I bob I. 1 Unli fonemalarning nazariy asoslari


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana25.01.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1122068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
unli fonemalar

I fonemasi. Bu fonema lablashmagan, tor unli tovush bo’lib, tilning gorizontal 
yo‘nalishiga ko‘ra farqlanadigan oldingi qator va orqa qator variantlariga ega. (Lekin bu 
variantlar orfografiyada aks etmaydi). Masalan, i unli tovushi yumshoq o‘zaklar bilan 
kelganda, jumladan, siz, til, biz, tish, kishi, yirik singari ochiq va yopiq bo‘g‘inlarida 
yumshoq talaffuz qilinadi, ya’ni uning til oldi variant qo‘llanadi. Qattiq o‘zaklarda, 


jumladan, chuqur til orqa undosh tovushlar bilan kelganda, qizil, qiz, qirg‘oq, g‘irot, 
qimiz kabi so’zlarda i unlisining til orqa variant qo‘llanadi va u qattiq talaffuz qilinadi. 
Bu fonema so‘zning turli o‘rinlarida kela oladi.
 
U fonemasi. Bu fonema lablashgan, tor unli tovush bo’lib, tilning gorizontal 
holatiga ko’ra oldingi qator va orqa qator variantlariga ega. Lekin u rasmiy yozma adabiy 
tilda til orqa fonemasi deb qabul qilingan. Til oldi u tovushiga uch (sanoq son), kuch, 
buyuk, gul, kul so‘zlaridagi u tovushi, til orqa qatoriga quch, uch (fe’l), tur (fe’l) 
so‘zlaridagi u tovushi misol bo’ladi. (Lekin bu variantlar orfografiyada aks etmaydi). 
Masalan, u unli tovushining variantlaridan bo‘lgan yumshoq u ko‘pincha k, g undoshlari 
bilan (gul, kul so‘zidagi kabi), qattiq u esa ko`pincha q, g‘ undoshlari bilan yondosh keladi 
(qum, qush so‘zidagi kabi). U fonemasi ham i fonemasi kabi kuchsizlanishi mumkin. Bu, 
asosan, u fonemasi urg‘usiz bo‘g‘inda ikki jarangsiz umdosh orasida kelgan holatda 
uchraydi. Masalan, tut, tutun so`zlaridagi kabi. Bu fonema so`zning boshi, o‘rtasi va 
oxirida kela oladi.
 
Orta keng unlilari. O‘rta keng unlilar sirasiga hozirgi o‘zbek adabiy tilida ikki unli 
fonema kiradi. Bulardan biri oldingi qator (til oldi), lablashmagan e, ikkinchisi lablashgan 
o‘ fonemasidir. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling