʻladi. Diftonglar artikulyatsiyasini undoshlardagi affrikatlar artikulyatsiyasiga 
qiyoslash mumkin. Ulardagi artikulyatsiya kechimlari bir-biriga juda oʻxshaydi. 
Affrikatlarda portlovchi undoshning artikulyatsion rekursiyasida keyingi sirg‘aluvchi 
undoshning artikulyatsion kechimi oʻtadi. Diftonglarda esa boʻg‘in hosil qiluvchi 
unlining artikulyatsion rekursiyasida bo‘g‘in hosil qilmaydigan unlining artikulyatsion 
kechimi yuz beradi. Affrikat bir undosh holida shakllansa, boʻgin hosil qiluvchi unli bilan 
boʻgʻin hosil qilmaydigan unlining jips talaffuzi diftongni shakl toptiradi. Affrikat 
asosida shovqin yotadi, chunki u konsonantdir. Diftong asosida esa un yotadi, chunki u 
ikki unlidan tarkib topgan boʻladi. Ammo unlilardan birining oxiri undosh tovushga 
uringanroq ekanligi kuzatiladi. Chunonchi, diftongli boʻgin oxiri shu tovush bilan 
yopiladi. Tabiatan ham boʻg‘inlar oxiri hamma vaqt undosh tovushlar vositasidagina 
yopiq 
keladi. 
Shuning 
uchun 
ham, 
diftonglar 
tarkibidagi 
ikkinchi 
unlini, L.V.Zinder taʼbiricha, yarim unli deb ataladi. Oʻzbek tilidagi diftonglarning ham 
tarkibidagi ikkinchi unli yarim unlidan iborat. Biroq u undoshga uringanroq unli emas. 


Balki unli tomonidan assimilyatsiya etilgan jaranglidan kelib chiqqan yarim 
unlidir. Boshqacha qilib aytganda, boʻgʻin markazida unli keladi va ketida jarangli 
qoʻllanib, u un taʼsiriga beriladi, so`ng sirg`alishi kerak boʻlgan artikulyatsiya oʻrni un 
yoʻlini toʻsish xususiyatini ma’lum daraja yo‘qotadi. Tovush asosida un yotgan holatda 
talaffuz etiladi. Bu hosil bo‘lgan yarim unli oldidagi unli bilan diftongni shakllantiradi va 
bo‘g‘in oxirini yopadi. Bo‘g‘in yopiq bo‘g‘in holatini oladi. Bo‘g‘in markazida 
assimilyatsiya qiluvchi unli o`rnashgani holda, keying assimilyatsiyalangan unli, 
to‘g‘rirog‘i, yarim unli bo‘g‘in oxiri vazifasini bajaradi. Lekin hamma jaranglilar ham 
so‘z tarkibida unlidan keyin qo‘llanib, oldidagi unli tomonidan assimilyatsiya 
qilinavermaydi. Bunday jaranglilar sanoqli miqdorga ega. Ulardan biri lab 
sirg‘aluvchisi v bo‘lsa, ikkinchisi til o‘rta sirg‘aluvchisi y undoshidan iborat. Bo‘g‘indan 
keyin qo‘llangan bu undoshlar unli ta’sirida artikulyatsiya o‘rni kengayib, undan to‘siqsiz 
shakllanib o‘tadi. Bu ularning unli maqomiga yetganligi bo‘lib, talaffuzida tovush kuchi 
ham baland, yuqori amplitudali bo`ladi. Ularning tovush kuchi amplitudasi oʻzidan 
oldingi unlining tovush kuchi amplitudasiga teng talaffuz etiladi, lekin oxirgi ikki-uch 
gts.i ikki-uch mm. amplituda pasayadi. Bu uning boʻgʻinni yopish vazifasi bilan bogʻli 
boʻlib, undosh ekanligidan qolgan rudimentidir. Shu bilan birga unga ketgan vaqt ham 
oʻzidan oldingi unliga ketgan vaqtdan deyarli ikki barobar kam boʻladi. Boʻgʻin yopuvchi 
tovushlar tabiatan qisqa talaffuz etiladi. Rus turkologi A. N. Kanonov oʻzbek tilida 
alohida fonema sifatida diftong yoʻqligini aytgani holda, pasayuvchi diftong borligini 
koʻrsatib oʻtgan. Uning qayd etishicha, unlilar ketidan jarangli v va y undoshlari 
bo`gʻinda qoʻllanishi natijasida pasayuvchi diftong shakllanadi. Bu fikr yuqorida berilgan 
tavsiflarga juda mos keladi. Uning koʻrsatishicha, kiymoq, tiymoq, qiymoq, 
qiyqim soʻzlaridagi birinchi bo‘g‘inda kelgan ey, bey, hey soʻzlaridagi ey; sayg‘oq, 
ayg‘oq, maymoq, tayg‘oq soʻzlarining birinchi boʻgʻinidagi ay; oydin, soylik, boylik, 
poygak soʻzlarining birinchi bo‘g‘inidagi oy; tuyg‘u, uyqu, quyqa, kuyka soʻzlarining 
birinchi boʻginidagi uy; soʻyla, bo‘ydoq, o‘ymoq, yo‘ymoq so‘zlarining birinchi 
boʻg‘inidagi oʻy tovushlar qoʻshilmasi diftong boʻlib, ularning birinchi unli komponenti 
boʻgʻin hosil qilgan, bo‘g‘in balandligi hisoblanadi, ikkinchi komponenti unli kabi 
akustik xususiyatga ega boʻlsa ham, boʻgʻin oxiri vazifasini oʻtaydi. Undagi tovush kuchi 


oʻzidan oldin berilgan unlining tovush kuchi bilan barobar amplitudada boʻlsa ham, 
oxiriga tomon pasayuvchidir, cho‘ziqligi ham unli cho`ziqligiga nisbatan ikki 
barobarlashsa kam. Masalan, uylar soʻzining birinchi boʻgʻini uy diftong bo‘lib, birinchi 
komponenti boʻlgan u tovushi kuch amplituda yuqori ekanligi holda, ikkinchi 
komponenti boʻlgan y tovushi shu amplituda kuch bilan boshlangan va 20 gts.dan oxirgi 
4 gtsi 3 mm. amplituda tovush kuchi bilan davom etgan va boʻgʻinni yopgan. 
Bo‘gʻindagi diftongning birinchi komponenti 130 msek., ikkinchi komponenti 60 
msek. cho`ziqlikka ega. Bunday diftonglar soʻzning deyarli birinchi boʻginida kuzatiladi 
va deyarli shu oʻlchov atrofida boʻladi. Ammo ay diftongi turli shakl yasovchi tarkibida 
qoʻllansa, tovushlar kuchining amplitudasi yuqoridagilardan farq qilmaydi. Ularga 
ketgan vaqt boshqacharoqdir. Boʻgʻin yasovchi unliga berilgan vaqt bilan boʻgʻin oxiri 
boʻlgan unliga berilgan vaqt koʻproq teng keladi. Masalan, qoʻrqmay soʻzining -
may qoʻshimchasidagi a tovushiga 25 msek., y tovushigan 35 msek. vaqt sarflangan. 
Qanday soʻzining –day qoʻshimchasidagi a tovushiga 70 msek., y tovushiga 60 msek. 
vaqt ketgan. Bu holat koʻproq soʻz oxirida kuzatiladi. Chunki soʻz oxiridagi tovush 
cho`ziq talaffuz etilishga moyil boʻladi. Qolgan pozitsiyalarda, yuqorida aytganimizday, 
boʻgʻin yasamaydigan unli boʻg‘in yasaydigan unlidan ikki barobar kam vaqt olaveradi. 
A.N.Kononov yana 
avra, 
gavda, 
ravshan, 
navda soʻzlarining 
birinchi 
boʻgʻinidagi av; sovg`a, g`ovvos, novcha soʻzlarining birinchi boʻgʻinidagi ov; uchov, 
tergov, tarnov soʻzlarining soʻnggi boʻgʻinidagi ov; uquv, tiyuv, qoʻrquv soʻzlarining 
ham soʻnggi boʻgʻinidagi uv tovushlari qoʻshilmasi diftong boʻlib, ularning birinchi unli 
komponenti boʻgʻin hosil qilgan, boʻgʻin balandligi hisoblanadi; ikkinchi komponenti 
unli kabi akustik xususiyatga ega boʻlsa ham, boʻgʻin oxiri vazifasini oʻtaydi, yaʼni 
bo`gʻin yasamaydi. Undagi tovush kuchi oldidagi unlining tovush kuchi bilan barobar 
amplitudada boʻlsa ham, oxiriga tomon pasayuvchi, tovush cho`ziqligi unga nisbatan 
deyarli ikki barobar qisqadir. Masalan, yashov soʻzining ikkinchi bo`gʻinidagi ov diftong 
boʻlib, o tovushi kuchi 5 mm. amplituda yuqori ekanligi holda, ikkinchi tovush ham shu 
amplituda kuch bilan boshlanib, 25 gts.dan 3 gts.i 3,5 mm. amplituda kuch bilan davom 
etgan va bo‘g‘inni yopgan. Boʻg‘indagi boʻgʻin hosil qiluvchi unli 120 msek., boʻgin 
hosil qilmaydigan unli 60 msek. choʻziqlikka ega.


Bu diftonglar L.V.Shcherbak tasnifiga koʻra soxta diftong boʻlib, undagi unlilar 
boʻginda teng huquqli emas, shuningdek, soʻzlarning kommunikatsiyasi kechimida 
yuzaga kelgan. So‘zning boshqa nutqdagi boshqacha shakllantirilishida u yuzaga 
kelmasligi yoki qimmatini yoʻqotib yuborishi mumkin. Masalan, toy feʼli bir bo‘g‘inli 
boʻlib, undagi oy tovushlar birikmasi diftong, pasayuvchi diftongdir. Chunki ularning 
ikkinchi unlisi boʻgʻin hosil qilmaydi, yarim unli hisoblanadi. Bu feʼlga harakat nomi 
qoʻshimchasi qoʻshilsa, u toyish fonetik tarkibiga ega bo`ladi, boʻgʻinga boʻlinishi 
boshqacha tarkib bilan shakllanadi, yaʼni: to+yish. Uning birinchi boʻgʻini unli bilan 
tugagan ochiq bo`gʻin boʻlib, ikkinchi bo‘g‘in yopiqdir. Undagi o unlisi tomonidan 
assimilyatsiya qilinishi kerak boʻlgan y tovushi keyingi boʻgin boshi vazifasiga koʻchgan. 
Koʻrinadiki, oʻzbek tilidagi unli bilan y yoki v undoshi yondosh kelishiga koʻra 
diftongning hosil boʻlishi nutqdagi mavqei, bir boʻgʻinda oʻrnashuvi bilan bogʻli boʻlib, 
L.V. Shcherbak aytganiday, soxta diftongdir. Oʻzbek tilining oʻz leksikasida faqat 
shunday soxta diftonglar kuzatiladi. Ular ham nutq kechimiga koʻra yuzaga keladi. 
O‘zbek tiliga rus tilidan va rus tili vositasida boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlardagi 
boʻgʻinlarda ham pasayuvchi diftonglar uchraydi. Lekin ular tarkibidagi tovushlar ikki 
unlining yondosh kelishidan iborat bo‘ladi. Ularning birinchisi ikkinchisini jarangli 
undoshdan assimilyatsiya qilib olgan emas. Har ikkisi ham mohiyatan unli boʻlib, bo‘g‘in 
tarkibida ikkinchisi bo‘gʻin hosil qilish xususiyatini yoʻqotgan, yaʼni yarim unli 
hisoblanadi. Masalan, aeroplan soʻzida ae birikuvi diftong boʻlib, bir boʻginni tarkib 
toptirgan. Undagi keyingi unli avvalgisi tomonidan assimilyatsiya qilinib shakllangan 
emas, balki boʻgʻin oxiriga kelib qolgani uchun artikulyatsiya oʻrni toraygan va tor unli 
darajasiga kelgan, buning ustiga 16 gts.dan 3 gts.i 4 mm. amplituda bilan talaffuz 
etilgan. Vaholanki, diftongning tovush kuchi asosan 5,5 mm. amplituda yuqorilikka ega 
edi. Ularga sarflangan vaqt ham oʻzaro farqlanadi: birinchisi 70 msek, ikkinchisi bo`g`in 
yopuvchi boʻlganligi uchun ham 50 msek. vaqt olgan. Shuning uchun, bu diftong 
pasayuvchi diftong deb qaraladi, lekin soxta diftong emas. Diftonglarni oʻzbek tiliga 
oʻzlashgan so`zlardagi unlilarning har qanday kontakt qoʻllanishi bilan qorishtirmaslik 
kerak. Masalan, arab tilidan oʻzlashgan shoir, soat, saodat, jamoa kabi so`zlarning adabiy 
til meʼyoriga koʻra kontakt qoʻllangan unlilari diftong emas. Ularning har biri alohidadan 


boʻg`in uchun asos boʻladi. Bu kontakt unlilar jips talaffuz etilmaydi. Ularning kontakt 
ekanligi ham nisbiydir. Ular orasida knaklaut talaffuz etiladi. Knaklaut bo`g`izdagi bir 
portlash bilan oʻtadigan shovqindir. U avvalgi boʻgʻinning artikulyatsion rekursiyasi 
bilan keyingi unlining artikulyatsion ekskursiyasi oraligida oʻtadi va keyingi unli uchun 
boʻgin boshi vazifasini oʻtaydi. Masalan, soat so‘zining unlilari orasidagi knaklaut 
ossillografik tahlilga koʻra 5 msek. vaqt olgan. Bu so‘zlardagi unlilarning oʻrtasidan 
bo‘gʻin ajratish zaruriyati jonli tilda knaklut berilmay, biror sonant yoki jarangli tovushni 
qoʻllash bilan bajariladi. Yaʼni: shoir, soat, saodat, jamoa kabi. Ularning hammasida ham 
knaklaut oʻrnini jarangli undosh egallagan va bu undosh keyingi boʻgʻin uchun asos 
boʻlgan unli oldida boʻgʻin boshi vazifasini oʻtagan. 
O‘zbek tiliga rus tili vositasida chetdan oʻzlashgan teolog, biolog soʻzlari ham jonli 
tilda teo+log, bio+log holida boʻg`inga ajratiladi. Ularning birinchi bo‘g‘inidagi yondosh 
undosh diftongni tarkib toptiradi. Bu teo, bio diftonglari ham koʻtariluvchi diftong 
hisoblanadi. Chunki bu diftongli boʻg`in ochiq kelgan. Ochiq boʻgʻinlar ko‘tariluvchi 
ohangga ega boʻladi. Yuqoridagi eo diftongi ossillografik tahlilda 4,5 mm. amplituda 
tovush kuchi bilan boshlanib, 5,5 mm. amplituda tovush kuchi bilan tugaganligi 
kuzatiladi. Bunday diftonglar oʻzbek tilining faqat oʻzlashtirilgan jonli leksikasida boʻlib, 
adabiy tilga oʻzlashgan va sof oʻzbekcha leksikada uchramaydi. Oʻzlashgan leksikaga 
mansub matbaa, mudofaa so`zlari ham mat+baa, mu+do+faa holida boʻgʻinga ajraladi. 
Bunday boʻgʻinga ajralish oʻzbek tilining faqat jonli tiliga mansubdir. Ularning so`nggi 
bo‘g‘inida qoʻsh a unlisining jips qoʻllanishi diftong boʻlmaydi, balki a unlisining cho`ziq 
talaffuzidan iboratdir. Yaʼni diftong bilan unlining cho`ziq qoʻllanishi tilning boshqa-
boshqa hodisalaridir. O‘zbek tilining o‘zlashgan leksikasida uchraydigan bunday 
koʻtariluvchi diftonglarning soʻz affiksatsiyasi bilan hech qanday aloqasi yo`q. Yaʼni 
diftong bilan tugagan soʻzlarga biror affiks qoʻshilar ekan, uni boʻg‘inga ajratish 
kechimida diftong tarkibidagi biror unli qayta shakllangan boʻginga boʻlinib oʻtmaydi. 
Chunki bunday koʻtariluvchi diftonglar boʻlinmasdir. Buning ustiga ochiq tugagan 
soʻzlarga oʻzbek tilida undosh bilan boshlanuvchi affiks qoʻshiladi. Qoʻshimcha bilan 
bog‘liq boʻgʻin hamma vaqt undosh bilan boshlanadi. Natijada, oʻzak oxiridagi diftong 
daxlsiz qoladi. Yaʼni oʻzbek tilidagi koʻtariluvchi diftong soxta diftong emas. 


O‘zbek tilida chin diftonglar ham uchraydi. Biroq ular rus tili vositasida Yevropa tillaridai 
oʻzlashgan soʻzlarda kuzatilishi mumkin. Bunday diftonglar tarkibidagi har ikki unli ham 
bir xil tovush kuchi bilan, bir xil choʻziqlikda talaffuz etiladi. Masalan, shlagbaum, inlaut, 
knaklaut soʻzlarining ikkinchi boʻgʻinida au diftongi; dizain soʻzining ikkinchi 
boʻgʻinida 
ai; Leipsig soʻzining 
birinchi 
va kodein so‘zining 
ikkinchi 
boʻgʻinida ei yondosh unlilari bor. Bu yondosh unlilar chin diftonglar boʻlib, tarkibidagi 
har ikki unli bir xil tovush kuchi va bir xil cho‘ziqlikda talaffuz etiladi. Ularning tovush 
kuchi oʻrtacha 5 yoki 5,5 mm. amplituda, tovush choʻziqligi 80 yoki 70 msek. bilan 
beriladi. Boʻgʻinlarining yopiqligi ham ularda shu imkoniyatni yaratgan. Aytganimizday, 
chin diftonglar oʻzbek tilining oʻz leksikasiga oid va arab, eroniy tillardan oʻzlashgan 
leksikaga oid soʻzlarda kuzatilmaydi. Ammo arab tilidan oʻzlashgan qiroat, shafoat 
so`zlari borki, aslida ularning -at qoʻshimchalaridan oldin, oʻzak oxirida ayn ( ع) boʻgʻiz 
undoshi qoʻllangan. Bu so‘zlar oʻzbek tiliga oʻzlashgach, shu tovushini tushirgan va a 
unlisi undan oldingi o unlisi bilan jips talaffuz etilayotganga oʻxshab qolgan. 
Ossillografik tahlil shuni koʻrsatdiki, nutq har qancha tez kechsa ham, jonli tilda ularning 
ayn (ع) undoshi tushib qolmaydi, balki knaklautga oʻrnini beradi, knaklautning oʻzi 
boʻgin boshi boʻg`inni saqlaydi. Bo‘g‘in boshi vazifasini o`tagan knaklaut eng kami 5 
msek. vaqt oladi. O`zbek adabiy tili meʼyori boʻyicha u 10 msek. davom etadi. Bu oddiy 
soʻzlashuv chog`ida oddiy quloq bilan ilgʻasa ham bo‘ladigan holatdir. 
Diftonglar talaffuz kechimida choʻziq unlilar kabi qayd etiladi va boʻgin choʻziqligini 
yuzaga keltiradi. Chunki unda jips qoʻllangan ikki unli boʻlib, ularning har biriga ketgan 
vaqtning qoʻshilmasi oʻz aksini topadi. Shunga qaramay, diftong tarkibidagi har bir 
unlining oʻz talaffuzi voqelanayotganligi sezilib turadi.
Demak, diftong ikki unlining bir boʻg‘inda jips birikib kelishi boʻlib, birinchi 
unlining artikulyatsion rekursiyasida ikkinchi unlining artikulyatsion kechimi oʻtishi 
orqali yuzaga keladi. Diftonglar pasayuvchi, koʻtariluvchi va chin diftonglarga bo`linadi. 
Pasayuvchi va koʻtariluvchi diftonglarning ikkisi ham boʻgʻin oxirida beriladi. 
Pasayuvchi diftongning keyingi unlisi boʻgʻin yopish vazifasini ham oʻtaydi va u avvalgi 
unli tomonidan assimilyatsiya etilgan tovush boʻladi. Chin diftong yopiq boʻgʻinlarda 
kuzatiladi. Ularning unlilari pasayuvchi va koʻtariluvchi diftonglarning keyingi unlisiga 


oʻxshash qisqa talaffuz etilmay, avvalgi unli bilan teng qayd etiladi. Diftonglarning 
barcha tipi o‘zlashgan leksikada oʻz aksini topishi kuzatiladi, lekin uz leksikada 
pasayuvchi diftonglar bo‘ladi va faqat shu diftonglargina soxta diftong deb qaraladi.
10
10
http://www.hozir.org/chirchiq-davlat-pedagogika-instituti-v5.html?page=11 



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling