I. Bob Katta guruhlar psixologiyasi


Kurs ishining dolzarbligi


Download 57.34 Kb.
bet2/10
Sana26.03.2023
Hajmi57.34 Kb.
#1296657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6 abdurasulova Aziza

Kurs ishining dolzarbligi Etnik psixologiya muammolarini oʻrganishda psixologlar bilan bir qatorda tilshunoslar, tarixchilar, arxeologlar, sotsiologlar, etnologlar, antropologlar va boshqalar qatnashdilar. Turli qabilalar va xalqlar psixologiyasiga oid ulkan faktik materiallar toʻplangan. Ayniqsa, ibtidoiy xalqlar psixologiyasini oʻrganishga katta eʼtibor berildi (fransuz olimi L. Levy-Bruhl, nemis olimi R. Turnwald va boshqalar.). Etnopsixologiya bilan bogʻliq fan sohalaridan biri bu turli madaniyatlar va etnik guruhlar kontekstida ruhiy kasalliklarni oʻrganadigan transmadaniy psixiatriya.
Kurs ishining maqsadi  Yigirmanchi asrdan boshlab etnopsixologiya etnologik (psixologik antropologiya) va qiyosiy madaniy (madaniyatlararo) psixologiyaga boʻlingan. Etnopsixologiyaning ushbu sohalari turli xil kontseptual sxemalar bilan ishlaydi va turli mavzularni oʻrganadi.
I Bob Katta guruhlar psixologiyasi
Har bir shaxs o`z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar ta’sirida amalga oshiriladi. Chunki, jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman qo’shilmaydigan individning o’zi yo’q, kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar bilan muloqotda, o’zaro ta’sirda bo`ladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruhida ro’y beradi. Shuning uchun ham guruhlar muammosi, uni o’rganish va guruhlarning shakllanishiga oid ilmiy xulosalar chiqarish Ijtimoiy psixologiyaning asosiy mavzularidan va muammolaridan biridir.
Psixologik ma’noda guruh - bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Demak, olimlar guruhi tashqil topishi uchun albatta qandaydir umumiy maqsad yoki tilaklar, umumiy belgilar bo`lishi shart. Masalan, talabalar guruhi uchun umumiy narsalar ko’p (o`quv faoliyati, bilim olish, yeshlarga xos birliklar (o’spirin yeshlar), ma’lum o`quv yurtida ta’lim olish istagi va xoka’zo. Kuchada biror tasodif ro’y berganligi uchun to’plangan kishilar uchun ham umumiy bo`lgan narsa bor - bu qiziquvchanlik bo`lib utgan xodisaga guvoxlik, unga umumiy munosabatdir.
Guruhni alohida shaxslar tashqil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashqil etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan fark qiladi va o’ziga xos qonuniyatlarga buysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlarni boshqarish va ana shu guruhlarni tashqil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir.
Guruhlarning turlari ko’p, shuning uchun ham ularni turli olimlar turlicha klassifikatsiya qiladilar. Bizning nazarimizda, G. M. Andreevaning"Ijtimoiy psixologiya"darsligida klassifikatsiya guruhlarining asosiy turlarini o`z ichiga kamrab olgan. U har qanday kishilar guruhini avvalo shartli va real guruhlarga bo`ladi. Real guruhlar aniq tadqiqot maqsadlarda to’plangan laboratoriya tipidagi hamda tabiiy guruhlarga bo’linadi. Konkret faoliyat odamlarning tabiiiy extiejlari asosida tashqil bo`ladigan bunday tabiiy guruhlarning o’zi kishilarning soniga qarab katta, kichik guruhlarga bo’linadi. Katta guruhlar uni tashqil etuvchilarning maqsadlari fa’zoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlariga qarab, uyushgan va uyushmagan turlarga, kichiklari esa o`z navbatida endi shakllanayotgan - diffuz hamda taraqqiyotning yo’qsak pogonasida ko’tarila olgan jamoa turlariga bo’linadi. Guruhlarning Ijtimoiy psixologiya uchun ayniqsa muhim hisoblangan turlariga ta’rif berish va ularning psixologik qonuniyatlarini o’rganishni maqsad qilib kuygan holda, bevosita katta guruhlarning ijtimoiy psixologik qonuniyatlarini o’rganishga utamiz.Katta guruhlar psixologiyasiga xos xususiyatlar va ularni ilmiy tadkik qilish prinsiplari. k a t t a g u r u hl a r kishilarning shunday birlashmalariki, undagi odamlar soni avvalo ko’pchilikni tashqil etib, ma’lum sinfiy, ilmiy, irkiy, profesional belgilar ularning shu guruhga mansubligini ta’minlaydi. Katta gruxlarni tashqil etuvchilar ko’p sonli bo`lganligi va ular xulq-atvorini belgilovchi mexanizmlarning o’ziga xosligi tufayli bo’lsa kerak, Ijtimoiy psixologiyada olimlar ko’pincha kichik guruhlarda ish olib borishini afzal ko’radilar. Lekin katta kishilar uyushmasining psixologiyasini bilish juda katta tarbiyaviy va siesiy-mafko’raviy ahamiyatiga ega. Bu sohadagi tadqiqotlarning kamligi bir tomondan, aytib utilganidek, ko’pchilikni kamrab olishda qiyinchiliklar bo’lsa, ikkinchi tomondan, katta guruhlar psixologiyasini o’rganishga qaratilgan metodik ishlar zaxirasining kamligidir. Masalan, ishchilar yoki zielilar sinfi psixologiyasi o’rganilishi kerak, deylik. Avvalo usha ishchilarning soni ko’p, qolaversa, ishchilarning o’zi turli ishlab chiqarish sharoitlarida ishlayotgan, turli iklim sharoitlarida yashayotgan turli millatga mansub kishilardir. Ularning barchasini kamrab oladigan yagona ishonchli metodikani topish masalasi tadqiqotchi oldiga juda jiddiy muammolarni kuyadi. Shuning uchun ham har bir katta guruhga taalluqli bo`lgan asosiy yetakchi sifatni topish va shu asosda uning psixologiyasini o’rganish hozircha Ijtimoiy psixologiyadagi asosiy metodologik Yo’llanma bo`lib kelmoqda. Qolaversa katta guruhlar jamiyatning tarixiy taraqqiyoti mobaynida shakllangan guruhlar bo`lgani uchun ham har qanday guruhni o’rganishdan oldin, xox bu sinflar bo’lsin, xox millatlar yoki halqlar psixologiyasi bo’lsin, uning hayot tarzi, unga xos bo`lgan odatlar, udumlar, an’analar o’rganiladi. Ijtimoiy psixologik ma’noda, hayot tarzini o’rganish deganda, u yoki bu guruhga taalluqli bo`lgan kishilar o’rtasida amalga oshiriladigan muloqot tiplari, o’zaro munosabatlarda ustun bo`lgan psixologik omillar, qiziqishlar, kadriyatlar, extiejlar va boshqalar nazarda tutiladi. Ana shularning umumiyligi tufayli har bir shaxsda, ya’ni u yoki bu katta guruhga mansub bo`lgan shaxsda t i p i k hislatlar shakllanadi. Masalan, 90 yillarning yeshlariga xos bo`lgan tipik sifatlar ana shu yeshlar o’rtasida keng tarkalgan urf- odatlar, moda, so`zlashish xususiyatlari, kadriyatlar, qiziqishlar va xoka’zolar tufayli shakllanadi. Shuning uchun ham 20 yeshli kishining psixologiyasini tulik ravishda o’rganish uchun undagi bilish jarayonlarining o’ziga xosligi, shaxsi, harakteri va individual psixologik xususi yatlaridan tashkari, yana unga o’xshash yeshlarda ustun bo`lgan psixologik hislatlarining qanchalik namoyon bo`lishini, u mansub bo`lgan va asosan vaqtini o’tkazadigan guruhlar psixologiyasini, milliy sifatlarini ham nazarda tutish va ularni o’rganish zarur. Bu degani, har bir shaxs ongida uning yakka, alohida orttirgan shaxsiy tajribasiga aloqador psixologik tizimlardan tashkari, uning kaysi millat, elat sinfi mansubligi singdirilgan psixologik tizimlar ham mavjuddir va uni ilmiy tadqiqotchi inkor etmasligi kerak.
Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyasi
XX asrning boshida Angliyada shakllandi. Uning asoschisi ingliz psixologi Uilyam Makdugall bo‘lib, u o‘zining1908 yilda yozgan 

"Ijtimoiy psixologiyaga kirish" kitobidagi inson xulq-atvorlarining motivi yoki uni harakatga keltiruvchi kuch instinktlardir, - deb yozgan. Keyinchalik u instinkt tushunchasi bilan birga layoqat, intilish iboralarini ham ishlata boshladi. Uning fikricha, xulq-atvorni ta’minlovchi narsa tug‘ma, psixofiziologik tayyorlik holati bo‘lib, u nasldan-naslga uzatiladi. Makdugall barcha harakatlarni refleksiv holda tushuntirishga intilib, refleksiv yoyga xos bo‘lgan barcha qismlar — ya’ni efferent qabul qiluvchi, reseptiv bo‘lim, efferent (harakat) va markaziy bo‘limdan iborat tizim sifatida tasavvur qiladi. Barcha ijtimoiy harakatlar ham ana shunday 


refleksiv tabiatga egadir, deb uqtiradi u. Shunga o‘xshash fikrlar E. Ross ("Ijtimoiy psixologiya ) va Dj. Bolduin ("Ijtimoiy psixologiya bo‘yicha tadqiqotlar") qarashlarida ham rivojlantirilgan. Masalan, Bolduin ikki turli 
irsiyat xaqida — tabiiy va ijtimoiy irsiyat haqida yozib, ijtimoiy odamlardagi taqlid qilish qobiliyati bilan bog‘liq, deb yozadi. Jamiyatda yashayotgan odamlar bir-birlariga ta’sirlarini o‘tkazishga moyildirlarki, bu narsa ular o‘rtasidagi munosabatlarni boshqarib turadi. 
Shunday qilib, bu yo‘nalish tarafdorlarining fikricha, barcha ongli harakatlarning boshi — ongsizlikdir, ya’ni instinktlar bo‘lib, ular asosan hissiyotlarda namoyon bo‘ladi. Hissiyot bilan instinktlar bog‘liqligini Makdugall juftliklarda ko‘rsatishga harakat qilgan: masalan, kurash instinkti — qo‘rquv, g‘azab hissi; nasl qoldirish instinkti — rashk ayollardagi tobelik hissi; o‘zlashtirish instinkti — xususiylikka intilish hissi va hokazo. Ijtimoiy hodisalarni 
tushuntirishda tug‘ma instinktlar rolining yuqori qo‘yganligi uchun bu nazariya ilmiy taraqqiyot bosqichida salbiy o‘rin tutdi, deb aytishimiz mumkin. Lekin uning ayrim hodisalar sabablarini tushuntirishga harakat qilishi fan oldiga ulkan vazifalarni qo‘ydi. Ijtimoiy psixologiya fan sifatida ana shu muammolarni tadqiq qilishi lozim edi. 
Demak, yuqorida to‘xtab o‘tilgan uchala nazariyaning ahamiyati shundan iborat ediki, ular yangi tug‘ilishi lozim bo‘lgan fan — ijtimoiy psixologiyaning tadqiqot mavzuini ochib berdi. Qolaversa, bu uchchala yo‘nalish ham nazariy qarashlarni isbot qilishda ob’ektiv tekshiruv usuli hisoblangan eksperimentdan foydalanish zaruriyatini ko‘rsatdi. Bu narsa yana bir bor maxsus fanning kelajak rejalarini aniqlashga yordam berdi. 

Download 57.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling