I bob. Inson huquqlarining himoyalash omillari


Download 398.58 Kb.
bet2/12
Sana31.01.2024
Hajmi398.58 Kb.
#1818277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
bmi hayotxon 12.06

Tadqiqot obyekti. O’zbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlovchi huquqiy mexanizmlar.
Tadqiqot predmeti O’zbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlovchi huquqiy mexanizmning yaratilishi sohasidagi amalga oshirilayotgan ishlar, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va milliy qonunchiligida mustahkamlangan insonning asosiy huquq va erkinliklari to’g’risidagi normalarni qo’llanishi bilan bog’liq bo’lgan ilmiy-nazariy va amaliy masalalar .
Tadqiqotning_maqsad_va_vazifalari.'>Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi – mustaqillik va demokratik huquqiy davlat barpo etish sharoitida fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini kafolotlovchi huquqiy mexanizmning yaratilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlarni nazariy-huquqiy va tarixiy-qiyosiy tahlil qilishdan iboratdir.
Tadqiqotning vazifalari:
- Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish zaruratini o’rganish;
- Qonunchilik va huquqni qo’llash amaliyotini takomillashtirish;
- inson huquqlari boyicha mamlakatda amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berish;
- O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari boyicha faoliyat yurituvchi tashkilotlar haqida tushuncha berish ;
Tadqiqotning metodologik asoslari. Tadqiqot O’zbekiston Respublikasi Prezidenti inson huquqlarini himoya qilish, o’zbek milliy davlatchiligi va uning huquqiy asoslarini belgilab berishga qaratilgan fundamental asarlarda bildirilgan nazariy qoidalarga asoslangan. Tadqiqotning metodologik asosini inson huquqlari to’g’risidagi falsafiy, huquqiy, tarixiy, siyosiy qarashlar va bilimlar tashkil qiladi. Tadqiqotni yozishda ilmiy bilishning analiz, sintez metodlari, xususan, tarixiy, mantiqiy-huquqiy, qiyosiy-huquqiy, sotsiologik kabi usullardan foydalanildi. Tadqiqotning manbaviy asosi tarixchi, huquqshunos olimlarning inson huquqlari nazariyasi va inson huquqlari va erkinliklari himoya qilish sohasiga oid qonunlar, normativ hujjatlar va ilmiy asarlar, monografiyalar, nomzodlik dissertatsiyalari, risolalar, darsliklar hamda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga doir dolzarb muammolarga bag’ishlangan ilmiy maqolalar tashkil qiladi.

Download 398.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling