I bob iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyani yuzaga kelish shakllari va uni ijtimoiy iqtisodiy oqibatlarining nazariy asoslari
Inflyatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Inflyasiyaga qarshi siyosat samaradorligini oshirishning jahon tajribasi
1.2 Inflyatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari
Har bir mamlakatda inflyatsiya mavjudligi undagi iqtisodiy holatnig yomonlashuviga sabab bo`ladi. Ushbu salbiy holatlar quyidagi yo`nalishlarda yuzaga chiqadi: 1) Ishlab chiqarish xajmi qisqaradi, chunki narx-navolarning doimiy tarzda tebranib turishi ishlab chiqarishni rivojlantirishga bo`lgan istiqbollarga ishonchni yo`qotishga olib keladi; 2) Ishlab chiqarish sohasidagi kapital savdo va vositachilik operatsiyalariga oqib o`tishi kuzatiladi. Chunki savdo va vositachilik sohalarida kapital aylanishi tez amalga oshadi va katta foyda keltiradi. Inflyatsiya yuqori bo`lgan davrda aholi o`rtasida puldan qochish holati kuzatiladi, ya`ni kishilar qo`llaridagi pullardan imkoniyat darajasida tezroq sarflashga harakat qiladilar. Ular pullarga turli tovarlar sotib oladilar. Buning natijasida savdo va vositachilik do`konida tovarlar tez sotiladi; 3) Narx-navoning keskin va notekis o`zgarishi natijasida chayqovchilik kengayadi. Inflyatsiya natijasida tovar tanqisligi (defitsit) yuzaga chiqadi. Ushbu taqchillik narx-navoning keskin ko`tarilishiga olib keladi; 4) Davlat moliya resurslari qadrsizlanadi. Davlat byudjeti daromadlari byudjet xarajatlari amalga oshirilguncha qadar davrda qadrsizlanadi. Byudjet 15 daromadlari va xarajatlari o`rtasidagi mutanosiblikni saqlash qiyinlashadi va buning natijasida byudjet taqchilligi (defitsiti) yuzaga chiqadi; 5) Mamlakatda kredit operatsiyalari cheklanadi. Chunki inflyatsiya darajasi tufayli yuridik va jismoniy shaxslarga tijorat banklaridan beriladigan kreditlarning foiz darajasinig yuqori darajada o`rnatiladi. Ushbu salbiy holat ishonchni pasaytiradi. Inflyatsiyaning eng asosiy ijtimoiy oqibati bo`lib daromadlar va boyliklarni qayta taqsimlanishi amalga oshishi hisoblanadi. Ushbu qayta taqsimlanishi quyidagi omillar natijasida amalga oshadi: - mamlakat aholisining daromadlari indeksatsiya qilinmasligi; - tijorat banklari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlar baholar indekslarining o`zgarishini hisobga olinmagan holda berilishligi. Inflyatsiya shart-sharoitlarida mamlakatda ichki mahsulot va milliy daromad quyidagi yo`nalishlarda qayta taqsimlanadi: 1) Milliy iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish sohalari va mamlaat xududlari o`rtasida narx-navoning notekis o`sishi natijasid; 2) Mamlakat aholisi va davlat o`rtasida. Bunda davlat tomonidan muomaladagi ortiqcha pul massasidan qo`shimcha daromad sifatida foydalanadi. Xalqaro amaliyotda bu inflyatsion soliq deb nomlanadi; 3) Mamlakat aholisining sinflari va turli toifalari o`rtasida. Maxsulotlar va xizmatlarga bo`lgan narx-navoning notekis o`sib ketishi natijasida aholi o`rtasida ijtimoiy toifalarga bo`linishini (boylar, kambag`allar, qashshoqlar), mulkiy holatidagi farqni chuqurlashuviga, jamg`armalar va joriy iste`molning keskin o`zgarishi yuzaga chiqadi. Inflyatsiyaning ijtimoiy salbiy ta`siri eng avvalo qat`iy belgilangan daromadlari oluvchi shaxslar hisoblangan – nafaqaxo`rlar, nogironlar, ko`p farzandli oilalar va davlat xizmatchilari (o`qituvchilar, vrachlar, bog`cha xodimlari va boshqalar) uchun juda og`ir kechadi; 4) Debitorlar va kreditorlar o`rtasida. Ushbu holatda olingan qarzlarni pul qadrsizlanishi natijasida debitorlar daromad oladi va buning aksi, kreditorlar qo`shimcha zarar ko`radi. 16 Biz yuqorida keltirgan inflyatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy salbiy oqibatlari qo`shimcha ravishda mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarga ham faol ta`sir ko`rsatadi. Inflyatsiya darajasi yuqori mamlakatlar bilan qo`shimcha sug`urta va turli kafolatlar asosida o`zaro munosablar olib boradilar. Xalqaro amaliyotda ushbu munosabatlar savdoning kamsitilishi yoki diskriminatsiya deb nomlangan. Mamlakat iqtisodiyotiga ayniqsa jilovlanmagan (giperinflyatsiya) juda salbiy ta`sir etadi. Buning natijasida iqtisodiy va ijtimoiy qarama-qarshiliklar keskinlashadi, aholi o`rtasida xukumatga bo`lgan norozilik kuchayadi. Shuning uchun, xukumat qarama-qarshiliklarni ijobiy hal qilish, milliy pul tizimining barqarorlashtirish uchun oqilona ishlab chiqilgan inflyatsiyaga qarshi choratadbirlarni amalga oshirishi lozim bo`ladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling