I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy tarbiya berishning pedagogik asoslari


Download 0.68 Mb.
bet12/120
Sana19.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1609294
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   120
Bog'liq
2 5220116763525519013

4. “Ma’naviyatinsonning zot belgisi, uning faoliyatining tarkibiy qismi, ongli, aql – zakovatining mahsuli” [9. 29-b.].
5. “Ma’naviyat – jamiyatning, millatning va yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha” [12. 111 - b].
6. “Ma’naviyat – har bir insonning ichki ruhiyati, aql – zakovati, uni o’zini – o’zi anglash, yaxshiliklarga, ezgu niyatlarga to’la qalbi, oldinga qarab yangi marralar sari ongli ravishda faollik ko’rsata bilish va intilish salohiyatidir” [16. 8 - b].
7. “Ma’naviyat ko’p qirrali hodisa bo’lib, axloqiy (odob, burch, mas’uliyat tuyg’usi), ilmiy, ijodiy, amaliy malakalar (mehnat, ijodkorlik, iste’dod, qobiliyat), diniy, mafkuraviy qarashlarning yaxlit birligidir” [7. 22 - b].
8. “Ma’naviyat millatning asrlar davomida shakllangan, ildizlari uning tarixiy tajribalari va ijtimoiy – madaniy rivojlanishi bilan uzviy bog’liq bo’lgan ichki (aqliy) intellektual va salbiy hissiy dunyosidir” [29. 20 – 22 b.].
9. “Ma’naviyat – inson qalbida, ko’ngil ko’zgusida aks etgan haqiqat nuridir” [13. 14 – b.].
10. “Ma’naviyat gul ekishdan to shahar qurishgacha, vatan himoyasiga yarash, milliy oriyat, muhabbat, otalik, akalik, aka – ukalik, eru – ayollik, ilmiy, ro’zg’or tebratish siri, kuyni tinglay olish, tasviriy san’atni o’qish, fuqarolik mas’uliyati, tarix qoshidagi qarzdorlik, ota – buvangdan qolayotgan aqidalarni farzandingga ham eson – omon yetkazishdir” [20].
11. “Ma’naviyat – insonning ongi, aqliy qobiliyatini, ruhiy kechinmalarini yaxshiliklarga, ezgu niyatlarga to’la qalbini ifodalovchi ko’p qirrali tushuncha” [17. 118 – b.].
12. “Ma’naviyat (arab. mano, ma’nolar majmuasi) – moddiy hayot bilan doimo yonma – yon yuradigan, inson, xalq va jamiyat hayotining ajralmas qismi bo’lgan ijtimoiy hodisa” [18. 333 - b].
13. Ma’naviy poklik – odamlarni halollikka, bag’rikenglikka, mehr – shafqatli bo’lishga chorlash va bu borada o’zi ibrat – namuna ko’rsatish [17. 118 –b.].

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling