I-bob. Kichik biznesda raqamli marketing faoliyatini tashkil etilishining nazariy va uslubiy asoslari


manba: ilmiy adabiyotlar tahlili asosida muallif ishlanmasi


Download 96.82 Kb.
bet5/5
Sana21.06.2023
Hajmi96.82 Kb.
#1643398
1   2   3   4   5
Bog'liq
1.1. paragraf

manba: ilmiy adabiyotlar tahlili asosida muallif ishlanmasi.
Raqamli marketing kanallari - bu tomonlar o'rtasidagi aloqani tashkil qilish, ma'lumotlarni uzatish va almashish uchun mo'ljallangan moddiy-texnik makonidir. Kommunikasiya kanalining funksiyasi aloqani tashkil etish, axborot uzatish va almashishdir.
Raqamli marketing kommunikatsiyalarining vazifasi - tomonlar o'rtasida ma'lumot uzatish va almashish, tomonlarning faol ishtirokida "yangi reallik"ni yaratish.
Kichik biznesda raqamli marketingni tashkil etish bevosita raqamli kanallar va raqamli instrumentlar bilan bog’liq ekan. O‘zbekistonda raqamli marketing jadal rivojlanmoqda. Kichik biznes uchun samarali marketing siyosatini amalga oshirishning yangi imkoniyatlarini shakllantirish katalizatori bo‘lib IT texnologiyalari xizmat qilmoqda.
Hozirgi kunda raqamli marketing uchun katta miqdordagi mablag’larni yo’naltirish zarur emas, balki, kichik biznes subyektlari eng boshlang’ich faoliyatni, ya’ni xaridorlar faol bo’lgan onlayn platformalarda yaxshi mazmunga ega marketing mahsulotlarini taqdim etishlari lozim. Korxonalarda eng muhim bo’lgan dastlabki vazifalarni, ya’ni xaridorlarning savollariga onlayn javob berishlari, xaridorlarning mahsulot haqidagi fikrlariga izoh berishlari, raqamli platformalar orqali brendning mohiyatini yetkazib berish kabilarni amalga oshirishlari zarur.
Kichik biznes subyektlari bugungi kunda, raqamli marketingdan samarali foydalanib, qisqa muddatda bozorda o’z o’rnini topib bormoqda. Raqamli texnologiyalardan foydalanmasdan kichik biznesda marketing boshqaruv tizimlarini yaratib bo’lmaydi. Bozor faoliyati bilan bog’liq bo’lgan korxonalarning turli bo’linmalari doimiy ko’payib boradi va qayta ishlangan ma’lumotlarni talab etadi. Marketing sohasida “eng yaxshi axborotga ega bo’lgan biznes subyekti – eng yaxshi bozorlarni biladi” degan g’oya bor. Bu esa samarali marketing axborot tizimlarini yaratishni nazarda tutadi. Samarali marketing axborot tizimlari bevosita raqamli marketing kanallari orqali amalga oshiriladi.



1 Z.A.Xakimov, U.U.Sharifxodjaev. Interaktiv va raqamli marketing. T. “Iqtisodiyot”, 2020

2 Clark, Dorie. The end of the Expert: Why No One in Marketing Knows What They’re Doing. Forbes. 2012 y.

3 Kates, Matthew. Making digital and traditional marketing work together. Econsultancy. 2013


Download 96.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling