I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy tarbiya berishning pedagogik asoslari


Download 0.68 Mb.
bet29/120
Sana19.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1609294
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   120
Bog'liq
2 5220116763525519013

(“Otalar so’zi”)
* * *
“Pok va halol bo’lmagan odamdan ezgulik chiqmaydi, unda mehr-shavqat, oriyat, nomus, sharm va hayo bo’lmaydi”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Halol va pokiza kishi doimo xotirjam tinchlikdadir, birovga yomonligu xiyonat qiladigan kishi esa halokatga girftor”.
Maxmud az-Zamaxshariy
* * *
“Musulmon bo’lishning eng oliy shartlaridan biri bu halollik, halollik va yana halollik”.
(“Hadis”)
* * *
“Sabru qanoatni diliga mahkam joylashtirib olganlarning kelajagi yorug’, kuni va baxti iqbolli bo’ladi”.
(“Otalar so’zi”)
Mashg’ulotingizni hulosalashda quyidagilarga etibor bering: mashg’ulotda bolani sofdil, halol va rostgo’y bo’lishga unday oldingizmi; bolalarga rostgo’ylik, halollik bilan egizak sifatlar ekanligini singdira oldingizmi; halollikka odatlanggan inson rostgo’y bo’lishini bolalarga o’qtira oldingizmi; rostgo’y insonning qalbi pok bo’lishligini va bundan insonlarda qalloblik, g’arazgo’ylik va firibgarlik kabi illatlar bo’lmasligini bolalar qalbiga jo qila oldingizmi? Agar siz bu savollarga javob topa olsangiz, mashg’ulotingiz a’lo darajada o’tibdi.


18. Tozaligu ozodalik, pokizaligu soflik - inson ziynati.

Tozalik, ozodalik, poklik -oltindan qimmat.”
V. Shеkspir

Musulmonchilik qonun –


qoidalari va talab-lariga
ko’ra tozaligu ozodalik,
pokligu soflik inson uchun
eng zarur xislatlardir. Ular
bo’lgan joyda dil ravshan, bular bo’lmagan joyda esa inson tabiati xira, kayfiyati xufton bo’ladi. Mashg’ulotning maqsadi bolalarimizni mustaqil hayotga tayyorlash bilan birga, ularda tozalik, ozodalik, poklik, soflikni odatiy holga keltirishdan iborat bo’lishi kerak, chunki har qanday odamni kiyinishidan tortib, yashaydigan uyi va tarbiyalanadigan bog’chasigacha toza bo’lsa, u shaxsiy ozodalikka va poklikka rioya qilsa, o’z vaqtida yuvinib tanasini o’z vaqtida parvarish qilib borsa, bunday odamlarni barkamol inson deb atash mumkin va bunday insonlar ma’naviy jihatdan xam yetuk bo’ladi.
Mavzuga oid didaktik materiallar sifatida quyidagilar taklif etiladi:
“Nopok odamlar birov ko’rmaydigan guvoh bo’lmaydigan holat bo’ldimi, ular davlat, el mulkiga chang soladi, o’g’rilik, poraxo’rlik, fohishalik kabi jirkanch ishlar bilan shug’ullanadilar. U uchun mamlakat ravnaqi, xalq farovonligi ikkinchi darajali hisoblanadi. Bunday nopok kishilar ko’p bo’lgan jamiyat taraqqiy etmaydi”.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling