I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy tarbiya berishning pedagogik asoslari
Download 0.68 Mb.
|
2 5220116763525519013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Onasi
Ko’rdingizmi bolalarim! Omonatga xiyonat, ochko’zlik ikki qadrdon do’stni nobud qilibdi. Oltin esa har ikkoviga ham buyurmay, sabil qolibdi. Alqissa odam har qanday vaziyatda ham insoniylikni unutmasligi, hyech qachon do’stlikka xiyona qilmasligi lozim. Haligi ikki hamtavoq bir xum oltin vasvasasiga uchib, do’stlik rishtasini uzmaganlarida jonlari omon qolar, boy – badavlat, farovon hayot kechirishardi [14. 159 – 160 b.].
Bu orqali bolalar ongiga do’stga sadoqat singdiriladi. Shu yerda DO’ST BILAN “Do’st bilan obod uying, Gar bo’lsa ul vayrona ham. Do’st qadam qo’ymas ekan, Vayronadur koshona ham”, deb boshlanadigan qo’shiqni bolalarga qo’yib bering. O’zingiz tushuntirib bering. Keyingi bahsga shu qo’shiq haqida bahs yuritamiz, shunga tayyorlanib kelinglar deb uyiga vazifa bering. MEHR Ko’chada o’ynab yurgan bolakay mo’jazgina hovlida ish bilan band onasining oldiga qo’lida bir dona tuxum bilan chopib keladi. Onasi: Qayerdan olding? Bola: Ana u pichanning ustiga qo’shnimizning tovug’i tuxum qilibdi. Qarasam, hyech kim yo’q. Oldim. Onasi: O’rtoqlaring ko’rmadimi? Bola: Yo’q. Onasi: Qo’ni – qo’shnilarchi? Hyech kim yo’q edimi? Bola: Hyech kim yo’q edi. Onasi: Yaxshi, hozir pishirib beraman. Keyin bu odatiy holga aylanib qolibdi. Oxiri, tovuq tuxumdan qolgandan keyin, bola tovuqning o’zini tutib, onasiga keltiribdi. Onasi: Hyech kim ko’rmadimi? Bola: Hyech kim ko’rmadi. Onasi: Yaxshi, hyech kim ko’rmagan bo’lsa, hozir sho’rva qilib beraman. Shunday qilib, bola boshqa qing’ir ishlarga ham qo’l uradigan bo’libdi. Bora – bora qiynalmasdan, burovning haqqidan qo’rqmasdan, or qilmasdan yashashga o’rganibdi. Kunlardan bir kuni shoh saroyiga o’g’rilikka kiribdi. Bu gal omadi yurishmagan yigit qo’lga tushibdi. Shoh qo’lga tushgan o’g’rini shahar maydonida ko’pchilik oldida osishni buyuribdi. Farmon bajarilishidan oldin shoh yigitga oxirgi so’zga ruxsat bergan ekan. Yigit: O’limim oldidan onamni bir ko’rsam. Onasini olib kelibdilar. Onaizor yelib – yugurib, sochlari to’zg’igan, oyoqyalang holda hansirab farzandi oldiga ko’tarilibdi. - Voy, ko’zimning oqu qorasi, umrimning mazmuni, hayotim quvonchi, nima savdolar tushdi boshimga, - debdi. – Sen o’lguncha, men o’lay, bolam! O’g’lining oldiga yaqinlashganda, o’g’li: - Onajon, o’limimdan oldin tilingizdan bir o’pay, - deb iltimos qilibdi. Voy, men o’lay. Bu nima deganing? Mayli bolam, - deb, tilini chiqarib o’g’liga yaqinlashgan ekan, o’g’li onasining tilini tishlab, uzib olibdi – da, onasiga qarab: - Onajon, meni bu dor tagiga olib kelgan mana shu tilingiz bo’ladi, - debdi. – Agar siz mening o’g’irliklarimga boshida, qo’y, bolam, bu birovning mulki, peshona teri, halol mehnati evaziga kelgan, birovning mulkiga xiyonat qilgan odamning kuniga maymun yig’laydi, deb tushuntirganingizda, o’zing mehnat qilgin, mehnat qilsang xor bo’lmaysan, sabr – qanoatli bo’l, xalq orasida obro’ qozonasan, deb noto’g’ri yo’ldan qaytarib, tarbiyalaganingizda, bu yo’lga kirib hozir o’lim oldida turmagan bo’lar edi. Yig’ilgan xaloyiq gaplarimni eshitsin, ikkalamizning ham yo’l qo’ygan xatolarimizni ko’rsin, ulardan xulosa chiqarishsin, bizning boshimizga tushgan kulfat boshqalarning boshiga tushmasin. Bu rivoyatdan ko’rinib turibdiki, agar onaning o’zi tarbiya ko’chasidan ozgina toyib ketsa, hosilasi afsusnadomatdan boshqa narsa bo’lmaydi [8. 68 – 70 b.]. Bu rivoyat ayniqsa ota – onalarga bola tarbiyasida mayda – chuyda narsa bo’lmasligi kerakligini uqtiradi. Tarbiyaning inson kamolotidagi kuch – qudrati cheksiz shu sababli bola tarbiyasini ona qornidayoq boshlash kerak. Chunki tarbiya tufayligina shaxs kamoloti uzluksizligini muvaffaqiyatli ta’minlash mumkin. Ushbu yo’nalish bo’yicha nafaqat rivoyatlar, balki turli xil didaktik materiallardan ham foydalanish mumkin. Quyida ularning ba’zilari to’g’risida to’xtalamiz. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling