I bob. Jismoniy madaniyat darslarida pedagogik tahlil


Xronametraj o’tkazish uslubiyati


Download 53.41 Kb.
bet8/11
Sana20.12.2022
Hajmi53.41 Kb.
#1036939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Safarov Farzbek Qahramon o‘g‘li

2.2. Xronametraj o’tkazish uslubiyati
Jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish mashg`ulotlari, akademik darslar davomida mashg`ulot uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalanishning ahamiyati katta. O`quvchining faoliyatini foydali ishni bajarish uchun band qilish- mashq bajarish, ishni navbat kutish bilan navbatlashuvini to`g`ri yo`lga qo`yish, mashg`ulotda qo`llaniladigan vositalaridan, qo`shimcha jixozlardan tayyorlov yoki yo`llanma beruvchi mashqlarni bajarishda o`rinli foydalanish darsning zichligini yuzaga keltirib vaqtni besamar o`tishini oldini oladi.
Dars vaqtidan samarali foydalanish yoki dars vaqtni foydali ish uchun sarflash jarayonini dars zichligi deb atash qabul qilingan.
Demak dars samaradorligi ko`rsatgichlaridan biri uning zichligidir. Darsni zichligini to`liq yoki uning qismlaridagi zichlikni alohida tashkillash, boshqarish, aniqlash mumkin. Bu darsning tayyorlov, asosiy, yakunlov qismlaridagi o`quv ishlarini tashkil qilish uchun sharoitini tashkillash bilan bog`liq, aksariyat holatlarda sharoitni talab darajasida emasligi zichlikning turlicha bo`lishiga sabab bo`ladi.
Dars yoki uning qismlari uchun sarflangan vaqtni 100% deb qabul qilinadi va darsda o`quvchilar vaqtini foydali ish uchun o`qituvchining dars matrealini tushintirishi, o`quvchilarni qayd qilingan faoliyatlarining har ikkisiga sarflamay bo`sh qolgan vaqtlari deb chegaralab alohida komponent sifatida ajratib tahlilda foydalaniladi.
Dars o`rganiladigan, mushtahkamlanadigan, takomillashtiriladigan matrealga boy bo`lib, ularni o`quvchilarga o`qitishni zich tashkillash bilan darsning zichligi yuqori yoki past bo`ldi deb baholanadi.
Umumiy zichlik va o`quvchilarni harakatga soluvchi motor zichligi deb yoki umumiy va mutloq zichlik deb ikki xilga ajratiladi.
Darsning umumiy zichligi deb dars uchun sarflanadigan umumiy vaqtdan o`qituvchini pedagogika nuqtai nazaridan ratsional foydalanish va dars uchun ajratilgan vaqtni foydali ish uchun unumli sarflash tushiniladi.
Umumiy zichlikni aniqlashda o`qituvchining dars matrealini ko`rsatishi va tushintirishi, o`quvchilarni o`qitiladigan mashqlarni bajarishi foydali ishi deb hisoblanadi. Ularni ishga jalb qilishdan oldingi zarur bo`lmagan turib qolishlar o`quvchilarni bajarishi lozim bo`lgan topshiriqni bajarmay boshqa faoliyatlarga chalg`ishi va boshqalardek vaqtning foizi aniqlanib zichlikka baho beriladi.
V.F.Novoselskiyning fikricha hozirgi zamon jismoniy madaniyat darslari davomida quidagi omillar va tadbirlarni pedagogika nuqtai nazaridan maqsadli qo`llash orqali yuqori darajali umumiy zichlikka erishish tarbiya amaliyotida kuzatilmoqda. Ular quidagilar;
-o`quvchilarni uyishtirish, uyga berilgan vazifani ijrosini tekshirish, darsga vazifa qo`yish, e’lon qilish;
-nazariy ma’lumot berish va ularni mustahkamlash;
-qomat uchun mashqlar, harakatda emotsional holatni ko`tarish, umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni o`tkazish;
-instruktaj o`tkazish, boshqarish, korrektsiyalash (xatolarni tuzatish), yordam xafsizlikni oldini olish;
-jixozlarni tayyorlash va yig`ishtirish, o`quvchilarni darsda lozim bo`lgan darajadagi o`rin almashtirishlarini o`tkazish;
-jismoniy mashqlar texnikasini o`zlashtirish, mustahkamlash, takomillashtirish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish;
-o`quvchilarni uslubiyotlar nuqtai nazarida tayyorlash, mustaqil shug`ullanishni uddalashga o`rgatish, tashkilotchilik malakalarini berish;
-ta’lim jarayonini motivlash va unda o`quvchilarning ishtiroki;
-mashqlarni ko`rsatishda ko`rgazmalilik; vositali va vositasiz ko`rsatishda o`qituvchining aynan ishtiroki, yordamchilaridan va yo`riqchilardan foydalanish;
-pedagogik nazorat;
-darsda tarbiyaviy ish;
-yakun yasash, muskullarni bo`shashtiradigan mashqlarni bajarish, uyga vazifa berish va boshqalar dars zichligiga tasir etuvchi omillardir.
Darsning umumiy zichligini yoki uning qismlarini zichligini aniqlash uchun o`quvchilarning aktiv faol harakatlariga sarflangan vaqti umumlashtiriladi. Bunga darsda jismoniy mashqlarni bajarish uchun sarflangan vaqt eshitish, kuzatish va darsni tashkillash, o`zini oqlamaydigan kutishlar va o`quvchilarni bekor qolishi uchun sarflangan vaqtdan boshqa barcha holatlar xronometrlanadi.
Xrono – vaqt, metr – o`lchov ma’nosini beradigan lotincha so`z bo`lib, tahlilchilar guruhidagilardan bir nafari o`lchash – xronometrlashni yo`lga qo`yadi.
Xronometrlovchi dars boshlanishiga qo`ng`iroq chalinishi bilan sekundomerda dars mazmunidagi yuqorida qayd qilingan komponentlarni – darsdagi foydali ishni, o`qituvchining dars matrealini o`quvchilarga tanishtirish, o`quvchilarni eshitishi, ularga tushintirish uchun sarflangan vaqtni hamda dars davomida o`quvchilarning dars matrealini o`rganish, o`zlashtirishga sarflamay bo`sh qolgan vaqtini hisoblab bayonnomada qayd qiladi.
Уз=
To`laqonli jismoniy madaniyat darsining umumiy zichligi 100% ga yaqin bo`lishi lozim. Umumiy zichlikni foizini kamayishiga quidagilar sabab bo`lishi mumkin:
-o`zini oqlamaydigan darsdagi besamar vaqt o`tkazishlar (darsni kech boshlanishi, o`qituvchini kech dars boshlashi, mashg`ulot joyini, jixozlarni darsda foydalanish uchun tayyor emasligi, o`quvchilarni darsga kech qolishi va hokozolar) o`quvchilarni navbat kutishi va boshqalar orqali sodir bo`ladigan o`quvchilarni bo`sh qolishi;
-o`qituvchini darsga tayyor emasligi, darsni tashkillanishi va mazmunini o`ylamaslik orqasidan sodir bo`ladigan pauzalar;
-darsda o`quvchilar uchun ortiqcha va samarasi oz bo`lgan so`lar orqali beriladigan axborotlarning aytarli ortiqchaligi uchun ko`p vaqt sarflanishi;
-shug`ullanuvchilar intizomini qoniqarsizligi, buyruq va ko`rsatmalarni ko`p marotaba takrorlashlar, o`quvchilarga beriladigan ogohlantirishlar, takroriy tushintirishlarda vaqtdan noratsional foydalanish sabab bo`ladi va hokazolar.
Masalan, agar o`qituvchi aybi bilan darsda bo`sh qolish 1 minutni tashkil etsa, unda darsning umumiy zichligi quidagicha hisoblanadi.
Уз= =97,5%
Darsning motor zichligi – bu darsning umumiy davomiyligiga nisbatan o`quvchilarning darsda aynan harakat faoliyatining aktivligi uchun sarflangan sof vaqtdir.
Motor zichlikni aniqlashda mashqlarni bajarish uchun sarflangan sof vaqt hisoblanadi. Sof vaqt 100% ga ko`paytirilib, darsning umumiy vaqtiga bo`linadi.
Мз=
Masalan, aniqlanishicha o`quvchilarni jismoniy mashqlarni bajarish uchun sarflangan vaqti 25 minutga teng (qolgan 15 minutni o`qituvchini dars matrealini tushintirishi mashg`ulot joyini tayyorlashi, vazifalarni o`zgartirish uchun joy almashtirish, tik turib dam olish va boshqalarga sarflanadi.) Bu xolda darsning motor zichligi quidagiga teng.
Мз= =62,5
Motor zichlik dars jarayonida doimo o`zgaradi. Bunday o`zgarishlarning shartligini darsda qo`llanilayotgan jismoniy mashqlarning mazmunini turli-tumanligi, ulardan foydalanish joyi va qo`llanilayotgan uslubiyotlar bilan izoxlash mumkin.
Darsning motor zichligining ko`satgichlarini o`zgarishi darsning tipiga ham bog`liq. Harakat texnikasini takomillashtirish va jismoniy sifatlarni rivojlantirish darslarida motor zichligi 70-80% gacha ko`tarilishi mumkin.
Aqliy faoliyat ko`proq aralashgan, harakat faoliyatini o`zlashtirish darslarida esa 50% gacha pasayib ketishi mumkin.
Motor zichlikni ahamiyati muhimligini etirof etishimizga qaramay, u hech qachon 100% bo`lishi mumkin emas, aks holda dars matrealini tushintirish, sodir bo`ladigan xatolarning sabablari haqida o`quvchilar bilan muhokama munozaralar qilish, ular ustida fikr yuritishga vaqt qolmay o`quv ishlarining sifati, samaradorligiga salbiy tasir etishi mumkin bo`lar edi.
Odatda motor zichlikni aniqlash jarayonida darsda jixozlarni o`rnatish, ularni yig`ishtirish ,mashq bajarish uchun navbat kutishlar uchun sarflangan vaqt tahlilchilar tomonidan darsda foydalanilmagan, besamar ketgan vaqt sifatida hisobga olingan.
Darsning komponentlari - foydali ish, besamar ketgan vaqt, tushintirish uchun sarflangan va boshqalar darsning tayyorlov va yakuniy qismlarida barcha o`quvchilarning frontal faoliyati bo`yicha, asosiy qismda esa bir nafar o`quvchi tanlab olinib uning faoliyatigina xronometrlanadi. Darsning asosiy qismida xronometrlash uchun tanlangan o`quvchi yuqori qo`g`aluvchanlikka ega bo`lgan yoki uning aksi, o`ta sust harakatlanuvchan tipga mansub bo`lmasligi maqsadga muofiq.
Navbatdagi saxifada etiboringizga havola qilingan dars zichligining qayd qilish bayonnomasi tartib raqami ustunidan tashqari yana to`rt ustunni to`ldirish bilan dars zichligining holati ifodalanishi orqali yuritiladi:
-dars davomida bajarilgan harakat faoliyatlarining mazmuni ketma-ket, bajarilishining tartibiga ko`ra yozib boriladi;
-faoliyatni bajarishni boshlagan vaqti;
-uni bajarilishini tugallangan vaqti;
-dars komponentlarining nomlari ularning qisqartirilgan bosh harfi bilan ifodalanadi;
Xronometrlovchi darsning oxirida har bir komponent bo`yicha sarflangan vaqtning umumiy hisobini olib uni foizini aniqlaydi.
To`ldirilgan bayonnoma asosida zichligi tahlil qilingan jismoniy tarbiya darsi yoki mashg`ulotning mazmunini grafik tarzda qayta tiklashimiz mumkin. Dars zichligining pastligi yoki yuqoriligi aynan shu dars uchun qo`yilgan xususiy didaktik vazifalarga bog`liq.
Zichligi 100% li darslar amaliyotda kam uchraydi. Mashqni bajarish uchun qilingan urinishlar oralig`ida organizmning tiklanishi uchun passiv dam, urinishlar oralig`idagi navbat kutishlar, o`qituvchining tuzatishlari, tanbehlari, ko`rsatmalarini eshitish uchun ham vaqt sarflanishini unutmasligimiz lozim.



Download 53.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling