I bob I. 1 Unli fonemalarning nazariy asoslari


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana25.01.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1122068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
unli fonemalar

 
E fonemasi. Bu fonema lablashmagan, oldingi qator (til oldi), o‘rta keng unli 
tovush bo‘lib, ayrim shevalarda uning kombinator variantlari uchrasa-da, adabiy tilda 
kombinator variantlari farqlanmaydi. Har qanday pozitsiyada bir xil talaffuz qilinadi. 
Masalan, ber, kel, beda, endi, erta, ekin kabi. Bu fonema so‘zning birinchi bo‘g‘inida 
uchraydi. O‘zlashtirilgan so‘zlardagina keyingi bo‘g‘inlarda keladi. So‘z oxirida deyarli 
uchramaydi. O‘g‘uz shevalarida a tovushiga o‘tadi: eshik > ashik, deb > dap, kel > gal 
kabi. Qipchoq shevalarida va ayrim shahar shevalarida ba’zan i ga o‘tadi: Ergash > Irgash, 
deydi > diydi, dedi > didi. 
 
O fonemasi. Bu fonema lablashgan, o‘rta keng unli tovush bo‘lib, tilning 
gorizontal holatiga ko‘ra farqlanadigan oldingi qator va orqa qator variantlariga ega. 
Yozma adabiy tilde rasmiy ravishda til orqa fonemasi deb qabul qilingan. Ular ma’no 
ajratish funksiyasiga ega. Ba’zi til oldi undoshli yoki chuqur til orqa undoshli so‘zlar 
tarkibida va boshqa holatlarda kelganda ham bu fonemaning kombinator va pozitsion 


variantlari saqlanib qoladi (lekin bu variantlar orfografiyada aks etmaydi). Masalan, o‘ 
unli tovushining variantlari bo‘lgan yumshoq o` ko`pincha k, g undoshlari bilan ko`l, 
go`zal, o`rdak, o`rik, to`r, ko`z kabi, qattiq o‘ esa, asosan, q, g‘ va boshqa undoshlar bilan 
bo‘l (fe’l), g‘o‘la, g‘o‘za, o‘t (maysa), o‘z (fe’l), qo‘y, o‘r (fe’l) kabi yondosh kelganda 
uchraydi. Bu fonema, asosan, so‘zning birinchi bo‘g‘inida uchraydi. Lekin o‘zlashtirilgan 
so‘zlarda oxirgi bo‘g‘inlarda ham qo‘llanadi: ro‘baro‘, xushro‘y, gulro‘ kabi. 
Keng unlilar. Keng unlilarga hozirgi o‘zbek adabiy tilida ikki unli fonema kiradi. 
Bulardan biri oldingi qator (til oldi) lablashmagan a, ikkinchisi orqa qator (til orqa) 
lablashmagan o fonemasidir. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling