TO’RTLIKLAR:
Sotqinga o’lim.
Vatanni sev, o’g’lim, ming jondan ziyod,
El – yurtga sadoqat go’zaldir, so’lim!
Xiyonat bu g’amdir, kulfatdir, faryod,
Sotqinning jazosi hamisha o’lim.
Kalonxonova M., Kalonxonova M.
* * *
Qarg’ishu so’kinishdan asran!
Qarg’ish aylaganni qarg’ar bu dunyo,
So’kkan odamlarni so’kadi, bilgil.
Og’zingdan tushmasin shirin so’z, duo,
Hamisha har kimga xush niyat qilgin.
Kalonxonova M., Kalonxonova M)
* * *
Qasd qilgan past bo’lur.
Qasd qilmoq – gunoh, bil,
Avf etmoq – savob.
Kechirgan kas fozil,
Qasd qilgan xarob.
Kalonxonova M., Kalonxonova M.
* * *
Yolg’onchilik – illat.
Har kishi obro’ni eldan zo’rg’a misqollab yig’ar,
Ketmasin obro’si kasning ketsa ham joni agar.
* * *
Bitta tuhmat birla hurmat ko’kka uchdi misli par,
Berahm, jallodu qotil – behayo yolg’onchilar.
Marhabo Karimova.
HIKMATLI SO’ZLAR:
“Yolg’on kishining obro’sini to’kadi, hazil – mazax ham kishini shunga o’xshash beizzat qiladi”.
Yusuf Xos Hojib.
* * *
“Qilgan yaxshiligini minnat qiluvchi va kishilarga lanat aytib yuruvchi va og’zi beposhna hamda uyatsiz odamlar mo’min emasdur”.
(“Hadis”dan).
* * *
“Har bir ozor beruvchi otashi do’zaxda bo’ladi”.
(“Hadis”dan).
* * *
“Burovga hadya berib keyin qaytarib olgan odam to’yguncha yeb, keyin qusib, qusganini qaytadan yalagan itga o’xshaydi”.
(“Hadis”dan).
* * *
“Yolg’on so’zlash, ezmalik, takabburlik, chaqimchilik kishining obro’sini yo’qotadi. Vafodorlik, shoshma – shosharlikdan parhyez etish va tavoze’ obro’ni ko’taradi”.
Shayx Junayd.
Do'stlaringiz bilan baham: |