* * *
“Ulug’ odamlar hamisha taomda tiyingganlar”.
O. Balzak.
Ovqatlanish paytida ota-onalar bilan ovqatlanishga to’g’ri kelsa, oldin kattalar, keyin esa yoshiga qarab kichikroqlar taomga qo’l cho’zganlari ma’qul.
Mashg’ulotingiz samarasini ko’rish uchun bolalarga uylaringda qanday tartibda ovqatlanasizlar, deb savol berib ko’ring.
16. Kiyinishning husnga mosligi va ularning odob bilan
“Yuzing kora bo’lsa ayb emas, yuraging qora bo’lmasin”.
(“Otalar so’zi”)
uyg’unligi.
Insonning ham shaklan, ham
ma’nan, ham ruhan go’zal bo’lishi -
haqiqiy go’zallikdir. Bu uchta
jihatdan uyg’un holda
foydalangandagi insondagi xalqparvarlik, ma’rifatparvarlik, halollik, rostgo’ylik saxiylik kabi insoniy xislatlarni shakllantirish – bu ma’rifatdir, buning aksi bo’lib qolganda esa, ya’ni insondagi xudbinlik, o’g’rilik, egrilik, baxillik, yalqovlik, jaholat, johillik kabi illatlar paydo bo’lib qolsa - bu jaholatdir.
Bu mashg’ulotning asosiy nuqtai nazarida jaholat ustidan ma’rifat g’alabasi tarannum etilmog’i lozim.
Bu mashg’ulotga oid didaktik materiallar quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin:
* * *
“Ko’r bo’l, shol bo’l, nom qoldir.
Yaxshi nom qoldirish ulkan boylik topishdan afzal”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Aql dil go’zalligi bilan qo’shilsa fazilatga aylanadi. Aks holda-aql fazilat emas”.
Arastu
* * *
“Bir donishmanddan so’rabdilar:
- Odam uchun yarashadigan kiyimlar ichida eng go’zali qanday kiyim?
Donishmand javob berdi:
- Odam uchun yarashadigan eng go’zal kiyim bu axloq-odob kiyimidir. Kishi qiyofasini bezaydigan, uning husniga husn qo’shadigan bundan ortiq kiyimni topish qiyin”.
(“Donolar bisoti”dan)
* * *
“Kiyimingga, tashqi ko’rinishingga zeb berguncha, odob bilan so’zlashni, yurish-turishni, kishilar bilan javob-muomala qilishni o’rgan”.
Do'stlaringiz bilan baham: |