I bob iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyani yuzaga kelish shakllari va uni ijtimoiy iqtisodiy oqibatlarining nazariy asoslari
Iqtisodiyotni barqarorlashtirishda pul - kredit inflyatsiyasining
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Inflyasiyaga qarshi siyosat samaradorligini oshirishning jahon tajribasi
3.2 Iqtisodiyotni barqarorlashtirishda pul - kredit inflyatsiyasining
o`ziga xos xususiyatlari O`zbekiston Respublikasida milliy valyutani to`lov balansining joriy operatsiyalarga bo`lishi bo`yicha xorijiy valyutalarga erkin almashtirishni joriy qilinganligi milliy valyutaning almashuv kursidan pul siyosatining indikatori sifatida foydalanish imkonini beradi. Bizning fikrimizcha, Respublika markaziy bankining so`mning almashuv kursiga bevosita ta`sir etishi imkonining mavjudligiga va bundan buyon kurs siyosatini bozor tamoyillari asosida amalga oshirilishi almashuv kursidan monetor indikator sifatida foydalanishning maqsadga muvofiqligini belgilaydi. Inflyatsiya darajasidan maqsadli ko`rsatkich sifatida foydalanish amaliyotda mavjud bo`lgan xodisalardan biridir. Masalan: Kanada, Yangi Zellandiya, Avstraliya, Finlyandiya, Ispaniya davlatlarida inflyatsiyadan oraliq nishon sifatida foydalaniladi. Bunda mamlakatlarning o`zaro farq qiladigan jihati shundaki, birinchidan, ayrim mamlakatlar inflyatsiyadan qisqa muddatli vaqt oraliqlarida, ayrimlari esa uzoq muddat mobaynida maqsadli ko`rsatkich sifatidan foydalaniladi; ikkinchidan, ayrim davlatlar darajasini olishdi, ayrimlari esa, ma`lum yo`lakcha shaklida inflyatsiyadan maqsadli ko`rsatkich sifatida foydalanish. Empirk izlanishlar natijasi shuni ko`rsatadiki, inflyatsiyadan maqsadli ko`rsatkich sifatida foydalanilgan davlatlarining sezilarli qismda bu ko`rsatkich 52 inflyatsiya sur`atlarini pasaytirishni rag`batlantirish maqsadida qo`llaniladi. Aynan, kanada va Yangi Zelandiyada inflyatsiya ko`rsatkichidan ana shu maqsadda foydalanishdi va belgilangan ko`rsatkichga erishish maqsadida Kanadada bir yarim yil, Yangi Zelandiyada esa bir yil muddat belgilab olindi. Har ikkala mamlakatda belgilangan muddat mobaynida inflyatsiyaning belgilangan darajasiga erishildi. Fikrimizcha, inflyatsiyadan maqsadli ko`rsatkich sifatida foydalanish uchun asosan ikki shart – sharoit mavjud bo`lishi lozim. Birinchidan, soliq – byudjet siyosati pul – kredit siyosatiga ustun darajada ta`sir ko`rsatmasligi lozim. Ikkinchidan, Markaziy bank almashuv kursi yoki pul massasining o`sishi ko`rsatkichdan asosiy indikator sifatida foydalanmasligi lozim. Ayniqsa, milliy valyutaning almashuv kursi va inflyatsiya ko`rsatkich indikator sifatida bir – birini inkor qiluvchi kotegoriyalardir. O`zbekiston Respublikasida milliy iqtisodiyot rivojlantirishning hozirgi holatida inflyatsiyadan maqsadli ko`rsatkich sifatida foydalanish uchun etarli shart – sharoit mavjud emas ya`ni, birinchidan, Markaziy bank kreditlaridan hukumat xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida faol tarzda foydalanmoqda; ikkinchidan, mamlakat iste`mol bozorida asosiy tovar pozitsiyalari bo`yicha baholarning sezilarli tarzda o`sishi kuzatilmoqda. Ushbu holatlar Markaziy bankka inflyatsiyani belgilangan darajasiga erishish imkonini bermaydi. Iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirishning ustuvor vazifalari iqtisodiyotni erkinlashtirish, davlat boshqaruvchilik funktsiyasini qisqartirish va uning iqtisodiyotga aralashuvini cheklashdan iborat. Shu bilan birgalikda malmakatda ishlab chiqarishni shakllantirish va rivojlantirish, byudjet - soliq siyosati yaxlitligini ta`minlash, byuddjet taqchilligini tartibga solish kabi vazifalarni amalga oshirish uchun,avvalo, pul - kredit siyosatini to`g`ri, oqilona ishlab chiqarish va massasining o`sishi, milliy valyutaning almashuv kursi, inflyatsiya darajasi ko`rsatkichlardan faol tarzda foydalanilmoqda. M.Fridmen, M.Shvarts kabi monetarizining taniqli namoyondalari monetor indiktor sifatida pul massaning o`sish ko`rsatkichidan foydalanishni tashkil qilganlar. 53 Bozor munosabatlariga o`tayotgan davlatlar, shu jumladan, Markaziy va Sharqiy evropa davlatlarida orqali nishon sifatida milliy valyutaning almashuv kursi ko`rsatkichlardan pul siyosatining indikatori sifatida foydalanish hollari bir necha bor kuzatiladi. Milliy valyutaning almashuv kursidan indikator sifatida foydalanishning afzalligini isbotlovchi muhim dalillardan biri shundaki, iqtisodiy islohatlarning boshlanishi davrlarda pullarga bo`lgan talabning nihoyatda nobarqarorligi pul massasi, inflyatsiya kabi kategoriyalardan maqsadli ko`rsatkich sifatida foydalanish imkonini bermaydi. Yillar Iste`mol baholar indeksi (IBI), jamlangan Oziq-ovqat tovarlari Nooziq-ovqat tovarlari Xizmatlar 1998 249,5 252,7 185,0 465,2 1999 54,0 99,3 31,9 100,9 2000 58,8 55,2 65,1 71,4 2013 17,9 12,6 18,8 52,6 2014 29,1 25,6 33,7 43,8 2015 24,9 18,9 36,6 47,1 2016 27,4 27,9 21,1 36,9 2017 27,6 28,0 19,3 41,3 2018 10,3 5,4 13,9 30,9 2019 12,4 8,5 15,6 30,1 2020 0,7 -6,4 7,2 26,6 Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling