I bob. Jismoniy madaniyat darslarida pedagogik tahlil


Download 53.41 Kb.
bet2/11
Sana20.12.2022
Hajmi53.41 Kb.
#1036939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Safarov Farzbek Qahramon o‘g‘li

Mavzuning maqsadi:har tomonlama yetuk, jismoniy jihatdan barkamol ma’nan va ruhan sog’lom avlodni shakillantirish va tarbiyalshdan iborat.
Bolaning yoshi , fiziologiyasi hamda ruhiy xususiyatlardan kelib chiqqan holda jismoniy tarbiya sog’lomlashtirish, ta’limiy hamda tarbiyaviy vazifalarni hal etadi.Ular bolada ratsional, anglanilgan harakatlarni shakillantirishga yo’naltirilgan bo’lib , harakat tajribasini to’plash va undan kunora hayotda faoydalanish imkoniyatini hosil qiladi.Bo’lajak yosh avlodni turli nazariy bilimlarini, jizmoniy tarbiya tizimining rivojlanish tarixiy qonuniyatalari , metodlari, vositalarini o’rgatish hamda jizmoniy tarbiyaning xususiaytlari haqida atroflicha va chuqur bilimlar berish bilan birga ularni kelajakdagi ish faoliyatlarida amaliy ahamiyati kasp etuvchi bilim ko’nikma va malakalarini shakillantirishdan iborat.
Mavzuning vazifasi :Jismoniy tarbiya bolalarda jismoniy va irodaviy sifatlarini shakillantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon bo’lib ijtimoiy tarbiyaning ajralmas tarkibiy qismi sifatida namoyon bo’ladi.


I BOB. JISMONIY MADANIYAT DARSLARIDA PEDAGOGIK TAHLIL

1.1. Jismoniy madaniyat darslarida pedagogik tahlilning maqsadi va tahlilda bajariladigan ishlar.


Xar bir jismoniy madaniyat o`qituvchisi o`zining va kasbdoshining darsini tahlil qila olish malakasiga ega bo`lishi uning kasbiy tayyorgarligining zaruriy jihatlaridan biri deb qaraladi. To`g`ri tashkil qilingan pedagogik kuzatish orqali amalga oshirilgan darsning tahlili, jismoniy tarbiya mutaxassisining o`zini va dars o`tayotgan kasbdoshining pedagogik faoliyati haqida fikr yuritish, kasbiy faoliyatini baxolash ijobiy va salbiy tomonlarini ko`rish bilan o`qituvchilik mahorati shakllanishi hamda takomillashishiga zamin yaratadi. Jismoniy madaniyat darsining tahlili o`zining xususiy tomonlari bilan boshqa umumiy ta’lim fanlari darslarining tahlilidan farqlanadi.
Darsning zichligini tahlilchisi, unda yuklamani boshqarilishini yurak qisqarish chastatasini tahlillovchi va pedagogik tahlil olib boruvchilarsiz darsga umumiy baho berib bo`lmaydi.
Pedagogik tahlil darsning samaradorligini baholash uchun o`tkaziladi. Darsning zichligini oshirish va jismoniy yuklamani boshqarilishida qo`llaniladigan uslubiyotlarning foydaliligi, ulardan o`qituvchini ta’lim jarayonida o`rinli ishlatilishi tahlil qilinadi va darsning zichligi xronografigi, yurak qisqarishi chastatasining fiziologik qiya chizig`ining grafigi tahlil qilinadi.
Pedagogik tahlil umumiy va maxsus tahlil deb biri ikkinchisidan farqlanadi.
Darsning umumiy pedagogik tahlili deganda tahlil qilinayotgan darsning zichligi, shu darsdagi jismoniy yuklamani boshqarilishi va darsning mazmuniga kiruvchi o`quv tarbiya komponentlarini umumlashtirish orqali o`qituvchining va o`quvchilarning darsdagi faoliyatini baholanishi tushiniladi. Umumiy tahlilda maktabning pedagogik jamoasi vakillari, maktab ilmiy bo`lim mudiri yoki maktab direktori va tahlil uchun taklif qilingan shu o`quv fanining mutaxassislari (boshqa maktab jismoniy tarbiya o`qituvchilari) ishtirok etishlari ham mumkin.
Qayd qilinganlarning ishtiroki bilan umumiy tahlil jarayonini yo`lga qo`yish darsning sifatiga yoki o`qituvchining faoliyatiga to`liq umumiy baho berish imkoniyatini yaratadi.
Dars tarkibidagi komponentlar – u o’qituvchi faoliyati, o’quvchilarning darsdagi faoliyati, darsda bajariladigan jismoniy mashqlar, ularni o’quvchi organizimiga ta’sirini o’quvchilardan bir nechtasida ayrim xollarda sinf o’quvchilarining bittasida, ayrim xolatlarda sinfning barcha bolalarida darsning boshidan oxirigacha yoki darsning shu jihatini bittasi tahlil qilinishiga xususiy tahlil deb qaraladi va u alohida tahlilchi tomonidan amalga oshiriladi. Xususiy tahlil darsni to’liq baholash imkonini bermaydi. Chunki, tahlilchi dars komponentlarining barchasini bir o’zi qamrab olish imkoniyatiga ega emas.
Biz quyida jismoniy madaniyat darsining pedagogik tahlilini maqsadi, tahlilda yoritilishi lozim bo’lgan masalalar, tahlilchining dars boshlanguncha bajaradigan ishlari, o’quvchi faoliyatini tashkil qilish uslubiyatlari va unda o’qituvchining raxbarlik roli va boshqalar haqida qisqacha ma’lumot berishni lozim ko’rdik.



Download 53.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling