I bob iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyani yuzaga kelish shakllari va uni ijtimoiy iqtisodiy oqibatlarining nazariy asoslari


 Inflyatsiyaning barqarorlashtirish usullari


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/24
Sana19.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1364996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
Inflyasiyaga qarshi siyosat samaradorligini oshirishning jahon tajribasi

1.3 Inflyatsiyaning barqarorlashtirish usullari 
 Jaxonning iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarida inflyatsiyaga qarshi kurash 
olib borishda juda katta nazariy va amaliy tajriba to`plangan. Inflyatsiyani butunlay 
yo`qotish imkoniyati yo`q. Chunki uni yuzaga chiqishiga sabab bo`lgan omillarni 
(ichki va tashqi, pullik va pulsiz) to`liq yo`qotish mumkin emas. Shuning uchun 
hozirgi davrda eng asosiy maqsad inflyatsiyaning butunlay yo`qotish emas, balki 
uni boshqaruvchan qilish va uning salbiy iqtisodiy – ijtimoiy oqibatlarini 
zaiflashtirish hisoblanadi.
Dunyoning turli mamlakatlarida xukumat tomonidan mavjud iqtisodiy-
ijtimoiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda inflyatsiyaga qarshi turli 
antiinflyatsion siyosatni ishlab chiqaradilar va uni amalga oshiradilar. Davlat 
tomonidan antiinflyatsion siyosatni olib borishda turli chora-tadbirlar hisoblangan 
byudjet, ijtimoiy, soliq, baho, kredit-moliya, sanoat-investitsiya, tashqi iqtisodiy va 
emissiyani amalga oshiradilar.
Byudjet siyosati – bu davlatning asosiy iqtisodiy siyosati hisoblanadi va 
uning asosiy maqsadi mamlakatning aniq belgilangan muddat mobaynida 
ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo`nalishlari belgilanadi va amalga 
oshiriladi. Byudjet siyosati yordamida soliqlar va yig`imlar assoida yig`ilgan davlat 
moliya resurslarini umummilliy vazifalarini bajarish uchun qayta taqsimlanishi 


17 
amalga oshiriladi. Byudjet siyosatining asosiy tarkibiy qismi bo`lib ijtimoiy siyosat 
hisoblanadi. Chunki mamlakatdagi ijtimoiy tadbirlarni moliyalashtirish asosan 
davlat byudjeti tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq siyosati – bu davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy vazifalarini 
bajarishi uchun zarur moliya mablag`larini yig`ish uchun xo`jalik yurituvchi 
sub`ektlar va mamlakat aholisidan soliqlar, to`lovlar hamda majburiy ajratmalarni 
belgilash, ularni undirish yuzasidan qonun asosida belgilangan tizimdir.
Baho siyosati – bu mahsulotlar, xizmatlar va to`lovga qobiliyatli talab 
o`rtasidagi mutanosiblikga erishish hamda uni tartibga solib turish bilan bog`liq 
siyosatdir.
Kredit-moliya siyosati – bu Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish 
stavkasi, majburiy zahiralar me`yori va ochiq bozordagi operatsiyalar orqali 
mamlakat bank-kredit tizimini boshqarish hamda tartibga solib turishdan iborat.
Sanoat-investitsiya siyosati – bu yalpi ichki mahsulotning o`sishini 
ta`minlovchi mamlakat sanoat-texnologik qudratini rivojlantirishga qaratilgan 
siyosatdan iborat.
Tashqi iqtisodiy faoliyat siyosati – bu davlat tomonidan xorijiy mamlakatlar 
bo`lib tashqi iqtisodiy faoliyatni boj-tarif dastaklari yordamida tartibga solib 
turishdan iboratdir.
Emissiya siyosati – bu Markaziy bank tomonidan milliy iqtisodiyotning 
holatiga asosan muomalaga qog`oz pul chiqarish, ularning aylanishini tartibga 
solish va muomaladagi ortiqcha pullarni aylanmadan chiqarib turishdan iborat 
siyosatdir.
Dunyoning har bir mamlakatidan xukumat tomonidan antiinflyatsion siyosati 
mavjud inflyatsiyani tartibga solishga hamda uni o`sish sur`atlarini pasaytirishga 
qaratilgan bo`lishi lozim. Bunday siyosatni olib borishda asosan ikki shakllardan 
foydalaniladi:
1) 
Pul islohotlarini amalga oshirish;
2) 
Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish;


18 
Pul islohotlari – bu mamlakatdagi pul muomalasini tartibga solish va 
kuchaytirish maqsadida davlat tomonidan mavjud pul tizimini to`liq yoki qisman 
o`zgartirishlarini amalga oshirishdir. Mamlakatning iqtisodiy rivojlangan holati, 
pullarning ta`minlanganligi darajasiga asosan pul islohotlarining reval`vatsiya, 
deval`vatsiya va denominatsiya usullaridan foydalaniladi. Iqtisodiyoti rivojlangan 
davlatlardan Germaniya Federativ Respublikasi, Isroil va boshqalarda 
reval`vatsiya usulidan foydalanildi. Reval`vatsiya o`z mohiyatiga asosan milliy pul 
birligini xorijiy valyutaga nisbatan kursini ko`tarib qo`yishdan iborat. Pul 
islohotining ikkinchi usuli bo`lib deval`vatsiya hisoblanadi. Deval`vatsiya o`z 
mohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valyutaga nisbatan tushirib 
qo`yishdan iborat. Deval`vatsiya usulidan asosan iqtisodiyoti bozor 
munosabatlariga o`tayotgan mamlakatlarda keng foydalaniladi. Pul islohotining 
uchinchi usuli bo`lib denominatsiya hisoblanadi. Denominatsiya o`z mohiyatiga 
asosan milliy pul birligidagi ortiqcha nollarni olib tashlab muomalaga yangi 
pullarni chiqarishdan iborat. Denominatsiya usulida Rossiya (3 dona nolni olib 
tashladi) va Turtsiya (liradan 6 dona nolni olib tashladi) xukumatlari foydalanishdi.
Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish o`z mohiyatiga 
asosan mamlakatda mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko`rsatiladigan xizmatlarga 
bo`lgan narx-navolarni o`sib borishini cheklash va pul tizimini barqarorlashtirish 
masadida davlat tomonidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. 
Ushbu chora-tadbirlar ikki yo`nalishda olib boriladi:
1) 
Deinflyatsion siyosat. Ushbu siyosat mamlakatda pulga bo`lgan 
talabni pul-kredit va moliya mexanizmlari yordamida tartibga solib turiladi. 
Deinflyatsion siyosat davlat xarajatlarini qisqartrish, kreditlar uchun foiz 
stavkalarini oshirish, soliq yukini kuchaytirish (soliqlar soni va ularni foiz 
stavkalarini ko`tarish) va pul massasini cheklashni o`z ichiga oladi. Shuni 
ta`kidlash lozimki, deinflyatsion siyosat mamlakatdagi iqtisodiy o`sishni 
sekinlashuviga sabab bo`ladi;
2) 
Daromadlar siyosati. Ushbu siyosat olib borishda davlat tomonidan 
mahsulotlar, ko`rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlarga bo`lgan narx-navo va ish 


19 
haqi ustidan birdaniga nazorat etiladi hamda ularni o`sishini ma`lum chegarasi 
o`rnatiladi yoki butunlay «muzlatib» qo`yiladi. Daromadlar siyosati o`z 
mohmiyatiga ko`ra qat`iy siyosat hisoblanadi va u aholi o`rtasida norozilikni kelib 
chiqarishi mumkin. Lekin inflyatsiya bilan kurashishda ayrim mamlakatlarda 
daromadlar siyosatidan foydalaniladi.
Xalqaro amaliyotda rivojlanayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi 
karash olib borish tajribasida biz ta`kidlab o`tgan ikki yo`nalishdan oqilona 
birgalikda foydalanilgan.
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastalabki kunlaridan 
boshlab yurtboshimiz rahnamoligida mamlakatimizda qat`iy pul-kredit siyosati olib 
borilmoqda. Olib borilayotgan bunday siyosat natijasida inflyatsiya sur`ati 
belgilangan me`yorlarda ushlab turishga erishilmoqda. Prezidentimizning bu 
jarayonlar haqidagi quyidagi gaplari juda o`rinlidir.” Puxta o`ylangan qat`iy 
pulkredit siyosatini izchil olib borish tufayli inflyatsiya ko`zda tutilgan prognoz
ko`rsatkichlari chegarasida, ya`ni yillik 7,8 foiz darajasida saqlab qolindi‖
2
.Ushbu 
omil mamlakatimizda inflyatsiya sur`atlarini aholi turmush darajasiga kam 
darajada ta`sir etayotganligidan dalolat beradi.
Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o`tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga 
qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash uchu nasosan quyidagi 
chora-tadbirlar amalga rshirilmoqda:
- milliy iqtisodiyotni sog`lomlashtirish, investitsiya faoliyatining tushib 
ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini ta`minlash;
- raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni 
rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga 
oshirish;
- xalq iste`mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish 
fondlarining tarkibini o`zgartirish va unda zamonaviy texnika hamda 
texnologiyalarni joriy etish;
2
Каримов И.А. Жаҳон молиявий –иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг 
йўллари ва чоралари. -Т.: Ўзбекистон, 2016. 15 б.


20 
-tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag`batlantirish;
- soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo`nalishda asosiy e`tiborni 
soliqlarning rag`batlantiruvchi funktsiyasiga qaratish;
- davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-
quvvatlash; - mamlakat ichida mahsulotlar, valyuta, kredit er, ko`chmas mulk, 
mehnat va qimmatli qog`ozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni 
rivojlantirish; - pul-kredit siyosatini iqtisodiyotnign rivojlanishi holatiga asosan 
o`zgartirib turish; - tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar, ishlar, 
xizmatlarni eksport qilishni rag`batlantirish;
- erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar, xarajatlar va narx-navoni 
davlat tomonidan tartibga solish va uni nazorat qilish;
- davlat byudjet taqchilligini noinflyatsion yo`llar bilan qisqartirish;
- davlatning strategik oltin-valyuta zahiralarini chuqur tahlil etish va ulardan 
oqilona foydalanish.
Yuqorida ta`kidlab o`tilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga 
oshirish ma`lum muddat talab etadi. Oqilona ishlab chiqilgan antiinflyatsion 
siyosatni amalga oshirish pirovard natijada milliy pul birligini mustahkamlanishiga 
va pul tizimini barqarorlashuviga olib keladi.


21 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling