I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy tarbiya berishning pedagogik asoslari


II - BOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA “MA’NAVIYAT SABOQLARI” MASHG’ULOTLARINI OLIB BORISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI


Download 0.68 Mb.
bet11/120
Sana19.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1609294
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   120
Bog'liq
2 5220116763525519013

II - BOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA “MA’NAVIYAT SABOQLARI” MASHG’ULOTLARINI OLIB BORISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
2.1. Maktabgacha ta’lim muassasalarida “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlari

“Biz xalqimizning dunyoda hyech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hyech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta


muhim ishni o’z holiga, o’zi bo’larchilikka tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo’g’rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir – oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin” [2. 4-b].
Ma’naviyat o’zi nima?
Ma’naviyat to’g’risida quyidagi fikrlarga e’tibor beraylik:
1. “Ma’naviyat insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon – e’tiqodini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir” [2. 19 - b].
2. “Ma’naviyat – (arabcha – ma’nolar majmui) kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui.
Ma’naviyat kishining ichki, ruhiy, axloqiy qiyofa tushunchasi bo’lib, ma’lum bir axloq me’yorlari, maromlari asosida yashash tarzi, umuman hayotidir” [27. 204 - b].
3. “Inson, ona qornidan boshlab, butun hayoti davomida orttirgan foydali bilimlarini amalda qo’llayverish natijasida unda hosil bo’lgan ko’nikma va malaka, uning hayot tarziga aylanganlik darajasi ma’naviyat deyiladi”.
Binobarin, ma’naviyatga quyidagi falsafiy ta’rifni bersa bo’ladi.
Ma’naviyat – bu kishining egallagan foydali bilimlari amaliy hayotida sinalaverib, ko’nikma va malaka darajalaridan o’tgan va ruhiga singib, hayot tarzida aks etadigan ijobiy ijtimoiy sifatlar majmuidir [11. 8 - b].

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling