I bob iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyani yuzaga kelish shakllari va uni ijtimoiy iqtisodiy oqibatlarining nazariy asoslari
jadval. 2020 yilning 1-yarim yilligida real tarmoqda inflyatsiya
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Inflyasiyaga qarshi siyosat samaradorligini oshirishning jahon tajribasi
6 jadval. 2020 yilning 1-yarim yilligida real tarmoqda inflyatsiya
darajasining omilli tahlili. O`zbekistonda mavsumiy mahsulotlarga meva – sabzovot mahsulotlarini misol tariqasida keltirish mumkin. 2020 yilning 1 – yarim yilligida iste`mol sektorida narxlarning (-0,8%ga) pasayishi meva – sabzovot gruhida narxlarning (26,5%ga) pasayishi hisobiga ta`minlandi. Import tovarlari narxining oshishiga bojxona yg`imlari hisoblanadigan birjadan tashqari ayirboshlash kursining o`zgarishi ta`sir qildi. 2020yilning 1 – yarim yilligida birjadan tashqari ayirboshlash kursining deval`vatsiyasi 3,9% ni tashkil qildi. Iqtisodiy islohotlar dasturiga muvofiq uy – kommunal xo`jaligiga dotatsiyalar asta – sekin kamayib bordi. Bu esa o`z navbatida issiqlik energiyasiga tariflarning – 36,2% elektr energiyasiga – 26,8% va suv ta`minotiga – 17,0% ortishiga olib keldi. Umuman inflyatsiyaning past darajasiga bo`lishiga qat`iy pul – kredit va Davlat byudjetining profitsit bilan bajarilishi orqali erishildi. Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida soliq-byudjet va pul –kredit siyosatlarining faoliyat doiralarini belgilab olish juda muhim hisoblanadi. Xar qanday mamlakatning moliyaviy rejalari tarkibida byudjet birligi ahamiyatga ega bo`ladi. Byudjetning jamiyat va davlat hayotidagi bunday muhim o`rniga ega bo`lishi, byudjetga qonun miqiyosida mavjud bo`lishi zaruriyatini yaratadi. Aynan shu tufayli ham davlat byudjeti qonun chiqaruvchi organ tomonidan tasdiqlanadi. Xulosa qilib, shuni aytib o`tish mumkinki, yuqorida aks ettirilgan har bir mamlakat bozor iqtisodiyotiga o`tish rejimining turli fazalarida bo`lganlari uchun, mazkur davlatlardagi iste`mol va chakana narxlari orasidagi farqlar ichki va tashqi omillar ta`sirida juda o`zgaruvchandir. Xususan, o`n sakkizinchi satrda keltirilgan 58 Rossiyani oladigan bo`lsak, ushbu mamlakatda yillar o`rtasida iqtisodiyotda tovar va xizmatlarga narxlarning oshishi avvalambor, mamlaktdagi 1998-1999 yillardagi pul-kredit siyosati va moliya tizimi funktsiyalarining buzilishi omil sifatida namoyondir. Rossiya Federatsiyasida inflyatsiyaning kelib chiqish sabablari quyidagicha: ish xaqi o`sish jarayonida ishlab chiqarish xajmining sustlashishi; xalq xo`jaligi soxalarini monopalizatsiyalashuvi; pul massasi oborotining tezlashuvi; siyosiy nobarqarorlik; davlat byudjetining defitsit omili; Rossiyaning MDH davlatlari bilan o`zaro hisob-kitob tizimining sustligi; narxlarni tashkillashtirish bo`yicha strategiyalardagi xatoliklar; pul emissiyasi; nobarqaror milliy valyuta kursi. Mazkur omillarning barqarorligini ta`minlash esa, Rossiyadagi joriy xukumat dasturida muhim o`rinlarning birini olgan. Umuman olganda inflyatsiya darajasi yoki milliy pul birligining qadrsizlanishi, narxlarning o`sish bosqichlarida o`lchanadi. Narxlar o`zgarishi darajasini ikki ko`rsatkich farqlaydi: A) RRI (Producer Price Index) – ishlab chiqarishdagi narxlarning o`zgarish indeksi. Mazkur ko`rsatkich inflyatsiyaning birlamchi omili hisoblanadi. Chunki, ishlab chiqarishdagi narxlar iste`mol narxlariga qo`shiladi; B) CPI (Consumer Price Index) – iste`molchi narxlari indeksi. Mazkur ko`rsatkich inflyatsiya darajasini to`g`ridan-to`g`ri aks ettiradi. Mamlakat iqtisodiy ahvolini tanglik holiga olib keladi:ishlab chiqarish xajmi tushib ketadi, baholarning oshib borishi ishlab chiqarish istiqbollariga to`g`onoq bo`ladi; kapitalning asosiy qismi ishlab chiqarishdan savdo (muomala) sohasiga, vositachilik sohasiga oqib o`tadi. Chunki, ishlab chiqarishdan ko`ra savdo soxasidagi kapital tezroq va ko`proq foyda keltiradi; 59 baholarning o`zgarib turishi olib –sotarlikni rivojlantiradi, arzon vaqtida olib, qimmat bo`lganda sotish jarayoni, tovar zaxiralarini yashirish jarayonlari avj oladi; kredit berish jarayonlari cheklangan bo`ladi, qarz oluvchilar ko`payadi-yu, qarz beruvchilar soni qisqaradi, chunki qarz bergan yutqazishi mumkin;davlatning moliya resurslari qadirsizlanadi va hokazo. InflInfyatsiyaga qarshi siyosatning shakl va usullari. Inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda sotsial va iqtisodiy jihatdan qaramaqarishliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun, davlat iflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari: pul islohati va inflyatsiyaga qarshi siyosat hisoblanadi. Pul islohati deb, muomalasini barqarorlashtirish maqsadida davlat tomonidan pul tizimini o`zgartirishga aytiladi. Jahon amaliyotida pul islohati metall pul muomalasi davrida, ikkinchi jahon urushidan keyin – oltin deviz, oltin dollar muomalasi davrida o`tkazildi. Reval`vatsiya – bu pul birligining oltin qiymatini tiklashdan iborat. Deval`vatsiya – milliy valyuta kursining chet el valyutasiga nisbatan tushishidir. Pul birligining oltin miqdori belgilangan sharoitda deval`vatsiya pulning oltin miqdorining tushib ketishini anglatgan. Denominatsiya – baholar masshtabini yiriklashtirish, ya`ni pul birligidagi «0» larni qisqartirishdan, pul birligida ko`rsatilgan naminalni kamaytirishdan iborat. Agar inflyatsiya sur`atlari yuqori bo`lsa, denaminatsiya o`tkazish hech qanday samara bermasligi mumkin. Faqat pul islohatini o`tkazish yo`li bilangina pul tizimini barqarorlashtirish mumkin bo`ladi. Pul islohatini o`tkazish quyidagi yo`llar bilan amalga oshirilishi mumkin: - Muomaladagi pul massasini kamaytirish maqsadida, deflyatsiya kursi bo`yicha eski pullarni yangi pullarga almashtirish; - Aholi va korxonalarning banklardagi jamg`armalarini vaqtincha (to`liq yoki qisman) harakatsiz ushlab turish (qotirib qo`yish); 60 - Ikkala usulni birgalikda qo`llash yo`li orqali pul islohatini o`tkazish: mazkur usul xalqaro amaliyotda «shok yo`li bilan davolash» nomi bilan mashhurdir. Quyidagi to`rtta davlatda (O`zbekiston, Xitoy, Rossiya, AQSh) kuzatilayotgan inflyatsiya jarayonlari, ta`sir etuvchi omillar va albatta, inflyatsiyaga qarshi -kurash siyosatlari keltiriladi: O`zbekiston Respublikasida inflyatsiya – bu nafaqat moliyaviy holatga salbiy ta`sir etuvchi jarayonlardan biri, balki butun jamiyatning iqtisodiy tizimiga shikast etkazuvchi omildir. Dunyoning har bir mamlakatida inflyatsiya u yoki bu shaklda mavjud bo`ladi. Bozor iqtisodiyotiga o`tuvchi deyarli barcha davlatlarda oxirgi 10 yillikda ishlab chiqarish xajmi sur`atlarining pasayishi, narxlarning o`sishi bilan kuzatilgan. O`zbekiston ham mazkur jarayonlardan istisno bo`lmadi. Mamlakatda kuzatilayotgan inflyatsiya aholi omonatlarining qadrsizlanishiga, real daromadlarning pasayishiga, ishlab chiqaruvchilarda sifatli maxsulotlarni chiqarishga qiziqishlarini pasayishiga olib keldi. Inflyatsiyaning eng achinarli natijalaridan biri – bu investorlarning ertangi kunga ishonchining yo`qolishidir. Bu va boshqa inflyatsiyaviy natijalar iqtisodiy nobarqarorlikni shakllantiradilar. Inflyatsiyani ushlab turish uchun, eng avvalo, uning iqtisodiyot uchun naqadar muhimligini, mexanizm va omillarning harakatga keltirishlarini anglash lozim. Soliq siyosatining inflyatsiyaga real ta`siri. Bozor iqtisodiyoti sharoitida inflyatsiya