38
Pul massasini tartibga solishning yangi vositalaridan
keng foydalanish
monetar omillarning inflyatsiya jarayonlariga ta`sirini to`liq bartaraf etish imkonini
berdi.
To`lov balansi va monetar siyosatning asosiy ko`rsatkichlari hamda
ularni baholash
2020 yilda tashqi iqtisodiy faoliyatning tezkor sur`atlar bilan rivojlanishi
kuzatildi. Chunonchi, mamlakatimizning yillik tashqi savdo aylanmasi 2019
yilga
nisbatan 17,3 foizga, shu jumladan, eksport 24,6 foizga oshdi.
Tovarlar va xizmatlar eksportining importga nisbatan yuqori sur`atlar bilan
o`sishi natijasida eksport hajmi 3725,0 mln. AQSh dollarini, import hajmi 2964,2
mln. AQSh dollarini tashkil etdi hamda savdo balansining ijobiy qoldig`i 760,8
mln. AQSh dollariga teng bo`ldi.
To`lov balansidagi joriy operatsiyalar hisob raqamlari qoldig`ining o`tgan
yillarga nisbatan o`sib borishi kuzatilmoqda. Agar ushbu ko`rsatkich 2019
yilda
salbiy bo`lib, YaIM ga nisbatan 1,1 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2019 yilda uning
ijobiy qoldig`i 2,3 foizga, 2020yilda esa 3,4 foizga teng bo`ldi.
2019 yildan boshlab asosiy xom ashyo tovarlari, shu jumladan, qimmatbaho
metallar va paxta tolasi narxlarining barqaror o`sishi kuzatilmoqda, bu esa to`lov
balansini sezilarli darajada yaxshilash va oltin valyuta zaxiralarini ko`paytirish
imkonini bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: