I bob iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyani yuzaga kelish shakllari va uni ijtimoiy iqtisodiy oqibatlarining nazariy asoslari


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/24
Sana19.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1364996
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Inflyasiyaga qarshi siyosat samaradorligini oshirishning jahon tajribasi



 
MUNDARIJA: 
KIRISH ………………………………………………………………..…………3 
  
I BOB IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA 
INFLYATSIYANI YUZAGA KELISH SHAKLLARI VA UNI IJTIMOIY-
IQTISODIY OQIBATLARINING NAZARIY ASOSLARI  
1.1 Inflyatsiyaning mohiyati va uning yuzaga chiqish shakllari…………..………..5 
1.2 Inflyatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari ……………….…….….……..14 
1.3 Inflyatsiyaning barqarorlashtirish usullari ………………..…………………..16 
 
II 
BOB 
IQTISODIYOTNI 
ERKINLASHTIRISH 
SHAROITIDA 
DAVLATNING 
INFLYATSIYA 
BO`YICHA 
MAKROIQTISODIY 
SIYOSATI 
VA 
UNI 
HISOB 
KITOB 
TIZIMINI 
BOSHQARISH 
YO`LLARINING TAHLILI
2.1 Davlatimizning pulning qadirsizlanishi va inflyatsiyaga qarshi siyosati…...…21
2.2 Mamlakatning moliya siyosati va inflyatsiya bo`yicha makroiqtisodiy tahlili va 
uni barataraf etish yo`llari………………………………………….………..…28
 
III 
BOB 
DAVLAT 
MOLIYASINI 
BAQUVVATLASHTIRISHDA 
INFLYATSIYANI KAMAYTTIRISH SHAKLLARI CHORA TADBIRLARI 
3.1 O`zbekiston respublikasining moliya siyosatini 
takomillashtirishdagi 
inflyatsiyaga qarshi istiqbollari ……………………………………….…………..41 
3.2 Iqtisodiyotni barqarorlashtirishda pul - kredit inflyatsiyasining o`ziga xos 
xususiyatlari……………………………………………………………...………..51 
XULOSA VA TAKLIFLAR………………………………………………….…63 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ……………………..…..66 



KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotimizning jahon xo`jalik va iqtisodiy-
moliyaviy tizimiga integratsiyalashuv jarayoni tobora chuqurlashib borayotganini 
inobatga oladigan bo`lsak, jahon moliyaviy inqirozi, avvalo uning oqibatlari bizga 
ham salbiy ta`sir ko`rsatayotgani haqida gapirib o`tirishning hech qanday zarurati 
bo`lmasa kerak, deb o`ylayman.
Bunday ta`sir, avvalambor, umuman dunyo bozoridagi talab va narxlarning 
keskin 
tushib 
ketishida 
va 
tabiiyki, 
mamlakatimiz 
eksport 
qiladigan 
mahsulotlarning muhim turlariga nisbatan hamda eksportga yo`naltirilgan etakchi 
tarmoqlar va ular bilan bog`liq turdosh korxonalar faoliyatida namoyon bo`lmoqda. 
Bu esa, o`z navbatida, butun iqtisodiyotimizning mutanosib va samarali 
rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda, ko`zda tutilgan loyihalarni amalga 
oshirish, o`z oldimizga qo`ygan maqsadlarga erishish yo`lida ko`plab 
muammolarni tug`dirmoqda.
Albatta bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitidagi ijtimoiy iqtisodiy islohotlarni 
amalga oshirishda davlat bosh islohotchilik rolini saqlab qolishi xurmatli 
prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan iqtisodiy islohotlarni amalga 
oshirishning bosh printsiplaridan biri sifatida belgilab berilgan. Iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirishda davlat bosh islohotchilik rolini o`ynashi, o`tish 
davri qiyinchiliklaridan aholini kam ta`minlangan qatlamlari uchun ijtimoiy 
himoya tizimlarini shakllantirish uchun zaruriy markazlashtirilgan pul fondlariga 
ehtiyoj sezadi. Prezidentimiz ma`ruzasida ta`kidlaganidek «Mamlakatimiz yalpi 
ichki mahsuloti 8 foizga o`sdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 
foizga, qishloq xo`jaligi – 6,8 foizga, chakana savdo aylanmasi – 14,8 foizga oshdi.
Inflyatsiya darajasi prognoz ko`rsatkichidan past bo`ldi va 6,8 foizni tashkil 
etdi. O`tgan yil yakunlariga ko`ra, tashqi davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga 
nisbatan 17 foizni, eksport hajmiga nisbatan qariyb 60 foizni tashkil etdi. Bu 
avvalambor xorijiy investitsiyalar va umuman, chetdan qarz olish masalasiga 
chuqur va har tomonlama puxta o`ylab yondashish natijasidir. 2020yilda 
iqtisodiyot sohasidagi soliq yuki 21,5 foizdan 20,5 foizga, jismoniy shaxslar uchun 



daromad solig`ining eng kam stavkasi 9 foizdan 8 foizga tushirilganiga 
qaramasdan, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foiz profitsit bilan 
bajarildi. Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy sohaga yo`naltirilgan 
xarajatlar yuqori darajada saqlanib qoldi va umumiy xarajatlarning 59,3 foizini 
tashkil etdi»
1
.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling