I bob. Kichik biznesni rivojlantirish va aholi bandligini taminlashning nazariy va huquqiy asoslari


-jadval.Innovatsion infratuzilmaning umumiy sxemasi10


Download 299.7 Kb.
bet5/8
Sana20.12.2022
Hajmi299.7 Kb.
#1036427
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O’ZBEKISTONDA KICHIK BIZNESNI RIVOJLANTIRISH ORQALI AHOLI BANDLIGINI TAMINLASH YO’NALISHLARI FARG’ONA VILOYATI MISOLIDA

1.2.3-jadval.Innovatsion infratuzilmaning umumiy sxemasi10
ni ishlab chiqarishga tez va keng ko’lamda joriy etish hisobiga erishmoqdalar.
Innovatsion jarayonni kichik biznes sohasidagi muhitga muvofiqlashtirish, uning samarasini oshirish mavjud ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlardan to’liq foydalanishni taqazo etib boradi. Asosiy e’tibor esa bozor raqobati sharoitida eng maqbul variantlarni tanlash hamda kichik korxonalarning faoliyatini har tomonlama jadallashtirishga qaratilishi lozim.
Kichik biznes va innovatsiya tushunchalari bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lib hisoblanadi. Ko’plab iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlari va asarlarida biznes va tadbirkorlikning innovatsiya tushunchasi bilan o’zaro bog’liq ekanligini ko’rish mumkin.
Innovatsiya atamasini ilmiy asoslab bergan mashhur iqtisodchi-olim Y.Shumpeter “tadbirkorlik – ishlab chiqarish omillaridan foydalanishning yangi kombinatsiyalarini amalga oshiradigan va shu bilan iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlaydigan kishi”, - deb ta’riflaydi11.
Mashshur iqtisodchilardan yana biri, marketingning rivojlanishiga sezilarli hissa qo’shgan iqtisodchi P. Druker innovatsiyalarning aynan iqtisodiy asosini ta’kidlab, “tadbirkorlar innovatsiya yordamida yangi xizmatlar yoki biznes turini amalga oshiradi”, degan g’oyani ilgari surgan. “Tadbirkorlik innovatsiyani boshqarish jarayoni bo’lib, tadbirkor esa har bir imkoniyatdan maksimal foydalanuvchi shaxs”, deb tushuntiradi12
O’zbekistonlik iqtisodchilar S. G’ulomov va B. G’oyibnazarovlarning ta’kidlashicha, “kichik biznes korxonalari yangi innovatsiyalar va tashabbuskorlikni talab etib, shular asosidagina iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash mumkin. Buning uchun kichik biznes korxonalari fan va texnikada erishilgan so’nggi innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishga alohida e’tibor qaratishlari lozim”13.
Bugungi kunda iqtisodiyotning integratsiyalashuvi, raqobat bozorining tobora kuchayib borishi, iste’molchilar ehtiyojlarining tez o’zgara borayotganligi har bir tadbirkordan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni talab etmoqda. Shu sababli ham korxonalarning faoliayatini innovatsion rivojlantirish zamon talabiga aylanib bormoqda.
Kichik biznes subyektlarining innovatsion faoliyati asosan quyidagilarni nazarda tutadi:

  • Ishlab chiqarish jarayoniga yangi hamda takomillashgan mahsulotni

kiritish;

va bu bilan tannarxning pasayishiga erishish;

  • Ishlab chiqarilgan mahsulotlarda doimiy ravishda iste’mol va sifat

ko’rsatkichalarini oshirib borish.
Kichik biznes korxonalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirishdan maqsad butun ishlab chiqarish tizimini yangilash hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ilmiy-texnik, intellektual va iqtisodiy salohiyatdan samaraliroq foydalanish asosida soha raqobatbardoshligini oshirishdan iboratdir.
Kichik biznes korxonalari kishilardagi tashabbuskorlik, tadbirkorlik hamda mulkka egalik qilish qobiliyatlarini ro’yobga chiqarish vositalaridan biri bo’lib hisoblanadi. O’rta mulkdorlar sinfini shakllantirishda, aholini ish bilan ta’minlash va pirovardida milliy farovonlikni oshirish ushbu sektorning qay darajada rivojlanganligiga bog’liq.



Download 299.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling