I bob iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyani yuzaga kelish shakllari va uni ijtimoiy iqtisodiy oqibatlarining nazariy asoslari


yilgi iqtisodiy kon`yuktura tahlili va istiqbol ko`rsatkichlari


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/24
Sana19.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1364996
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
Inflyasiyaga qarshi siyosat samaradorligini oshirishning jahon tajribasi

2020 yilgi iqtisodiy kon`yuktura tahlili va istiqbol ko`rsatkichlari Real 
sektor holati tahlili 2020yilgi makroiqtisodiy ko`rsatkichlar respublikamiz 
iqtisodiyotining, shu jumladan moliya va real sektorning barqaror o`sayotganligini 
ko`rsatmoqda.
Qat`iy monetar va fiskal siyosat sharoitida iqtisodiyotning real sohasida 
barqaror o`sish, shu jumladan yalpi ichki mahsulot, sanoat mahsulotlari, iste`mol 
tovarlari, qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, chakana savdo aylanmasi 
va pullik xizmatlarning o`sishi ta`minlanadi.
Umuman iqtisodiy kon`yuktura ahvolini aks ettiruvchi asosiy makroiqtisodiy 
ko`rsatkichlar dinamikasi quyidagi ma`lumotlar bilan tavsiflanadi: Yalpi ichki 
mahsulot (YaIM). Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o`sdi, sanoat 
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq xo`jaligi – 6,8 foizga, 
chakana savdo aylanmasi – 14,8 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi prognoz 
ko`rsatkichidan past bo`ldi va 6,8 foizni tashkil etdi.
O`tgan yil yakunlariga ko`ra, tashqi davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga 
nisbatan 17 foizni, eksport hajmiga nisbatan qariyb 60 foizni tashkil etdi. Bu 
avvalambor xorijiy investitsiyalar va umuman, chetdan qarz olish masalasiga 
chuqur va har tomonlama puxta o`ylab yondashish natijasidir. 2020yilda 
iqtisodiyot sohasidagi soliq yuki 21,5 foizdan 20,5 foizga, jismoniy shaxslar uchun 
daromad solig`ining eng kam stavkasi 9 foizdan 8 foizga tushirilganiga 
qaramasdan, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foiz profitsit bilan 
bajarildi. Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy sohaga yo`naltirilgan 
xarajatlar yuqori darajada saqlanib qoldi va umumiy xarajatlarning 59,3 foizini 
tashkil etdi.


37 
Xususiy mulkchilik sohasi va ishlab chiqarish hajmini kengaytirish maqsadida 
2020yilda 1519 ta korxona va ob`ektlar xususiylashtirildi, ularning negizida75 ta 
aktsiyadorlik jamiyati, 981 ta xususiy korxona va 396 ta boshqa tashkiliy huquqiy 
shakldagi korxonalar tashkil etildi, 496 ta korxonaning aktsiyalar paketlari, shu 
jumladan 6500 ga yaqin davlat tassarufidagi ob`ektlar sotildi.
Bundan tashqari, 82 foizdan ortiq korxonalarda amalga oshirilgan qayta 
tashkil etish va moliyaviy sog`lomlashtirishga doir yalpi chora-tadbirlar natijasida 
ularda o`rtacha oylik ishlab chiqarish hajmlari oshdi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling