I bob. Kichik biznesni rivojlantirish va aholi bandligini taminlashning nazariy va huquqiy asoslari
Download 299.7 Kb.
|
O’ZBEKISTONDA KICHIK BIZNESNI RIVOJLANTIRISH ORQALI AHOLI BANDLIGINI TAMINLASH YO’NALISHLARI FARG’ONA VILOYATI MISOLIDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sanoat Xizmatlar Qurilish Bandlik
- 2.2. Kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyat tahlili
2.1.2-jadval
2018-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning hududlar bo’yicha ulushi, foizda15
Keyingi yillarda tadbirkorlikni innovatsion rivojlantirish, faol tadbirkorlikni shakllantirish masalasi obyektiv zaruriyatga aylandi. Chunki tadbirkorlikni innovatsion rivojlantirish orqali raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, iqtisodiy faollikni ta’minlashga erishiladi. Zero, “Faol tadbirkorlik biznes faoliyatini innovatsion, ya’ni zamonaviy yondashuvlar, ilg’or texnologiya va boshqaruv usullari asosida tashkil etadigan iqtisodiy yo’nalishdir. Faol tadbirkor deganda, biz raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga qodir, eng muhimi, yangi ish o’rinlari yaratib, nafaqat o’zini va oilasini boqadigan, balki butun jamiyatga naf keltiradigan ishbilarmon insonlarni tushunamiz”. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo’llagan Murojaatnomasida mamlakat iqtisodiyotiga munosib hissa qo’shayotgan, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarib, yangi ish o’rinlari yaratayotgan tadbirkorlar safini kengaytirish, jumladan, yuqori texnologiyalar, ilm-fanning eng so’nggi yutuqlariga asoslangan texnika va asbob-uskunalarni mamlakatimizga olib kelish va joriy etish uchun ularga munosib sharoitlar yaratish birinchi navbatdagi vazifa ekanligi qayd etilgan. Zamonaviy sharoitlarda tadbirkorlik faoliyatida ilm-fanning so’nggi yutuqlari, innovatsiyalardan keng foydalanish orqali iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror iqtisodiy o’sish hamda iqtisodiy faollikni ta’minlash uchun dasturulamal bo’lib xizmat qiladi. 2.2. Kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyat tahlili Mamlakatimiz iqtisodiyotini mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy tuzilmasiga ega bo’lish va shu orqali barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlariga erishish vatanimiz taraqqiyoti va xalq farovonligini ta’minlashning muhim shartlaridan hisoblanadi. Bu maqsadga erishish uchun esa, avvalo, iqtisodiyotning real sektorini jadal rivojlantirish lozim. Shunga ko’ra, bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash dolzarb ahamiyat kasb etib, respublikamizda ushbu jarayon bir qator asosiy yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirildi. Ayniqsa, real sektor korxonalarini qo’llab-quvvatlashda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, kooperatsiya va integratsiya aloqalarini tobora kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo’lga qo’yish hamda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag’batlantirish masalalari alohida o’rin tutdi. Zamonaviy ilm-fan yutuqlari va yangiliklaridan foydalanish kichik biznes korxonalari faoliyatini har tomonlama rivojlantirishda hal qiluvchi omil bo’lib xizmat qiladi. Innovatsiyalar ilmiy-texnologik o’zgarishlar globallashuvi sharoitida amal qilish maydoniga ko’ra inson faoliyatining barcha sohalari va jamiyatning har bir jabhasini qamrab olgan holda turli mamlakatlar va sivilizatsiyalar o’rtasidagi keskin farqlarni bartaraf etishda uning yutuqlaridan keng foydalanish va har bir mamlakatning innovatsion taraqqiyoti orqali jahon sivilizatsiyasi va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida o’z hissasi va ta’siriga ega bo’lish imkonini beradi. Yangi texnologiyalarning rivojlanishi va ular asosida tamomila yangi tovar va xizmatlar turlarini sotish tezligi shunga olib kelmoqdaki, bozordagi vaziyat va iste’molchilarning ehtiyojlari tobora o’zgarmoqda. Iste’molchi nimani, qayerdan, qanday ko’rinishda va qanday narxda sotib olishni istashini aytmoqda. Bunday hollarda korxona ishlab chiqarishida innovatsion faoliyatni samarali yo’lga qo’yish qo’l keladi. Korxonalarda innovatsion faoliyat eng avvalo, ishlab chiqarishni takomillashtirish vazifalari va imkoniyatlari bilan emas, balki iste’molchilarning yangi mahsulot tavsifnomalari borasida nimalarni afzal ko’rishini o’rganish natijalari bilan belgilanadi. Yangi mahsulot ishlab chiqarishni o’zlashtirishda ushbu mahsulotni laboratoriyada sinab ko’rishga emas, balki bozorda tekshirib ko’rishga ko’proq e’tibor qaratishi lozim. So’nggi yillarda mamlakatimizda o’z kuchi bilan innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar ishlab chiqargan korxona va tashkilotlar soni keskin oshib bormoqda. 2010-2017 yillar oralig’ida innovatsion mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar soni 7,5 martaga oshdi. 2010-yilda shunday korxonalar soni 289 ta ni tashkil etgan bo’lsa, 2014-yilga kelib 1601 ta, 2017-yilda esa 2171 tani tashkil etdi. Birinchi marta innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar ishlab chiqarishni o’zlashtirgan korxonalar soni 1007 ta ga ko’paydi. Innovatsion mahsulotlar va xizmatlar hajmi ham yildan yilga ortib bormoqda. 2017-yilda innovatsion mahsulotlar va xizmatlar hajmi 18543,3 mlrd. so’mni tashkil qildi. Bu ko’rsatkich 2016-yilga nisbatan 1,7 barobar, 2008 yilga nisbatan 14 barobarga ko’paygan. Innovatsiyalarga qilingan xarajatlar esa 2016-yilga nisbatan 1,6 foizga kamayganligini ko’rish mumkin. Download 299.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling