I bob iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyani yuzaga kelish shakllari va uni ijtimoiy iqtisodiy oqibatlarining nazariy asoslari


 jadval. 2020 yilning 1-yarim yilligida real tarmoqda inflyatsiya


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/24
Sana19.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1364996
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Inflyasiyaga qarshi siyosat samaradorligini oshirishning jahon tajribasi

6 jadval. 2020 yilning 1-yarim yilligida real tarmoqda inflyatsiya 
darajasining omilli tahlili. 
O`zbekistonda mavsumiy mahsulotlarga meva – sabzovot mahsulotlarini 
misol tariqasida keltirish mumkin.
2020 yilning 1 – yarim yilligida iste`mol sektorida narxlarning (-0,8%ga) 
pasayishi meva – sabzovot gruhida narxlarning (26,5%ga) pasayishi hisobiga 
ta`minlandi.
Import tovarlari narxining oshishiga bojxona yg`imlari hisoblanadigan 
birjadan tashqari ayirboshlash kursining o`zgarishi ta`sir qildi. 2020yilning 1 – 
yarim yilligida birjadan tashqari ayirboshlash kursining deval`vatsiyasi 3,9% ni 
tashkil qildi.
Iqtisodiy islohotlar dasturiga muvofiq uy – kommunal xo`jaligiga dotatsiyalar 
asta – sekin kamayib bordi. Bu esa o`z navbatida issiqlik energiyasiga tariflarning 
– 36,2% elektr energiyasiga – 26,8% va suv ta`minotiga – 17,0% ortishiga olib 
keldi.
Umuman inflyatsiyaning past darajasiga bo`lishiga qat`iy pul – kredit va 
Davlat byudjetining profitsit bilan bajarilishi orqali erishildi.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida soliq-byudjet va pul –kredit 
siyosatlarining faoliyat doiralarini belgilab olish juda muhim hisoblanadi. Xar 
qanday mamlakatning moliyaviy rejalari tarkibida byudjet birligi ahamiyatga 
ega bo`ladi. Byudjetning jamiyat va davlat hayotidagi bunday muhim o`rniga 
ega bo`lishi, byudjetga qonun miqiyosida mavjud bo`lishi zaruriyatini yaratadi. 
Aynan shu tufayli ham davlat byudjeti qonun chiqaruvchi organ tomonidan
tasdiqlanadi.
Xulosa qilib, shuni aytib o`tish mumkinki, yuqorida aks ettirilgan har bir 
mamlakat bozor iqtisodiyotiga o`tish rejimining turli fazalarida bo`lganlari uchun, 
mazkur davlatlardagi iste`mol va chakana narxlari orasidagi farqlar ichki va tashqi 
omillar ta`sirida juda o`zgaruvchandir. Xususan, o`n sakkizinchi satrda keltirilgan 


58 
Rossiyani oladigan bo`lsak, ushbu mamlakatda yillar o`rtasida iqtisodiyotda tovar 
va xizmatlarga narxlarning oshishi avvalambor, mamlaktdagi 1998-1999 yillardagi 
pul-kredit siyosati va moliya tizimi funktsiyalarining buzilishi omil sifatida 
namoyondir. Rossiya Federatsiyasida inflyatsiyaning kelib chiqish sabablari 
quyidagicha:
ish xaqi o`sish jarayonida ishlab chiqarish xajmining sustlashishi;
xalq xo`jaligi soxalarini monopalizatsiyalashuvi;
pul massasi oborotining tezlashuvi;
siyosiy nobarqarorlik;
davlat byudjetining defitsit omili;
Rossiyaning MDH davlatlari bilan o`zaro hisob-kitob tizimining sustligi;
narxlarni tashkillashtirish bo`yicha strategiyalardagi xatoliklar;
pul emissiyasi; nobarqaror milliy valyuta kursi. 
Mazkur omillarning barqarorligini ta`minlash esa, Rossiyadagi joriy 
xukumat dasturida muhim o`rinlarning birini olgan. Umuman olganda inflyatsiya 
darajasi yoki milliy pul birligining qadrsizlanishi, narxlarning o`sish bosqichlarida 
o`lchanadi. Narxlar o`zgarishi darajasini ikki ko`rsatkich farqlaydi:
A) 
RRI (Producer Price Index) – ishlab chiqarishdagi narxlarning 
o`zgarish indeksi. Mazkur ko`rsatkich inflyatsiyaning birlamchi omili hisoblanadi. 
Chunki, ishlab chiqarishdagi narxlar iste`mol narxlariga qo`shiladi;
B) 
CPI (Consumer Price Index) – iste`molchi narxlari indeksi. Mazkur
ko`rsatkich inflyatsiya darajasini to`g`ridan-to`g`ri aks ettiradi.
Mamlakat iqtisodiy ahvolini tanglik holiga olib keladi:ishlab chiqarish 
xajmi tushib ketadi, baholarning oshib borishi ishlab chiqarish istiqbollariga 
to`g`onoq bo`ladi;

kapitalning asosiy qismi ishlab chiqarishdan savdo (muomala) sohasiga, 
vositachilik sohasiga oqib o`tadi. Chunki, ishlab chiqarishdan ko`ra savdo 
soxasidagi kapital tezroq va ko`proq foyda keltiradi;


