I-bob. Kichik biznesda raqamli marketing faoliyatini tashkil etilishining nazariy va uslubiy asoslari
Download 96.82 Kb.
|
1.1. paragraf
I-bob. Kichik biznesda raqamli marketing faoliyatini tashkil etilishining nazariy va uslubiy asoslari 1.1. Kichik biznesda raqamli marketing faoliyatini tashkil etishning nazariy asoslari Bugungi global o’zgarishlar biznesda tub o’zgarishlarni talab qilmoqda. Kecha talab yuqori bo’lgan tovar va xizmatlar bugungi kunda ahamiyatsiz bo’lib qolmoqda. Bozorlarning to’yinishi, yuqori raqobat bosimi, iste’molchilar talablarining o’zgarishi, innovasiyalarning shiddat bilan kirib kelishi biznesning raqamli transformasiyasiga bo’lgan zaruriyatni oshirmoqda. Raqamli transformasiya – bu kichik biznesning biznes jarayonlariga yangi texnologiyalarni joriy etish usuli bo’lib, unda raqamli texnologiyalardan biznes faoliyatini o’zgartirish va yaxshilash uchun foydalaniladi. Buning hisobiga kichik biznes miqyosi kengayib, yanada samarali va daromadliroq bo’ladi. Kichik biznesning raqamli transformasiyasi yangi texnologiyalarni qo’llash orqali mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini oshirishga qaratilgan. Kichik biznesning raqamli transformasiyasida yangi texnologiyalardan biri sifatida raqamli marketing kichik biznesning butun biznes jarayonlarini qamrab oladi. Ilmiy adabiyotlar tahlili natijasidan ko’rinib turibdiki, adabiyotlarda turli atamalar uchramoqda. Jumladan, “raqamli marketing”, “onlayn marketing”, “yangi marketing”, “elektron marketing”, “internet marketing”, “maqsadli marketing”, “interaktiv marketing” va boshqalar. Bu borada mahalliy mutaxassislarimizdan Z.A.Xakimov va U.U.Sharifxodjayevlar AQShda ko’proq “onlayn marketing”, Italiyada esa “veb-marketing”, Buyuk Britaniya, Rossiya va boshqa ko’plab mamlakatlarda “raqamli marketing” atamasi keng qo’llanilishini ta’kidlashmoqda1 []. Ularning barchasi bitta potentsial iste'molchilarni kompaniyaning tovarlari va xizmatlarini sotib olishga jalb qilishga yo’naltirilgandir. Shu bilan birga, brendlarni bozorga olib chiqish va kompaniyalarning sotish hajmini oshirish maqsadida xaridorlarni jalb qilish va ushlab turishning turli shakllari va usullaridan foydalaniladi. Jahon biznes olamida “raqamli marketing” kategoriyasi 1990-yillardan boshlab qo’llanila boshlagan2. 2010 yilga kelib iste’molchilar bilan chuqur va yaqin aloqalarni samarali tashkil qilish uchun kompleks sifatida raqamli marketing vositalarining ahamiyati yanada oshdi3. “Raqamli marketing” atamasi 1990-yillargacha bo’lgan davrda deyarli qo’llanilmagan va ilmiy manbalarda keltirib o’tilmagan. Birinchi marta raqamli texnologiyalardan foydalanish amaliyoti yirik reklama kompaniyalardan biri SoftAd (hozirgi ChannelNet kompaniyasi) tomonidan bir qancha avtomobil sotuvchi kompaniyalar faoliyatini targ’ib qilish maqsadida qattiq disklarni mijozlarga tekin tarqatish orqali o’zining reklama faoliyatini amalga oshirgan. So’ngi yillarda “raqamli marketing” tushunchasiga yondashuvlar ham ko’payib bormoqda. Raqamli marketing tushunchasiga Amerika marketing assotsiatsiyasi quyidagicha ta’rif bergan “raqamli marketing – bu mahsulot va xizmatlarni tadbiq qilish uchun Internet va kompyuterlar, mobil telefonlar va Internetga ulanadigan boshqa raqamli texnologiyalardan foydalanadigan marketingning tarkibiy qismidir [7]. Z.A.Xakimov va U.U.Sharifxodjayevlar raqamli marketingga quyidagicha “Raqamli marketing bu – mijozlarga raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali erishishdir” deb ta’rif berishgan []. Raqamli marketingning shiddat bilan rivojlanishi, insonlar hayotiga va biznes jarayonlarga kirib borishini mutaxassis Nilsen quyidagicha izohlaydi: “raqamli platformalar marketing rejalari va kundalik hayotga tobora ko’proq kirib kelayotganligi sababli insonlar jismoniy do’konlarga tashrif buyurish o’rniga raqamli qurilmalardan ko’proq foydalanishmoqda. Natijada qidiruv tizimini optimallashtirish (SEO), qidiruv tizimi marketingi (SEM), kontent marketing, influyenzer marketing, kontentni avtomatlashtirish, kampaniya marketingi, ma’lumotlarga asoslangan marketing, elektron tijorat marketingi, ijtimoiy media marketing (SMM), to’g’ridan-to’g’ri email marketingi, displey reklama qilish, elektron kitoblar va optik disklar odatiy holatga aylandi”[1]. Raqamli marketing texnologiyalari bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan yana bir mutaxassis Margaret Rouz raqamli marketing televideniye, mobil telefonlar (SMS va MMS), qayta qo’ng’iroqlar va ushlab turilgan mobil qo’ng’iroq ohanglari kabi raqamli medialarni taqdim etuvchi Internetdan tashqari kanallarni ham qamrab olayotganligini ta’kidlaydi [2]. Warwick universiteti manbalariga ko’ra Internetdan tashqari kanallarni ham qamrab olish raqamli marketingni onlayn reklama qilishdan farqli jihatlari borligini ta’kidlaydi. Ya’ni raqamli marketing Internetdan tashqari ba’zi sanab o’tilgan internetsiz platformalarni o’z ichiga olishi bilan u “onlayn reklama qilish”dan farqlanadi [3]. Demak, texnologiyaning rivojlanishi, xususan, mobil qurilmalar va ilovalarning paydo bo‘lishi biznesni ko‘p jihatdan osonlashtirdi. Bundan tashqari, iste'molchilar sotuvchilar va etkazib beruvchilar bilan bog'lanish va ulardan turli xil mahsulotlarni sotib olish uchun smartfon va planshetlaridan tobora ko'proq foydalanmoqda. Shu sababli, ko'plab kichik biznes subyektlari o'zlarining marketing va reklama strategiyalarini - asosan to'g'ridan-to'g'ri pochta, ijtimoiy tarmoqlar, mobil telefonlar orqali amalga oshirmoqda. Yangi texnologiyalar va Internetning paydo bo'lishi va doimiy rivojlanishi bilan kichik biznes subyektlari o'z mahsulotlarini sotishga yordam beradigan ko'plab vositalarga ega bo’ldi. Raqamli marketingga asoslangan bunday innovatsion strategiyalar tadbirkorlarga kengroq maqsadli auditoriyani qamrab olish, tegishli va jozibador auditoriya yaratish hamda iste’molchilarning istaklarini yanada aniqroq bilishlari orqali o‘zlarining marketing va reklama sa’y-harakatlarini ilgari hech qachon bo‘lmaganidek kengaytirish imkoniyatini bermoqda. Biroq, har qanday operatsion strategiyada bo'lgani kabi, raqamli marketing ham katta e'tibor talab qiladi. Kichik korxonalar, bu holda, o'z mijozlarining ehtiyojlarini tahlil qilish va o'rganish, o'z faoliyatini iste'molchilar talablariga muvofiq ravishda to'g'rilash, shu bilan birga strategik maqsadlarini muvofiqlashtirish kerak bo'ladi. Ilmiy adabiyotlar tahlili asosida xorijiy mutaxassislarning raqamli marketingga bergan ta’riflari o’rganib chiqildi va jamlanmasi 1.1-jadvalda keltirilgan. Download 96.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling