(Otalar so’zi)
1.Uyat va uyatsizlik. Bu mavzuda mashg’ulot
olib borishda dastlab biror kishini uyatli
ish qilganini va bunday holatning uyatsizlik
ekanligini bolalarning o’ziga ma’qullatib
olish kerak.
Bu mavzu bo’yicha ish ko’rganda sharm-hayo tushunchasiga ham e’tibor qaratish kerak bo’ladi, chunki uyat va uyatsizlik tushunchasini bolalar ongiga singdirishda hayosizlik turmushda ko’pgina fojialarni keltirib chiqarishini unutmaslik kerak. Ana shu asosda “so’ngi pushaymon o’zingga dushman”, degan hukmiy fikrning mohiyatini bolalarga mos va xos aniq dalillar asosida tushuntirish kerak. Bu bolalarning MITsida o’ta muhimdir. Ushbu mashg’ulotlarlarda quyidagidek qimmatli ma’lumotlardan foydalaning:
* * *
“Hayo birla adab yoshlik chiroyini orttirur”.
Habibiy
* * *
“Hayo imondandur, hayo doimo yaxshilik keltiradi”.
(“Hadis”)
* * *
“Hayo bilan kamsuxanlik imonning ikki bo’lagidur”.
(“Hadis”)
* * *
“Odamiylik dini birla,
Toza imon O’zbegim ... ”.
Erkin Vohidov
Bular o’zbek xalq mentalitetini ham belgilab beradigan mezonlardir.
Mashg’ulot oxirida quyidagicha xulosaga kela olsangiz mashg’ulotingiz samarali bo’lgan bo’ladi:
demak, uyat - jamiyatning va insonning insoniyligini belgilovchi buyuk fazilat ekan;
uyatsizlik - esa birovning haqiga jabr qilish, birovlarga nomardlik qilish va inson degan nomga dog’ tushiruvchi yaramas ishlar qilishga odatlanggan kishi turmush tarzi ekan.
“Dunyoda insofli odamdan buyukroq zot yo’q”
R. Rollan
2. Insof va insoflilik.
Bu mavzu bo’yicha ish olib borishda
odamlarda insofning borligi
va shu tarzda turmush kechirayotgan
odamlarni insofli kishi deb atash
mumkinligi to’g’risida bolalarga ma’lumotlar berishni o’ylash kerak. Shuningdek, mashg’ulot paytida “Insof sari baraka”, “Insof qiling-da birodar”, “o’g’ri bo’l, g’ar bo’l, insof bilan bo’lginda” kabi xalqimizda shakllangan fikrlarning mazmun-mohiyatini yoritishga harakat qiling.
Bolalar ongiga insofli odam bo’lish insoniylik belgisi ekanligini va unga erishish uchun katta mehnat qilib o’tirish shart emasligini, faqatgina bunga ozgina qunt qilish kerakligini singdirish va amal qilgan odam doimo kam bo’lmasligini o’qtirib borish kerak.
Bu mashg’ulotda quyidagi didaktik materiallardan foydalanggan ma’qul:
Do'stlaringiz bilan baham: |