59 

baholarning o`zgarib turishi olib –sotarlikni rivojlantiradi, arzon vaqtida 
olib, qimmat bo`lganda sotish jarayoni, tovar zaxiralarini yashirish jarayonlari avj 
oladi;
kredit berish jarayonlari cheklangan bo`ladi, qarz oluvchilar ko`payadi-yu, 
qarz 
beruvchilar 
soni 
qisqaradi, 
chunki 
qarz 
bergan 
yutqazishi 
mumkin;davlatning moliya resurslari qadirsizlanadi va hokazo.
InflInfyatsiyaga qarshi siyosatning shakl va usullari. Inflyatsiyaning har 
tomonlama avj olib ketishi mamlakatda sotsial va iqtisodiy jihatdan 
qaramaqarishliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun, davlat 
iflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora-tadbirlarini 
ishlab chiqadi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari: pul islohati va 
inflyatsiyaga qarshi siyosat hisoblanadi. Pul islohati deb, muomalasini 
barqarorlashtirish maqsadida davlat tomonidan pul tizimini o`zgartirishga aytiladi. 
Jahon amaliyotida pul islohati metall pul muomalasi davrida, ikkinchi jahon 
urushidan keyin – oltin deviz, oltin dollar muomalasi davrida o`tkazildi.
Reval`vatsiya – bu pul birligining oltin qiymatini tiklashdan iborat.
Deval`vatsiya – milliy valyuta kursining chet el valyutasiga nisbatan 
tushishidir. Pul birligining oltin miqdori belgilangan sharoitda deval`vatsiya 
pulning oltin miqdorining tushib ketishini anglatgan.
Denominatsiya – baholar masshtabini yiriklashtirish, ya`ni pul birligidagi «0» 
larni qisqartirishdan, pul birligida ko`rsatilgan naminalni kamaytirishdan iborat. 
Agar inflyatsiya sur`atlari yuqori bo`lsa, denaminatsiya o`tkazish hech qanday 
samara bermasligi mumkin. Faqat pul islohatini o`tkazish yo`li bilangina pul 
tizimini barqarorlashtirish mumkin bo`ladi. Pul islohatini o`tkazish quyidagi yo`llar 
bilan amalga oshirilishi mumkin:
- Muomaladagi pul massasini kamaytirish maqsadida, deflyatsiya kursi 
bo`yicha eski pullarni yangi pullarga almashtirish;
- Aholi va korxonalarning banklardagi jamg`armalarini vaqtincha (to`liq yoki 
qisman) harakatsiz ushlab turish (qotirib qo`yish);


60 
- Ikkala usulni birgalikda qo`llash yo`li orqali pul islohatini o`tkazish: mazkur 
usul xalqaro amaliyotda «shok yo`li bilan davolash» nomi bilan mashhurdir. 
Quyidagi to`rtta davlatda (O`zbekiston, Xitoy, Rossiya, AQSh) kuzatilayotgan 
inflyatsiya jarayonlari, ta`sir etuvchi omillar va albatta, inflyatsiyaga qarshi -kurash 
siyosatlari keltiriladi:
O`zbekiston Respublikasida inflyatsiya – bu nafaqat moliyaviy holatga salbiy 
ta`sir etuvchi jarayonlardan biri, balki butun jamiyatning iqtisodiy tizimiga shikast 
etkazuvchi omildir. Dunyoning har bir mamlakatida inflyatsiya u yoki bu shaklda 
mavjud bo`ladi. Bozor iqtisodiyotiga o`tuvchi deyarli barcha davlatlarda oxirgi 10 
yillikda ishlab chiqarish xajmi sur`atlarining pasayishi, narxlarning o`sishi bilan 
kuzatilgan. O`zbekiston ham mazkur jarayonlardan istisno bo`lmadi. Mamlakatda 
kuzatilayotgan 
inflyatsiya 
aholi 
omonatlarining 
qadrsizlanishiga, 
real 
daromadlarning pasayishiga, ishlab chiqaruvchilarda sifatli maxsulotlarni 
chiqarishga qiziqishlarini pasayishiga olib keldi. Inflyatsiyaning eng achinarli 
natijalaridan biri – bu investorlarning ertangi kunga ishonchining yo`qolishidir. Bu 
va boshqa inflyatsiyaviy natijalar iqtisodiy nobarqarorlikni shakllantiradilar. 
Inflyatsiyani ushlab turish uchun, eng avvalo, uning iqtisodiyot uchun naqadar 
muhimligini, mexanizm va omillarning harakatga keltirishlarini anglash lozim. 
Soliq siyosatining inflyatsiyaga real ta`siri. Bozor iqtisodiyoti sharoitida inflyatsiya 
mavjudligi tabiyi bo`lgani kabi, mamlakatning «soliq infratuzilmasi»da ham 
inflyatsiyaning qay darajada bo`lishi olib borilayotgan chora-tadbirlarga bog`liqdir. 
Xususan, O`zbekiston Respubliksi xukumati tomonidan tayinlangan ma`sul
muassasalar (O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, O`zbekiston 
Respublikasi Markaziy Bank, O`zbekiston Respublikasi Soliq Qo`mitasi) 
tomonidan olib borilayotgan barcha iqti o`sish choralari «soliq inflyatsiya» siga 
qarshi olib borilmoqda. Sababi shundaki, «soliq inflyatsiya»sining dinamik 
pasayishi sodir bo`lganda quyidagi o`zgarishlar kuzatiladi:
Ishlab chiqarish samaradorligi barqarorlashadi, real daromadlar ko`payadi.
Demak, soliq to`lovchi xo`jalik yurituvchi sub`eklar xam ko’payadi; 


61 

xukumat tomonidan byudjetdan ajratiladigan loyihalarni moliyalashtirish 
bo`yicha investitsiyalar iqtisod qilinib, ularni real va effektiv moliyalashtirish 
uchun xususiy sektor jalb etiladi;  
Umuman olganda, mamlakatda barcha tovar va xizmat belgilangan yuqori 
soliq bojxona stavkalari iste`mol va noiste`mol tovar va xizmatlarga belgilangan 
baholarning o`sishiga olib keladi. Xususan, 2014 yil 11 iyulda O`zbekiston 
Respublikasi Prezidentining Farmoni va 2014 yil 17 iyulda O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qaroriga muvofiq import tovarlariga belgilangan 
bojlar turli pozitsiyalarga muvofiq oshiriladi.
Xukumat tomonidan olib borilgan, mazkur chora-tadbirlar maxalliy ishlab 
chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida amalga oshiriladi.
O`zbekistonda inflyatsiya pasaymoqda. 2015 yildan boshlab, UzA.Uz 
tarqatgan ma`lumotlarga ko`ra, O`zbekistonda inflyatsiya darajasining keskin 
pasayishi kuzatilmoqda. Bu mutanosib pul-kredit, soliq-byudjet siyosati va 
iqtisodiyotida ro`y berayotgan tarkibiy o`zgarishlar natijasidir. O`tgan yildan 
boshlab, davlat byudjeti taqchilligini Markaziy bank kreditlari hisobidan 
moliyalashning to`xtatilishi ham bu borada muhim omil bo`ldi. Mazkur holat 
avvalgi yillarda O`zbekistonda inflyatsiyaning asosiy manbalaridan biri bo`lib 
kelgan edi. 2015 yilda narxlarning o`sish sur`ati 3,8 % ni tashkil etdi, 2014 yilda bu 
ko`rsatkich 21,6 % bo`lgan edi. Bu an`ana 2016 yilda ham davom etmoqda. 
Jumladan, O`zbekiston Respublikasi davlat Statistika Qo`mitasi ma`lumotlariga 
ko`ra, 300 nomdagi tovar va xizmatdan iborat iste`mol ehtiyojlari bo`yicha 
hisoblangan inflyatsiya darajasi butun mamlakat bo`yicha yanvar` –fevralda 0,9 % 
ni tashkil etadi. Vaholanki, 2015 yilning shu davrida bu ko`rsatkich 4 % ni tashkil 
etgan edi. Bunga misol tariqasida, O`zbekiston respublikasida xo`jalik yurituvchi 
sub`ekt sifatida faoliyat ko`rsatayotgan «Paxta Bank»ni keltirishimiz mumkin. 
Ushbu bank, O`zbekiston xukumati tomonidan tayinlangan ma`sul muassasa 
Markaziy Bankning belgilab bergan barcha me`yoriy xujjatlari asosida har yili 
navbatdagi davrga rejalashtirilgan strategiyalar asosida pul-kredit siyosatini ishlab 
chiqadi. Professional moxirlik bilan ishlab chiqilgan ushbu bankning siyosati uning 


62 
barqarorligi garovi bo`lib hisoblanadi. Chunki, mamlakatda mavjud inflyatsiya 
o`sish va milliy valyuta kursining qadrsizlanishi imtiyozli kreditlarning risk 
darajalarini kuchaytirib yuboradi. «G`alla Bank»da kredit ajratish uchun tashkil 
etilgan rezerv fondlarning katta qismi milliy valyutada bo`lib mazkur bank 
mijozlari orasidagi import va eksport operatsiyalarini forvard kurslariga tayangan 
holda ish yuritishlariga tavsiya etadi.. «Paxta Bank»dagi moliyaviy barqarorlik 
koeffitsenti va mavjud moliyaviy rezervi tashkil etuvchi pul massasi orasidagi 
mutanosiblik bir-biriga uzviy bog`liqdir.


63 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling