I bob iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyani yuzaga kelish shakllari va uni ijtimoiy iqtisodiy oqibatlarining nazariy asoslari


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/24
Sana19.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1364996
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
Inflyasiyaga qarshi siyosat samaradorligini oshirishning jahon tajribasi

Valyuta siyosati. 2020yilda O`zbekiston Respublikasi xukumati va Markaziy 
banki tomonidan tasdiqlangan «Milliy valyutaning joriy xalqaro operatsiyalar 
bo`yicha konvertatsiya qilinishini ta`minlashga doir harakat rejasi» ni ijro etish 
maqsadida birjadan tashqari valyuta bozori, naqd valyuta bozoridagi operatsiyalar, 
shuningdek, tashqi savdo operatsiyalari bo`yicha hisob kitoblarni amalga 
oshirishdagi mavjud ayrim cheklovlarni bekor qilish yuzasidan tegishli me`yoriy 
hujjatlar qabul qilindi. Xususan, birjadan tashqari valyuta bozoridagi operatsiyalar 
bo`yicha:
- savdo vositachilik tashkilotlari tomonidan chet el valyutasini xarid qilishni, 
shuningdek, xo`jalik yurituvchi sub`ektlarda byudjet oldida qarzdorlik yoki 


39 
o`zlarining bo`sh valyuta mablag`lari mavjud bo`lgan taqdirda ularning chet el 
valyutasini xarid qilishlarini taqiqlovchi talablar bekor qilindi;
- qarz mablag`lari hisobiga chet el valyutasini xarid qilishga ruxsat etildi;
- birjadan tashqari valyuta bozorida so`m mablag`larini konvertatsiya qilish 
uchun xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan vakolatli banklarga taqdim 
etiladigan hujjatlar ruyxati keskin qisqartirildi;
- korxonalarning so`mdagi mablag`larini chet el valyutasiga konvertatsiya 
qilish tartibini soddalashtirish bilan bir qatorda ularning so`mdagi mablag`larini 
konvertatsiya qilish uchun buyurtmalarni ko`rib chiqish muddati bir haftadan 3 
kungacha qisqartirildi;
- ichki valyuta bozorida ayirboshlash kurslarini birxillashtirish to`liq 
yakunlavdi va hozirgi paytda barcha operatsiyalar banklararo savdo sessiyalarida 
belgilanadigan kurs asosida amalga oshirilmoqda.
Naqd valyuta bozoridagi operatsiyalar bo`yicha:
-vakolatli
banklarning ayirboshlash
shoxobchalari
orqali 
jismoniy shaxslarga naqd chet el valyutasi hamda yo`l cheklarini sotish 
muddati va miqdori yuzasidan o`rnatilgan cheklovlar bekor qilindi;
Tashqi savdo operatsiyalari bo`yicha hisob kitoblarni amalga oshirish 
borasida:
- import shartnomalari bo`yicha oldindan to`lovni amalga oshirishga doir 
cheklovlar, shuningdek, chet el banki kafolatnomasini talab qilish va avans to`lovi 
summasiga teng miqdordagi mablag`ni milliy valyutada band qilib qo`yish 
haqidagi talablar;
- ko`rsatilgan xizmatlar uchun offshor xududlarga avans to`lovlari yoki 
to`lovlarni amalga oshirishga oid cheklovlar;
- import shartnomalari bo`yicha uchunchi shaxs – norezidentlar foydasiga 
to`lovlarni amalga oshirishni taqiqlovchi cheklovlar hamda chet el kreditlarini jalb 
qilish munosabati bilan foiz va boshqa to`lovlar miqdori bo`yicha cheklovlar;
- nosavdo to`lov va o`tkazmalarni amalga oshirish bilan bog`liq cheklovlar;


40 
MDH davlatlari xo`jalik sub`ektlari bilan hisob kitoblarni faqat kliring 
asosida yoki erkin ayirboshlanadigan valyutada amalga oshirish haqidagi talablar 
bekor qilindi.
Bundan tashqari, import shartnomalarini Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida 
oldindan ruyxatga olish tartibi bekor qilindi va o`ning o`rniga import 
shartnomalarining bojxona monitoringi tizimi joriy etildi.
Valyuta bozorini erkinlashtirish borasidagi amalga oshirilayotgan chora 
tadbirlar doirasida ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
2015 yil 11 dekabrdagi o`n uchunchi sessiyasida yangi tahrirdagi «Valyutani 
tartibga solish to`g`risida» gi Qonun qabul qilindi.
O`zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro Valyuta Fondi o`rtasidagi samarali 
hamkorlik xarakat rejasida ko`zda tutilgan barcha chora tadbirlarnin muddatidan 
oldin bajarilishiga olib keldi. Valyutani tartibga solish tizimini o`zgartirish borasida 
ko`rilgan chora tadbirlar O`zbekiston Respublikasiga2018 yil 15 oktyabrdan 
boshlab, Xalqaro Valyuta Fondi Bitimi Moddalari VIII moddasining 2 (a), 3 va 4 
bo`limlarida ko`zda tutilgan majburiyatlar, ya`ni milliy valyutaning joriy xalqaro 
operatsiyalar bo`yicha erkin


41 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling