Xolbo’ta To’raqulov.
Tejamkorlikka oid pedagogik masala tuzib, uning yechimlarini tahlil qiling va bu mavzuga oid rivoyatlardan foydalaning. Masalan, uchta non haqidagi rivoyat va shu kabilar.
Xulosada bolalar ongida tejamkor bo’lmasa, isrofgarchilikka yo’l qo’ysak oxir oqibatda kambag’al, qashshoq va muhtojlikka duchor bo’lar ekanmiz, degan fikrni shakllantira olsangiz, demakki, maqsadga erishgansiz.
“Odami ersang, dеmagil odami, Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami”.
Alishеr Navoiy
7. Insonparvarlik - ma’naviy
boylik.
Bu mashg’ulotda insonni ulug’lashga
katta e’tibor qaratish kerak. “Inson –
tabiat gultoji” va “Inson-jamiyat
yetakchisi” kabi fikrlarni bolalar
ongiga tushunarli qilib yetkazing. Bunga sabab insonparvarlik o’zbek xalqining ajralmas fazilati va yana insonparvarlik o’zbek xalqining ajralmas xislati hamdir.
Bu mashg’ulotda quyidagi didaktik materiallardan foydalanilsa mashg’ulot samarali bo’ladi:
* * *
“Har kimki, xazrati insonni sajdaga sazovor demasa u mal’undir”
Mirzo Bedil
* * *
“Hayot eng yaxshi murabbiydir”
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Otaga itoat-Allohga itoat qilishdir”
(“Hadis”)
* * *
“Insoniyligi bo’lmaganning muloyimligi ham bo’lmaydi”
(“Otalar so’zi”)
Mashg’ulot xulosasida bolalarning o’z guruhlaridagi do’stlarini va MTM dagi tarbiyalanuvchilarini, tarbiyachi va murabbiylarini, ota-onasi, aka-ukasi, opa-singillarini, qarindosh-urug’lari va xullas odamlarni hurmat qilishiga erishsangiz, bilingki, siz buni uddaladingiz.
8. Vatanparvarlik - o’z vatanin
“Vatanni sеvmoq imondandir”
“Hadis”
sevmoqdir.
Bu mashg’ulotda vatanparvarlik
haqida so’z yuritishdan oldin, Vatan
tushunchasining mazmun -mohiyatini
yoritish kerak. “Vatan” so’zi arabcha
so’z bo’lib, uning ma’nosi “Ona - yurt”ni anglatadi.
Jonajon O’zbekistanimiz - o’zbek xalqining Vatani, muqaddas ona yurti ekanligini bolalar ongiga singdiring, chunki shoir aytganidek,
Do'stlaringiz bilan baham: |