Dunyo bo’ldi chamanim manim,
O’zbekiston vatanim manim, deb ularga ta’kidlang.
Vatan ona kabi aziz va muqaddas ekanligini va u insongga baxt-iqbol beradigan muqaddas qo’rg’on ekanligini bolalar ongiga singdiring. Ushbu jarayonda quyidagi didaktik materiallardan foydalaning:
* * *
“Hamma uchun eng ulug’ Vatan - bu uning ona Vatani”.
Xolbo’ta To’raqulov.
* * *
“Hamma uchun eng ulug’ shahar - bu uning ona shahri”.
Xolbo’ta To’raqulov.
* * *
“Har bir kishining chindan ham tug’ilib o’sgan shahri va mamlakati shul kishining vatani deyilur. Har kim tug’ilgan, o’sgan joyini jonidan ortiq suyar”.
Abdulla Avloniy.
* * *
“Vatan-sajdagoh kabi muqaddas”.
Islom Karimov.
* * *
“Mening bitta hayotim bor, bordi-yu mingta hayotga ega bo’lgan taqdirimda ham hammasini Vatan uchun sarflagan bo’lur edim”.
Fuzuliy.
* * *
“Kimki o’z yurtini sevmasa, u hyech nimani seva olmaydi”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“O’z vataniga dog’ tushurish uni sotish degan so’z”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Kimki o’z Vataniga daxldor bo’lmasa u insoniyatga ham daxldor emas”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Yashna ko’hna Turon-Turkiston,
Gulla go’zal, hur O’zbekiston.
Yasha xalqim, elim jonajon,
Xo’p ajoyib zamon keldi-ya”.
Komil Sindorov.
* * *
“Oilani muqaddas deb bilmagan odamga muqaddas vatanning o’zi yo’q”.
Xolbo’ta To’raqulov.
Mashg’ulot davomida bolalarni o’zini vatanparvar deya olishga erishsangiz, ularning oilasiga, MTM siga, ota-onasiga, qavmu-qarindoshiga va umuman xalqiga muhabbatini o’yg’otishga asos solgan bo’lasiz.
“Daryo suvini bahor toshirar, odam ko’rkini mеhnat oshirar”.
Do'stlaringiz bilan baham: |