(“Otalar so’zi”)
9. Halollik - inson fazilatining
ko’rki.
Halollik - bu insonlar uchun
ruhsat qilingan yaxshi, ijobiy
ishlar, hatti-harakatlar majmuasidir.
Bu mashg’ulotda Vatangga nisbatan
halollik, ota-onaga nisbatan halollik,
MTM ga nisbatan halollik va umuman xalqiga nisbatan halollik to’g’risida gap borsa yaxshiroq bo’ladi. Bularning hammasiga halol mehnat bilan va ularga nisbatan muhabbat bilan faoliyat yuritish orqali erishish insoniy fazilat ekanligini bolalar qalbi va ongiga joylang.
Mashg’ulotga oid didaktik materiallar:
* * *
“Halol mehnat bilan topilgan va xayrli ishlarga sarflanggan boylikdan ko’ra yaxshiroq boylik yo’q”
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Umrini danggasalik bilan o’tkazgan odamga hyech qachon muvaffaqiyat yor bo’lmaydi”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Hamma uchun yarashadigan fazilat - bu halollik”.
Xolbo’ta To’raqulov.
* * *
“Kasbga halollik ham bir ibodatdir”.
Tursunoy Sodiqova.
Mashg’ulotingizda bolalar oilasiga, jamoasiga, xalqiga, vataniga ongli munosabatda bo’lishni xohlashsa, ularda halollik ramzi, inson fazilati ko’rki degan tushunchalarni paydo qilgan bo’lasiz.
“Hunarni asrabon nеtgumdir oxir, Olib tuproqqami kеtgumdir oxir”.
Alishеr Navoiy
10. Hunarli xalq - xor bo’lmas.
O’zbek xalqi qadimda ham
kasb-hunarli xalq bo’lgan.
Hattoki payg’ambarlarimiz va
aziz – avliyolarimiz ham biror
kasb – hunar bilan
shug’ullanganlar.
Mashg’ulotingiz davomida bolalar ongiga odam hunar egallash bilan yuqori martabalarga erishish mumkinligi va hunarsiz kishi hamisha jamiyatga foydasiz bo’lishligi hamda uning hyech kimga nafi tegmasligini singdiring.
Mashg’ulotda quyidagi didaktik materiallardan foydalaning:
Do'stlaringiz bilan baham: |