I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy tarbiya berishning pedagogik asoslari


Download 0.68 Mb.
bet32/120
Sana19.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1609294
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   120
Bog'liq
2 5220116763525519013

Xolbo’ta To’raqulov
Bular insonning axloqiy
madaniyatining yuksalishida
va ayniqsa, insonlarni
odamiylik, xushmuomalalik,
kamtarlik, mardlik,
oliyhimmatlik kabi xislatlarga yo’llashi bilan ahamiyatlidir.
Xalqimizda “Kamtarga kamol” degan gap bor. Ha, bu isbot talab qilinmandagan haqiqat. Bungga sabab kamtar kishi kibr-havoli bo’lmaydi, manmanlikni o’ziga odat qilib olmaydi, takabburlik qilmaydi, birovning qilgan yaxshiligini oshiradi, o’zinikini esa yashiradi, ya’ni xulosa qilib aytganda o’ziga talabchan va o’z “Men”i bilan yashagan odam – bu kamtar odamdir. Ular o’zini kamtarona va tabiiy holda tutadilar.
Mashg’ulotga oid didaktik materiallar:
* * *
“Kamtarlik inson fazilatining oltin qirralaridan biridir”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Kamtarlik insondagi kibr-havo va manmanlikning dushmanidir”.
Xolbo’ta To’raqulov
* * *
“Manmanlikning ko’chasi cho’tir,
Yurma unga xatar tuyasan.
Kamtarlikning to’rida o’tir,
El mehriga shunda tuyasan”.
Kalonxonov M. Kalonxonova M.


* * *
“Soyda o’sgan qamish g’o’ddayar,
Oltin boshoq egib turar bosh.
Lekin qamishdan bo’yra yasalur,
Boshoqdan non-misoli quyosh.”
Kalonxonov M. Kalonxonova M.
* * *
“Mo’min kishining yaxshi niyati qilgan amalidan ham yaxshidir”.
(“Hadis”)
* * *
“Kamtar bo’lsang obro’ ortar,
Manman bo’lsang ensa qotar.”
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Kamtarlik jasorat toji.”
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Kamtarlik ko’kka ko’tarar,
Manmanlik yerga kiritar.”
(“Xalq maqoli”)
Demak, siz mashg’ulotingizda bolalarga kamtarlik oliyjanob xalqimizning eng go’zal fazilati ekanligini yetkaza oldingiz.
O’zingizda esa bu fazilat mardlikning yo’ldoshi, odamlarning qadr-qimmatini yuksakliklarga ko’taruvchi axloqiy sifatlarni barkamol qiluvchi harakatlantiruvchi kuch ekan, degan xulosaviy fikr shakllanggan bo’lsa, demakki, bu mashg’ulot samarasiz emas.
21. Nutq madaniyatida muloyimlik.

Har kishining bor esa yaxshi so’zi, Orttirar obro’sin albatta o’zi”
Shayx Sa'diy


Odam bolasi tug’ildimi,
unga tarbiya kerak, unga bola
shaxsi sifatida qarab madaniy –
ma’naviy ozuqa kerak. Oila va
qolaversa davlat yoshlar kelajagini, baxt - saodatini o’ylasalar va ularning ma’naviy yetuk shaxs bo’lib yetish ishini xohlasalar, ulardan faxrlanish va g’ururlanishni istasalar, ularning bolalik chog’idanoq aql zakovatining o’sishiga, ma’naviyati yuksalishiga e’tiborni kuchaytirishlari kerak. Ushbu jihatlarni yuksaltirishda bolaning nutq madaniyati va uning asosiy negizini tashkil etuvchi insoniy fazilat bo’lmish muloyimlik muhim ahamiyat kasb etadi, chunki muloyim, madaniyatli kishilar odamlarga nisbatan sezgir va e’tiborli bo’ladi. Shu sababli ham ushbu mavzu materiallaridan boshqa mavzu materiallari bo’yicha mashg’ulotlar olib borishda ham foydalanish mumkin.
Mavzu bo’yicha didaktik materiallar:


* * *
“Dunyoda odam bolasi yomonlik bilan yaxshilikning ostonasida turadiki, arzimas bir ichki yoki tashqi sabab bilan ostonadan chiqib, yo yomonlik tomon, yo yaxshilik tomon ketib qoladi”

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling