* * *
“Hamma ishlaringizda to’g’ri bo’ling, odamlarga muomalada xulqingiz chiroyli bo’lsin”.
(Hadis)
* * *
“Tilga e’tibor, elga etibor”.
(“Xalq maqoli”)
* * *
“Bug’doy noning bo’lmasin, burro so’zing bo’lsin”.
(“Xalq maqoli”)
* * *
“Achchiq til zaxari ilon, chuchuk tilga jon qurbon”.
(“Xalq maqoli”)
* * *
“Muloqot-bola aqlini oziqlantiruvchi eng muhim omil”.
“Donolar nasihati”dan
Xulosa qilib aytganda xalqimizda sermazmun, ma’noli va maqtovga oid so’z iboralari juda ko’p. Ularni o’rganish odamlar o’rtasidagi suhbatni yanada sermazmun, yanada jozibador qilib, muomala muhitining hissiyotliligini oshiradi va suhbatdoshlarini yanada yaqinlashtiradi. Bular mashg’ulotingizning diqqat markazida bo’lgan bo’lsa, siz bu mashg’ulotni samarali olib borgan bo’lasiz.
“Yaxshi xulqdеk oliy kasb yo’q.”
(“Hadis”)
13. Salomlashish – tarbiyaning
boshi.
Mashg’ulotingizni salomlashishdan
boshlashingiz - bu tabiiy hol.
Shu yerda uning ma’nosiga
e’tiborni qarating, ya’ni
“Assalomu alaykum” – bu arabcha so’z bo’lib, u “Sizga tinchlik istayman”-degan ma’noni anglatishligini va “Va alaykum as-salom” bu ham arabcha so’z bo’lib, u “Sizga ham tinchlik bo’lsin” ma’nosini anglatishligini ayting. Keyin chala salom (“Assalom alayka”, “Valayka”, “Salom”, “Salom alaykum”, “Salom berdik”, “Alaykum” va shu kabilar) madaniyatsizlik belgisi ekanini aytib, salomlashish qoidalarini mashq qildiring.
Mavzuga oid didaktik materiallar:
* * *
“Insongga sharaf va kamolot bag’ishlovchi insoniy sifat salomdan boshlanadi”.
Xolbo’ta To’raqulov.
* * *
“Xushmomalalikni salomdan boshlaylik, bu go’zal sifat baxt-saodatga erishuvda tuganmas xazina ekanini unutmaylik”.
Do'stlaringiz bilan baham: |