mavjudligi tabiyi bo`lgani kabi, mamlakatning «soliq infratuzilmasi»da ham inflyatsiyaning qay darajada bo`lishi olib borilayotgan chora-tadbirlarga bog`liqdir. Xususan, O`zbekiston Respubliksi xukumati tomonidan tayinlangan ma`sul muassasalar (O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bank, O`zbekiston Respublikasi Soliq Qo`mitasi) tomonidan olib borilayotgan barcha iqti o`sish choralari «soliq inflyatsiya» siga qarshi olib borilmoqda. Sababi shundaki, «soliq inflyatsiya»sining dinamik pasayishi sodir bo`lganda quyidagi o`zgarishlar kuzatiladi: Ishlab chiqarish samaradorligi barqarorlashadi, real daromadlar ko`payadi. Demak, soliq to`lovchi xo`jalik yurituvchi sub`eklar xam ko’payadi; 61 xukumat tomonidan byudjetdan ajratiladigan loyihalarni moliyalashtirish bo`yicha investitsiyalar iqtisod qilinib, ularni real va effektiv moliyalashtirish uchun xususiy sektor jalb etiladi; Umuman olganda, mamlakatda barcha tovar va xizmat belgilangan yuqori soliq bojxona stavkalari iste`mol va noiste`mol tovar va xizmatlarga belgilangan baholarning o`sishiga olib keladi. Xususan, 2014 yil 11 iyulda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va 2014 yil 17 iyulda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qaroriga muvofiq import tovarlariga belgilangan bojlar turli pozitsiyalarga muvofiq oshiriladi. Xukumat tomonidan olib borilgan, mazkur chora-tadbirlar maxalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida amalga oshiriladi. O`zbekistonda inflyatsiya pasaymoqda. 2015 yildan boshlab, UzA.Uz tarqatgan ma`lumotlarga ko`ra, O`zbekistonda inflyatsiya darajasining keskin pasayishi kuzatilmoqda. Bu mutanosib pul-kredit, soliq-byudjet siyosati va iqtisodiyotida ro`y berayotgan tarkibiy o`zgarishlar natijasidir. O`tgan yildan boshlab, davlat byudjeti taqchilligini Markaziy bank kreditlari hisobidan moliyalashning to`xtatilishi ham bu borada muhim omil bo`ldi. Mazkur holat avvalgi yillarda O`zbekistonda inflyatsiyaning asosiy manbalaridan biri bo`lib kelgan edi. 2015 yilda narxlarning o`sish sur`ati 3,8 % ni tashkil etdi, 2014 yilda bu ko`rsatkich 21,6 % bo`lgan edi. Bu an`ana 2016 yilda ham davom etmoqda. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi davlat Statistika Qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 300 nomdagi tovar va xizmatdan iborat iste`mol ehtiyojlari bo`yicha hisoblangan inflyatsiya darajasi butun mamlakat bo`yicha yanvar` –fevralda 0,9 % ni tashkil etadi. Vaholanki, 2015 yilning shu davrida bu ko`rsatkich 4 % ni tashkil etgan edi. Bunga misol tariqasida, O`zbekiston respublikasida xo`jalik yurituvchi sub`ekt sifatida faoliyat ko`rsatayotgan «Paxta Bank»ni keltirishimiz mumkin. Ushbu bank, O`zbekiston xukumati tomonidan tayinlangan ma`sul muassasa Markaziy Bankning belgilab bergan barcha me`yoriy xujjatlari asosida har yili navbatdagi davrga rejalashtirilgan strategiyalar asosida pul-kredit siyosatini ishlab chiqadi. Professional moxirlik bilan ishlab chiqilgan ushbu bankning siyosati uning 62 barqarorligi garovi bo`lib hisoblanadi. Chunki, mamlakatda mavjud inflyatsiya o`sish va milliy valyuta kursining qadrsizlanishi imtiyozli kreditlarning risk darajalarini kuchaytirib yuboradi. «G`alla Bank»da kredit ajratish uchun tashkil etilgan rezerv fondlarning katta qismi milliy valyutada bo`lib mazkur bank mijozlari orasidagi import va eksport operatsiyalarini forvard kurslariga tayangan holda ish yuritishlariga tavsiya etadi.. «Paxta Bank»dagi moliyaviy barqarorlik koeffitsenti va mavjud moliyaviy rezervi tashkil etuvchi pul massasi orasidagi mutanosiblik bir-biriga uzviy bog`liqdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling