(“Xalq hikmati”)
* * *
“Uyga kelganni it qopmas”.
(“Xalq maqoli”)
* * *
“Mehmon kelar eshikdan, rizqi kelar teshikdan”.
(“Xalq maqoli”)
* * *
“Saxovatli bo’lmasang ham mayli, ammo isrofgar bo’lma”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Mehmon - atoyi Xudo”.
(“Xalq maqoli”)
Bolalar ongiga uyga mehmon kelish yaxshilik, mehmongga xizmat qilish insoniy fazilat ekanligini singdira olsangiz mashg’ulotingizning tarbiyaviy samarasi bor.
“Sihat tilasang kam е, Izzat tilasang kam dе”
(“Xalq maqoli”)
15. Ovqatlanish odobi.
Ovqatlanish odobiga amal
qilish o’sha inson uchun ham
fazilat, ham poklik, ham
tozalik va xullas insonning
insoniyligini ko’rsatadigan sifatiy belgi.
Bolalarga yakka tartibda va jamoa bo’lib ovqatlanish konun-qoidalarini o’rgatish kerak. Jamoa bo’lib ovqatlanish xosiyati yoritilishi kerak.
Ovqatlanishni “Bismillohur rahmonir rohiym”, deb boshlash kerakligini bolalarga o’qtirish kerak. Ovqatni kim, qachon boshlashini va kim, qachon duo qilishini bolalarga ta’kidlash kerak.
Mavzuga oid didaktik materiallar.
* * *
“Odamlar bilan murasoyu madoraga kirishish ham sadaqa hisoblanadi”.
(“Hadis”)
* * *
“Qanoatli kishining hamisha qorni to’q”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Badanning quvvati ovqat, ruhning quvvati ilmdir”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Qorin yemoqdan zavq oladi, aql esa hikmatdan”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Non-hayot demak”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Dasturxongga to’kilgan taom va ushoqlarni terib yeydigan odamning gunohlari to’kiladi”.
(“Hadis”)
Do'stlaringiz bilan baham: |