I bob iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyani yuzaga kelish shakllari va uni ijtimoiy iqtisodiy oqibatlarining nazariy asoslari


III BOB DAVLAT MOLIYASINI BAQUVVATLASHTIRISHDA


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/24
Sana19.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1364996
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
Inflyasiyaga qarshi siyosat samaradorligini oshirishning jahon tajribasi

III BOB DAVLAT MOLIYASINI BAQUVVATLASHTIRISHDA 
INFLYATSIYANI KAMAYTTIRISH SHAKLLARI 
3.1.O`zbekiston respublikasining moliya siyosatini takomillashtirishdagi 
inflyatsiyaga qarshi istiqbollari 
 Bizning respublikada kredit va valyuta mablag`lari isrof qilib borilayotgani 
yo`q. Balki, ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirishga sarflanmoqda. Asosan, 
ishlab chiqarish ahamiyatiga molik bo`lgan ob`ektlar qurilishi hajmi keskin 
kengayib borayotganligi fikrimizni tasdikdaydi. Moliyaviy resurslar etishmayotgan 
sharoitda iqtisodiy o`sishni qisqa muddatlarda ta`minlash oson vazifa emas. Bu 
vazifa moliyaviy, shu jumladan, valyuta mablag`laridan foydalanishga okilona 
yondashishni talab etadi. Buning uchun pulning iktisodiyot tarkibini yangilash 
jarayoniga ta`sir kiladigan, binobarin, islohotlar muvaffakiyatini ta`minlaydigan 
ishlab chiqarish sohalariga sarflamoq kerak. Bu o`rinda Markaziy bank mablag`lari 
bir erga jamlanib, tijorat banklari tomonidan ularning eksportga mo`ljallangan va 
importning o`rnini bosadigan tarmoqdarga, asosiy fondlar va texnologiyalarni 
yangilashga sarflanishi uchun sharoit yaratishni o`zining asosiy vazifasi, deb 
biladi.
Mustaqillikka erishilgan dastlabki yillarda bank kreditlarining anchagina 
qismi sanoatdagi ustuvor bir qancha loyihalarni pul bilan ta`minlashga sarflandi. 
Ular orasida «UzDEUavto» qo`shma korxonasi (1843,2 mln. so`m), Buxoro neftni 
qayta ishlash zavodi (1210 mln. so`m), «Kvarts» AJ xuzuridagi arxetektura oynasi 
ishlab chikaradigan liniya qurilishi (610,8 mln. so`m) va shu kabi yirik boshka 
ob`ektlar mavjud. Binobarin, iqtisodiy usish vazifalarini hal etish uchun tijorat 
banklari tomonidan investitsiya kreditlari ajratilishidan tashqari, valyuta 
mablag`laridan oqilona foydalanish ham kerak bo`ladi. Shu sababli, davlatimiz 
o`zining valyuta siyosatida ham kredit siyosati tamoyiliga amal qiladi. Ya`ni, 
yuksak texnologiyali ishlab chiqarish salohiyatini shakllantirishga ustunlik beradi. 
O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyot uchun zarur bulgan valyuta tushumlarini 
paxta, oltin, tabiiy xomashyo hisobiga olayotganligimiz hech kimga sir emas.


42 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Markaziy 
banki 
monetar 
siyosatining 
ta`sirchanligini oshirish borasida bir qator muammolar mavjud. Bozor iqtisodiyoti 
sharoitida ularni hal kilish dolzarb masalalardan biridir. Mazkur muammolar to`liq 
hal qilinsa, monetar siyosatni takomillashtirish va Markaziy bankning pul-kredit 
siyosati iqtisodiyotni yanada barqarorlashtirish uchun ishlashiga zamin yaratadi.
Davlatimiz monetar siyosatini amalga oshirishda ham kredit siyosatidagi 
tamoyillarga amal kilib, asosiy e`tiborni yuqori texnologiya ishlab chikarish 
saloxiyatini shakllantirishga qaratmokda.
Shuni ta`kidlash lozimki, Respublika chetdan karzga olayotgan mablag`larni 
birinchi navbatda ishlab chikarish sohasiga va muhim ijtimoiy sohalarga 
yo`naltirmokda. Bozor munosabatlariga o`tish davri iqtisodiyotining dastlabki 
yillarida konvertatsiyalashning butun og`irligi ushbu manbalar zimmasiga yuklash 
maqsadga muvofiq emas, chunki hozirgi bozor iqtisodiyotida katta valyuta 
tushumlari asosan yuqori texnologiyali eksportga yo`naltirilgan ishlab chiqarishlar 
hisobiga ta`minlanadi. Shuning uchun, hukumat va Markaziy bankning mustaqillik 
yillari va bugungi kundagi siyosati aynan shunday eksport saloxiyatini 
rivojlantirishga yo`naltirilgan. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov 
o`z nutqdaridan birida: «Faqat iktisodiyotimizning asosiy va etakchi tarmoqlarida 
tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirsakgina, mahsulotimiz eksporti o`sishiga 
erishishimiz, to`lov balansining ijobiy sal`dosini ta`minlashimiz va shu bilan 
iqtisodiy mustaqilligimizni kafolatlashimiz mumkin», deya ta`kidlagan edilar. 
Masala shu tarzda qo`yilganda milliy valyutani konvertatsiyalashda yukori 
texnologiyali ishlab chiqarishni amalga oshirayotgan va eksportdan olgan 
daromadlarning bir qismini mamlakatimiz iktisodiyotiga qayta investitsiya 
kilayotgan qo`shma korxonalarga ustunlik beriladi. Muhim xalq iste`moli mollarini 
va eksportga mo`ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan, respublika 
iktisodiyotining asosiy va etakchi tarmoqdarida ustuvor loyihalarni amalga 
oshirishda ishtirok etayottan tovar ishlab chiqaruvchilarimiz ham bunday huquqdan 
foydalanadilar. Boshqacha aytganda, valyuta resurslari birinchi navbatda ishlab 
chiqarish va texnologiyalar bilan shug`ullanayotgan korxonalarga berilmoqda.


43 
O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining monetar siyosati o`ziga xos 
xususiyatlarga ega bo`lmoqda. Birinchidan, majburiy rezervlar miqdorining 
yukoriligi /20 foiz/ — tijorat banklarining resurslarini qisqarishiga sabab 
bo`lmoqda. To`g`ri, majburiy rezervlar tijorat banklarining likvidliligini 
ta`minlaydi. Biroq, u tijorat banklari resurslarining kamayishiga sabab bo`ladi.
Ikkinchidan, ochiq bozor operatsiyalarini rivojlantirish lozim. Chunki, 
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki shu vosita orkali ham muomaladagi pul-
massasiga ta`sir o`tkaza olish imkoniyatiga ega bo`ladi. Bu orqali Markaziy 
bankning pul-kredit siyosatini yuritishdagi ta`sirchanligini oshirish mumkin 
bo`ladi.
Xalqaro valyuta fondining tavsiyalariga binoan, 1994 yildan boshlab, hozirgi 
vaqtgacha pul-kredit siyosati juda qattiqqo`lliq bilan o`tkazilmoqda. 1996 yilda 
pul-massasi va inflyatsiyaning o`sish sur`atlari pasayishiga katta ta`sir ko`rsatgan 
omil — pul-kreditni tartibga solishning ilg`or vositalari joriy etilishi, byudjet 
operatsiyalari kamomadini davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan ta`minlash 
noinflyatsiya usulining qo`llanilishi bo`ldi. Shu erdan ko`rinib turibdiki, 
O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining monetar pul-kredit siyosati bir 
butunlikni tashkil etuvchi ikkita murakkab vazifani xal etishi — iktisodiy o`sish 
jarayonlarini rivojlantirishga ko`maklashishi va inflyatsiyani nazorat ostida tutib 
turishi kerak. Iqtisodiy o`sish esa bosh vazifadir, albatta. Islohotlarni moliyaviy 
ta`minlash muammolarini muhokama kilish davomida masalalarning ikki yirik 
bloki ko`ndalang bo`lib turibdi.
O`zining islohot modeliga ega bo`lgan O`zbekiston iqtisodiy o`sish 
sharoitlarini xam, inflyatsiya sur`atlarini keskin kamaytirish vazifasini ham 
nisbatan osonroq, hal etishning uddasidan chiqmoqda, deb aytish uchun barcha 
asoslar bor.
O`zbek so`mining hozirgi vaqtda cheklangan ichki konvertatsiyaga ega 
ekanligi va respublika valyuta bozorining holati O`zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki monetar siyosatining maqsadi va yo`nalishlarining o`ziga xosligini 
yuzaga keltiradi. Bu o`ziga xoslik, eng avvalo, so`mning AQSh dollariga nisbatan 


44 
kursini barqarorlashtirish va ichki valyuta bozorini rivojlantirish — monetar 
siyosatning birlamchi vazifalaridan ekanligi namoyon bo`ladi.
Valyutani tartibga solish sohasidagi mavjud chora-tadbirlar ichki bozorni 
jahon bozorlaridagi raqobatga bardosh bera olmagan xorijiy mahsulotlarning 
endigina o`z ishlab chiqarishini qayta qurayotgan o`tish davri iqtisodiyotiga ega 
bo`lgan mamlakatlarga oqib kelishidan himoya kilishga karatilgan. Valyutani 
tartibga solish shartlari, shu jumladan, konvertatsiya tartibqoidasi ayni shunday 
mollarning ko`plab keltirilishiga to`sqinlik qiladi.
Keyingi yillarda ichki inflyatsiya darajasining pasayishi O`zbekiston 
tovarlarining eksportini importga qaraganda ancha foydali qilib qo`yishi kerak edi. 
Lekin aslida tamoyil shuning teskarisini ko`rsatadi. O`zbekistonda ishlab 
chiqarilayottan tovar-larning jaxon bozoridagi jozibadorligiga ta`sir ko`rsatishi, 
shu-ningdek, o`zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning mahsulotni eksport qilishdan 
manfaatdorligini oshirishga ta`sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan kuchli vosita milliy 
valyutaning real kursini devalvatsiya qilishdan (devalvatsiya sur`atlari inflyatsiya 
sur`atlaridan yuqori bo`lganida) iboratdir. Shu maqsadda so`nggi yillarda 
O`zbekiston so`mining AQSh dollariga nisbatan silliq, deval`vatsiyasi amalga 
oshirib kelinmoqda.
So`mni keskin devalvatsiya qilib, ayni vaktda uning ayirboshlash kursini bir 
xillashtirish inflyatsiyaning o`sishiga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga
iste`mol bozoridagi ozmi-ko`pmi darajada ayirboshlash kursi bilan bogliq bo`lgan 
bir qancha tovarlarning narxlarini taqqoslash qisqa muddatda narxnavoning o`sishi 
unchalik katta bo`lmasligini va uzoq davom etmasligini ko`rsatmokda. Dastlabki, 
sakrashdan keyin narxlar xatto pasayishi, so`ngra esa etarli darajada izchil pul-
kredit siyosati amalga oshirilsa, barqarorlashuvi mumkin.
Inflyatsiya o`zi bilan birga katta iqtisodiy va ijtimoiy xarajatlarni olib keladi. 
Natijada resurslar noto`g`ri joylashtiriladi va bu o`z navbatida, iqtisodiy 
samaradorlikning pasayishiga olib keladi. Shuningdek, inflyatsiya iktisodiy 
vakillarga o`z faoliyatini kelgusida rejalashtirishga xalaqit beradi, xamda ularning 
olib borilayotgan iqtisodiy siyosatga bo`lgan ishonch darajasini pasaytiradi. 


45 
Bundan tashqari, u milliy daromadni aholining bir qismi foydasiga va ikkinchi 
kismi zarariga qayta taqsimlaydi. Shu boisdan inflyatsiyaga qarshi kurash butun 
dunyoda hukumatning asosiy vazifalaridan biri xisoblanadi. O`tish davri 
iktisodiyotini boshidan kechiraetgan mamlakatlar tajribasi shuni ko`rsatadiki, 
yuqori sur`atdagi inflyatsiya kuzatilgan hamma joylarda u aholining turmush 
darajasiga yomon ta`sir ko`rsatgan. Bunday mamlakatlarda barqarorlashtirishga 
doir barcha dasturlarning diqqat markazida inflyatsiyaga qarshi kurash masalasi 
turishi bejiz emas. Amaliyotda o`tish davri iktisodiyoti hukm surgan ko`pgina 
mamlakatlar inflyatsiya darajasini bir yilda 20-40 foizga tushirdilar, lekin uni 
yanada pasaytirish hamma vaqt ham kutilgan natijalarni beravermaydi. 
O`zbekistonda eng katta inflyatsiya 1992-1994 yillarda kuzatildi.2018 yilda 
inflyatsiyaning 7,2 foizni tashkil etdi. Inflyatsiyaning yuqori darajada bo`lishiga 
sharoit yaratgan boshqa omil narxlarning dastavval past darajada bo`lganligidir. 
O`tish davri iktisodiyotini boshidan kechiraetgan davlatlarda ishlab chiqarish va 
milliy daromadning pasayishi natijasida to`lov qobiliyatining tushishi respublikalar 
urtasida tovar aylanmasi sezilarli darajada kamayib ketganligining asosiy 
sabablaridan biri bo`ldi. Bundan tashqari, sobiq Sovet Ittifokining boshqa davlatlari 
bilan ilgarigi iqtisodiy aloqalar buzilganligi, ularning o`z valyutalarini 
kiritganliklari, mustahkam to`lov tizimining yo`qligi O`zbekistonning chet 
davlatlar bilan savdo qilishga o`tishiga ob`ektiv ta`sir ko`rsatdi.
Yuqorida qayd etilgan masalalar to`la hal qilinsa, O`zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining monetar siyosatini yanada takomil-lashtirish, demakki, 
natijada bank tizimini yanada rivojlantirish mumkin. Bu o`z navbatida iqtisodiy 
o`sish sur`atlarini oshirishi va natijada aholining turmush darajasini yanada 
oshirishi mumkin.
Umuman olganda, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar siyosati 
o`ziga xos xususiyatlardai kelib chiqmokda. Xulosa kilib aytganda, Markaziy 
bankning monetar siyosati ta`sirchanligi qanchalik oshsa, shu darajada 
iqtisodiyotimiz barqarorligi kafolatlanadi.


46 
O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki pul-kredit siyosati makroiqtisodiy 
barqarorlikni mustahkamlashga, inflyatsiya jarayonlarini ushlab turish, milliy 
valyutamiz kursining barqarorligini ta`minlash, iqtisodiyotning real sektorini 
rivojlantirishni rag`batlantirishga qaratilgan. Byudjet-soliq sohasida ham pul 
muomalasini boshqarish bo`yicha chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish 2019 
yilning 9 oyi mobaynida iste`mol narxlari indeksini, tijorat banklarining foiz 
stavkalarini pastlatish va mos ravishda iqtisodiyotning real sektorini kreditlash 
hajmining sezilarli o`sishiga yordam beruvchi darajada barqarorlashtirishga imkon 
berdi.
Yillar
Iste`mol baholar 
indeksi (IBI), 
jamlangan
Oziq-ovqat 
tovarlari
Nooziq-ovqat tovarlari Xizmatlar
2017
24,9
18,9
36,6
47,1
2018
27,4
27,9
21,1
36,9
2019
27,6
28,0
19,3
41,3
2020 
10,3
5,4
13,9
30,9

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling