Bolalar qanday qilib baxtli bo’lishlari mumkin?
Agar bola ota-onasining gapiga quloq solsa, ularning aytgan yo’lidan chiqmasa, bergan maslahatlarini jon deb qabul qilsa, ularga shunchaki quloq solib qo’ya qolmay, butun kuchi bilan amal qilishga urinsa va doimo yodida tutsa, bunday bola katta bo’lganda albatta baxtli bo’ladi.
Bola qanday qilib baxtsiz bo’lib qoladi?
Agar bola o’z ota – onasining beg’araz chin ko’ngildan mexribonlik qilib aytgan so’zlariga quloq solmasa, bergan maslahatlariga e’tiborsiz bo’lsa, boshqalarning pandu nasihatlarini tinglamasa, bora – bora yo’ldan adashadi, oqibat natijasida baxtsiz bo’lib qoladi. Baxtsiz bolalar katta bo’lganidan keyin o’z baxtsizliklariga o’zlarini aybdor, deb hisoblamay, ota - onalariga tuhmat toshlarini otishadi, baxtsizliklarini sababchisi qilib ularni ko’rsatishadi.
Bolalar! Siz xayotda ko’rib turganingizdek, ilmli va ma’rifatli kishilar hamisha izzat va ikromda, bil’ aks, puli ko’p, manman degan badavlat kishilar esa obro’ jihatidan ularning oldida pastdir. Bundan ko’rinib turibdiki, ilm kishini el oldida azizu mukarram qilar ekan”.
(Mustafo Homiyposhsho).
* * *
“Bolaga ota - onaning foydali maslahat berishi yaxshi. Lekin ularning o’z hayotiy tajribalaridan namunalar ko’rsatishi undan ham yaxshi”
R. Usmonov.
* * *
“Go’dakligidan boshlab farzandingizda o’zi uchun xizmat qilish ko’nikmalarini shakllantiring”.
(“Donolar nasixati”dan)
* * *
“Baxtli oila – bu el e’zozida, xalq e’tiborida yashaydigan hamda insonlar orasida, jamoada, jamiyat a’zolari orasida ibrat – namuna bo’la oladigan osoyishta va xotirjam oiladir”.
Xolbo’ta To’raqulov.
* * *
“Jamiyat degan imkoniyatlar maydoni bor. Jamiyatda esa oila degan muqaddas qo’rg’on bor.
Oilada esa farzand degan buyuk ne’mat bor.
Ana shular asosida davlatimiz siyosatida barkamol avlod tarbiyasi bor.
Barkamol avlodni tarbiyalashda faol ishtirok etish – bu ham buyuk baxtdir”.
Do'stlaringiz bilan baham: |