* * *
“Johillikdan balo paydo bo’lg’usidir”.
(“Qomusnoma”dan)
* * *
“Ayanchli taqdir osmondan tushmaydi, u har bir kimsaning axmoqligidan kelib chiqadi”.
Aziz Isroilov.
* * *
“Ko’pdan ko’p baxtsizliklarning ildizi shundaki, yoshlikdanoq bola o’z xohishlarini tizginlashga, bu ishni qilish mumkin, bunisini albatta qilish kerak, buni qilish esa mumkin emas, degan tushunchalarga to’g’ri yondashishga o’rgatilmaydi”.
V.A.Suxomlinskiy.
* * *
“Nodonlikdan yomonlik keladi faqat,
Nodonga yondoshma bosmasin g’aflat”.
Abulqosim Firdavsiy.
* * *
“Tarbiyada haddan tashqari ezgulik, nasihatgo’ylikka moyillikdan saqlaning”.
(“Donolar nasihati”)
* * *
“Bolalar tarbiyasida mayda – chuyda, ikkinchi darajali narsa bo’lmasligini yodda tuting”.
(“Donolar nasihati”)
3.5.4. «Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarida insoniylik fazilatlarini shakilantirishga oid
didaktik ma’lumotlar
“Bolalarni tarbiyalashda donishmandlar hikmatlaridan foydalaning! Zеro, bolalarni buyuk allomalar fikriga ergashtira olish o’ta savobli ishdir”
Xolbo’ta To’raqlov
MTM da bolalar tarbiyasida donolar o’gitlaridan foydalanish ijobiy samaralarni qo’lga kiritishga didaktik asos bo’la oladi. Ushbu didaktik asoslar tarbiyachi yoki murabbiylarning donolar o’gitlari bo’yicha qanday ma’lumotliliklariga egaligiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Ularning mazkur yo’nalishdagi ma’lumotliligi esa MTM pedagogik xodimlarining intellektual salohiyatidagi sifat ko’rsatkichi bo’lib, o’zida
shaxsning rivojlanish darajasi, uning tajribasi, ko’nikma va malakalarini mujassam qiladi hamda mavjud hikmatlardan foydalanish, ular yordamida yangi bilimlarni egallab, rivojlantirib borish qobiliyatlarini e’tiborga olish mahsulidir. Bu sifat ko’rsatkich tarbiyachi va murabbiylarning bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotimizning ushbu qismida “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarida donolar o’gitlaridan foydalanishga oid bo’lgan didaktik ma’lumotlarni keltiramiz. Bu sohaga tegishli ma’lumotlar juda ko’pligini e’tiborga olib insoniy fazilatlardan ayrimlarini oldik.
BAXTLILIK
“Bolalar hayotda o’sib ulg’ayar ekanlar, ularning tole’lari ikki narsadan ayri bo’lmaydi yo baxt – saodatli bo’ladi yoki gumrohlik yo’liga kirib, baxtsiz bo’lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |