* * *
“Mo’min kishi birovning haqiga xiyonat qilmaydi”.
(“Hadis”)
* * *
“Insof eng yaxshi fazilatdir. Kimda insof bo’lsa, u mard kishidir”.
(“Otalar so’zi”)
Mashg’ulotni olib borishda insofli odam o’zining g’ururini, oru-nomusini saqlay oladi va shu g’urur hamda nomus uchun doimo kurashib yashash kerak, degan xulosaga kelishga harakat qiling!
3. Oriyat va oriyatlilik.
“Oriyat-jondan qimmat”.
A. Shopеngauer
Bu mashg’ulotda oriyat kategoriyasi
va oriyatli odam haqida ma’lumot
berilishi kerak. Oriyat tushunchasini
oilaning yoki mahallaning or-nomusi
bilan bog’lab tushuntirgan ma’qul.
Bolalarga odamlar ichida moddiy manfaatdan ko’ra or-nomusni afzal ko’radigan odamlar borligini tushuntirib bungga pahlavonlardan, tashkilot rahbarlaridan, vatan qahramonlaridan misollar keltiring.
Bu mashg’ulotda quyidagi didaktik materiallardan foydalanggan ma’qul:
* * *
Siz o’zbeksiz, o’ziga beksiz,
Arzigay etsangiz mingbor iftixor,
Shu ulug’ shuhratga munosib bo’lib,
G’am-alam neligin ko’rmangiz zinhor.
Kalonxonov M., Kalonxonova M.
* * *
Birovning oldiga borgandan non deb,
Uyda jim o’tirgan yaxshidur jon deb.
Har kim tama’ yo’lin tutsa agar pesh,
Oqibat bir kuni bo’lg’usi darvesh.
Nizomiy Ganjaviy
Mashg’ulotda inson or-nomusi, mahalla ori va vijdoni, degan axloqiy tushunchalarni bolalar ongiga singdirishga erishsangiz mashg’ulotingiz samarali bo’ldi, degan xulosaga kelishingiz mumkin.
“Boshingni faqat o’z tirnoqlaring bilan-gina qashiy olasan”
(“Otalar so’zi”)
4. Nomusingiz - oringiz va
g’ururingizdir.
Bu mashg’ulotlarni bazi bir
chaqiriqlarni aytish va ularning
mazmunini bolalar ongiga
singdirish orqali olib borgan ma’qul. Ya’ni:
qani yigitlar g’ururingiz, nomusingizni saqlang, kam bo’lmanglar, bo’shashmanglar!;
qizning nomusi oilaning nomusi, bungga oringiz qanday yo’l qo’yadi;
falon oilaning nomusi hammamizning nomusimiz, sizlarda g’urur bormi o’zi va shu kabilar.
Bu mashg’ulotga oid didaktik materiallar sirasiga quyidagi kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |