I bob. Inson huquqlarining himoyalash omillari


Sharq mutafakkirlarining insonparvarlik tushunchasi haqida


Download 398.58 Kb.
bet6/12
Sana31.01.2024
Hajmi398.58 Kb.
#1818277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
bmi hayotxon 12.06

2.2.Sharq mutafakkirlarining insonparvarlik tushunchasi haqida
Insonparvarlik — insonning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huqukliligi toʻgʻrisida, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shartsharoitlar yaratib berish haqida gʻamxoʻrlik qilishni ifodalovchi tushuncha. Unga koʻra, dunyoda eng qimmatli narsa insondir, bu-tun mavjudot, borliq insonga, uning baxtsaodatiga xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat kishilari haqida gʻamxoʻrlik Insonparvarlikning asosiy masalasidir.
Insonparvarlik gʻoyalari uzoqtarixga ega. Ular baxt-saodat va adolatga erishish orzulari tarzida qadimdan xalq ogʻzaki ijodida, adabiyotda, diniy va falsafiy taʼlimotlarda oʻz aksini topib kelmoqda.
Sharq falsafasi va ijtimoiy tafakkurida Insonparvarlik gʻoyalari azaldan keng tarqalgan boʻlib, uning koʻp ming yillik tarixi b-n chambarchas bogʻliq. Oʻrta osiyolik mutafakkirlardan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek, Ali-sher Navoiy va b. asarlarida Insonparvarlik, inson erkinligi, uning qadr-qimmati gʻoyalari olgʻa surildi. Forobiy insonlarning inoq va doʻst yashashi mamlakatda xalqlar uchun katta foyda keltirishini isbotlashga intilgan va tin-chlikni qatʼiy quvvatlab, butun faoliyatini inson xizmatiga qaratgan. Navoiy inson taqdiri, xalq manfaa-ti, mamlakat haqida gʻamxoʻrlikni asosiy masala qilib qoʻygan. Dunyoda eng qimmatli narsa insondir, degan fikrni olgʻa surgan. Uning fikricha, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-saodatiga xizmat qilishi lozim. Jahon dinlari, jumladan islom dinida ham Insonparvarlik gʻoyalari oʻz ifodasini topgan. Unda faqir, kambagʻal, musofir, muhtoj kishilarga yordam berishga, saho-vatli va insofli boʻlishga daʼvat qilinadi.
Insonparvarlik yaxlit dunyoqarash tizimi sifatida birinchi bor Yevropada Uygʻonish davrida shakllangan. Insonparvarlik goyalari Yevropada oʻrta asrlarda insonningkamsitilishiga,uni xudo va din nomidan haqoratlab inkvizitsiya gulxaniga tash-lagan shafqatsiz dindorlarga va ularni qoʻllabquvvatlagan jamiyat vakillariga qarshi, inson huqukari uchun murosasiz kurash sifatida namoyon boʻldi (q. Gumanizm). I. keng ijtimoiy fikrni qamrab olib, adabiyot, falsafa, sanʼat va b. sohalarda 14—17-a. larda Italiyada, keyinchalik esa Yevropaning boshqa mamlakatlarida keng tarqaldi.
Keyingi asrlar davomida Insonparvarlik goyalari gumanizm nomi bilan rivojlandi. Bu atama birinchi marta 19-a. boshlarida fanda ishlatila boshladi va 20-a. ning oʻrtalarigacha jamiyatdagi adolatsizlikni, tengsizlikni tanqid qilishga qaratildi. 2-jahon urushidan ke-yin jahon taraqqiyotida tub oʻzgarishlar yuz berib, haqiqiy Insonparvarlik tomon jiddiy qadamlar qoʻyildi. Buni BMT, YUNESKO kabi xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo tashkilotlar deklaratsiya va hujjatlarida koʻrish mumkin. Insonparvarlik har bir huquqiy, demokratik davlatning hayot qoidalaridan biriga aylanmoqda.
Oʻzbekiston oʻz siyosatini Insonparvarlik shartlari, talablari, qoidalariga, Sharq va Gʻarb davlatlarining eng ilgʻor tajribalariga tayanib olib bormoqda.
Ota-bobolarimiz, ajdodlarimiz, ayniqsa ilm-fan borasidagi allomalarimiz kishilarning kamoloti masalasiga alohida etibor berganlar. Ular insonning oʻz-­oʻzini anglashi, jamiyatda oʻz oʻrnini topishi, ijtimoiy­psixologik taraqqiy etib borishini uzoq yillar davomida oʻrganishgan.
Forobiy – “Maʼlum xalq va butun insoniyat toʻplab kelgan maʼnaviy-milliy merosi, «ruhlar”i, yaʼni shaxslarning maʼnaviyati, ongi milliylashib, bir-biri bilan qoʻshilib boradi» [3] – degan edi.6 Forobiy qarashlarining fazilatlaridan biri xalqlarni bir-biriga qarshi va bir-biridan ustun qoʻymagan, balki ularni butun insoniyatning ajralmas qismi sifatida talqin qiladi. Abu Nasr Forobiyning adolatli jamiyat, olamning abadiyligi, vatanparvarlik haqidagi gʻoyalari, yosh avlodni vatanparvarlik, oʻz vataniga va xalqiga sidqi dildan hurmat ehtirom ruhida tarbiyalashda maʼnaviy ozuqa boʻlib xizmat qiladi.
Abu Rayhon Beruniy ilm fanning buyuk homiysi va muxlisi sifatida mamlakatimizning obodonchiligi, ilm-fanning gullab-yashnashi, odamning baxti, uning bilimi va maʼrifatida deb biladi. Uning yaratgan asarlarida har bir inson oʻz qalbining farmoyishiga koʻra xayr-ezgulikka intilishini taʼkidlaydi. Beruniy asarlarida ham mansublik masalasi oʻz ifodasini topgan. Beruniy qarashi boʻyicha, “har bir xalq qandaydir fan yoki tajribaning rivojlanganligi bilan farqlanadi” . U “Tarixul Hind”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kabi asarlarida boshqa xalqlar vakillarining u yoki bu ilmiy sohalardagi muvaffaqiyatlarini ochiq koʻngil bilan tahlil qiladi va boshqa millat, xalqlarni kamsitmaydigan fikrlar asosida ularning ham ongida oʻziga xos milliylik shakllanib borishini koʻrsatadi. 7Beruniy olgʻa surgan insonparvarlik gʻoyalari, maʼnaviy qadriyatlar xususidagi fikr oʻgitlari mustaqillik davrida yoshlarni barkamol inson etib tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Buyuk qomusiy olim sifatida barcha hodisalarning mohiyatini ilmiy jihatdan ochib berishga harakat qilgan Sharq mutafakkirlaridan biri Abu Ali Ibn Sinodir. Uning pedagogik-psixologik qarashlari ilmiy asosda qurilgan boʻlib, u bola xarakteri va tasavvurlari tarbiyasida umuminsoniy gʻoyalar qoʻllanilishini yoqlab chiqqan va tarbiyachi, ota-onalarga uni qattiq tan jazosidan koʻra, shaxsiy ibrat orqali tarbiyalash maʼqulligini koʻrsatgan. Uning fikrcha, bolada mansublikning shakllanishi, avvalo, ota­onaning taʼsirida kechadi. Mutafakkirning “Donishnoma”, “Risolai ishq”, “Uy xoʻjaligi”, “Tib qonunlari” kabi qator asarlari Oʻrta Osiyo xalqlari odob-axloqi psixologiyasi va tabobat olamida alohida oʻrin tutgan yirik tadqiqotlardan hisoblanadi. Mutafakkirning mehnatsevarlik hissi borasidagi fikrlari ham diqqatga sazovordir. Jumladan, u har bir bolani biror hunarga oʻrgatmoq shart deydi. Yosh yigit biror hunarni oʻrgansa, uni hayotga tatbiq eta olsa va mustaqil hunar tufayli oilani taʼminlaydigan boʻlsagina, otasi uni uylantirib qoʻymogʻi lozim, deb hisoblaydi. Oʻspirin hunar egallashi bilan unda nafaqat axloqiy hislar, balki xarakterning irodaviy hislari ham tarkib topib, mustahkamlana boshlaydi. Hunar egallash orqali oʻspirinlarda sabr bardoshlilik, chidamlilik, mehnatsevarlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik, zukkolik kabi sifatlar vujudga keladi.
XI asrning buyuk mutafakkiri va shoiri Yusuf Xos Hojib oʻzining “Qutadgʻu bilik” asarida etika va hayotga oid qarashlarini bayon qiladi. U odamning Alloh tomonidan yaratilganligini hamda odamning dunyoga kelishi va uning kelajakda qanday odam boʻlib voyaga yetishishi, ajdodi va kelib chiqishiga, hayotda shugʻullanayotgan faoliyatiga, atrofga nisbatan munosabatiga bogʻliqligini aytib: “Kimning nasli otadan boshlab toza boʻlsa, undan elga yaxshilik, koʻp manfaatlar keladi”, deb hisoblaydi. Yusuf Xos Hojibning oʻqtirishicha, – “Har bir kishi jamiyatga munosib boʻlib kamol topmogʻi darkor. Buning uchun u tugʻilgan kunidan boshlab zarur tarbiyani olmogʻi lozim” [4] – degan fikrni olgʻa suradi.
Bashariyat shoiri Jaloliddin Rumiy hazratlari ham inson oʻzini anglashi toʻgʻrisida qimmatli fikrlarni keltirib, quyidagilarni yozadi: “Sen hamma narsani unutishing mumkin, yolgʻiz bir narsani nechun dunyoga kelgansan, shuni unutmasang bas. Oʻzingni arzon sotmagaysan, illo bahoying baland”[2]. Umumbashariy, maʼnaviy qadriyatlar qoldirgan allomalarimizning oʻgitlari, hikmatlari, pand-nasihatlari bugungi kunda yoshlarni maʼnan boy hamda oʻzligini anglashida juda qoʻl kelmoqda.
Ular umr boʻyi olam mohiyati, inson mohiyatini tadqiq etishga imkon beruvchi hikmatlar yaratgan, vatanparvarlikni, oʻz-oʻzini anglashni, el-yurtga sadoqatni va soflikni kuylaganlar.Shunday qilib taʼkidlash kerakki, buyuk allomalarimiz ming yillar davomida inson shaxsini kamoloti asosida uni oʻz-oʻzini anglashini qoʻyganlar. Ular oldinga surgan vatanparvarlik, insonparvarlik gʻoyalari, maʼnaviy qadriyatlar toʻgʻrisidagi fikr, oʻgitlari mustaqillik davrida yoshlarni komilligini taʼminlashda katta oʻrin egallamoqda.
Ota-bobolarimiz, ajdodlarimiz, ayniqsa ilm-fan borasidagi allomalarimiz kishilarning kamoloti masalasiga alohida etibor berganlar. Ular insonning oʻz-­oʻzini anglashi, jamiyatda oʻz oʻrnini topishi, ijtimoiy­psixologik taraqqiy etib borishini uzoq yillar davomida oʻrganishgan.
Forobiy – “Maʼlum xalq va butun insoniyat toʻplab kelgan maʼnaviy-milliy merosi, «ruhlar”i, yaʼni shaxslarning maʼnaviyati, ongi milliylashib, bir-biri bilan qoʻshilib boradi» [3] – degan edi. Forobiy qarashlarining fazilatlaridan biri xalqlarni bir-biriga qarshi va bir-biridan ustun qoʻymagan, balki ularni butun insoniyatning ajralmas qismi sifatida talqin qiladi. Abu Nasr Forobiyning adolatli jamiyat, olamning abadiyligi, vatanparvarlik haqidagi gʻoyalari, yosh avlodni vatanparvarlik, oʻz vataniga va xalqiga sidqi dildan hurmat ehtirom ruhida tarbiyalashda maʼnaviy ozuqa boʻlib xizmat qiladi.
Abu Rayhon Beruniy ilm fanning buyuk homiysi va muxlisi sifatida mamlakatimizning obodonchiligi, ilm-fanning gullab-yashnashi, odamning baxti, uning bilimi va maʼrifatida deb biladi. Uning yaratgan asarlarida har bir inson oʻz qalbining farmoyishiga koʻra xayr-ezgulikka intilishini taʼkidlaydi. Beruniy asarlarida ham mansublik masalasi oʻz ifodasini topgan. Beruniy qarashi boʻyicha, “har bir xalq qandaydir fan yoki tajribaning rivojlanganligi bilan farqlanadi” . U “Tarixul Hind”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kabi asarlarida boshqa xalqlar vakillarining u yoki bu ilmiy sohalardagi muvaffaqiyatlarini ochiq koʻngil bilan tahlil qiladi va boshqa millat, xalqlarni kamsitmaydigan fikrlar asosida ularning ham ongida oʻziga xos milliylik shakllanib borishini koʻrsatadi. Beruniy olgʻa surgan insonparvarlik gʻoyalari, maʼnaviy qadriyatlar xususidagi fikr oʻgitlari mustaqillik davrida yoshlarni barkamol inson etib tarbiyalashga xizmat qilmoqda.8
Buyuk qomusiy olim sifatida barcha hodisalarning mohiyatini ilmiy jihatdan ochib berishga harakat qilgan Sharq mutafakkirlaridan biri Abu Ali Ibn Sinodir. Uning pedagogik-psixologik qarashlari ilmiy asosda qurilgan boʻlib, u bola xarakteri va tasavvurlari tarbiyasida umuminsoniy gʻoyalar qoʻllanilishini yoqlab chiqqan va tarbiyachi, ota-onalarga uni qattiq tan jazosidan koʻra, shaxsiy ibrat orqali tarbiyalash maʼqulligini koʻrsatgan. Uning fikrcha, bolada mansublikning shakllanishi, avvalo, ota­onaning taʼsirida kechadi. Mutafakkirning “Donishnoma”, “Risolai ishq”, “Uy xoʻjaligi”, “Tib qonunlari” kabi qator asarlari Oʻrta Osiyo xalqlari odob-axloqi psixologiyasi va tabobat olamida alohida oʻrin tutgan yirik tadqiqotlardan hisoblanadi. Mutafakkirning mehnatsevarlik hissi borasidagi fikrlari ham diqqatga sazovordir. Jumladan, u har bir bolani biror hunarga oʻrgatmoq shart deydi. Yosh yigit biror hunarni oʻrgansa, uni hayotga tatbiq eta olsa va mustaqil hunar tufayli oilani taʼminlaydigan boʻlsagina, otasi uni uylantirib qoʻymogʻi lozim, deb hisoblaydi.9 Oʻspirin hunar egallashi bilan unda nafaqat axloqiy hislar, balki xarakterning irodaviy hislari ham tarkib topib, mustahkamlana boshlaydi. Hunar egallash orqali oʻspirinlarda sabr bardoshlilik, chidamlilik, mehnatsevarlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik, zukkolik kabi sifatlar vujudga keladi.
XI asrning buyuk mutafakkiri va shoiri Yusuf Xos Hojib oʻzining “Qutadgʻu bilik” asarida etika va hayotga oid qarashlarini bayon qiladi. U odamning Alloh tomonidan yaratilganligini hamda odamning dunyoga kelishi va uning kelajakda qanday odam boʻlib voyaga yetishishi, ajdodi va kelib chiqishiga, hayotda shugʻullanayotgan faoliyatiga, atrofga nisbatan munosabatiga bogʻliqligini aytib: “Kimning nasli otadan boshlab toza boʻlsa, undan elga yaxshilik, koʻp manfaatlar keladi”, deb hisoblaydi. Yusuf Xos Hojibning oʻqtirishicha, – “Har bir kishi jamiyatga munosib boʻlib kamol topmogʻi darkor. Buning uchun u tugʻilgan kunidan boshlab zarur tarbiyani olmogʻi lozim” – degan fikrni olgʻa suradi.
Bashariyat shoiri Jaloliddin Rumiy hazratlari ham inson oʻzini anglashi toʻgʻrisida qimmatli fikrlarni keltirib, quyidagilarni yozadi: “Sen hamma narsani unutishing mumkin, yolgʻiz bir narsani nechun dunyoga kelgansan, shuni unutmasang bas. Oʻzingni arzon sotmagaysan, illo bahoying baland”. Umumbashariy, maʼnaviy qadriyatlar qoldirgan allomalarimizning oʻgitlari, hikmatlari, pand-nasihatlari bugungi kunda yoshlarni maʼnan boy hamda oʻzligini anglashida juda qoʻl kelmoqda.
Ular umr boʻyi olam mohiyati, inson mohiyatini tadqiq etishga imkon beruvchi hikmatlar yaratgan, vatanparvarlikni, oʻz-oʻzini anglashni, el-yurtga sadoqatni va soflikni kuylaganlar.
Shunday qilib taʼkidlash kerakki, buyuk allomalarimiz ming yillar davomida inson shaxsini kamoloti asosida uni oʻz-oʻzini anglashini qoʻyganlar. Ular oldinga surgan vatanparvarlik, insonparvarlik gʻoyalari, maʼnaviy qadriyatlar toʻgʻrisidagi fikr, oʻgitlari mustaqillik davrida yoshlarni komilligini taʼminlashda katta oʻrin egallamoqda.



Download 398.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling