I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy tarbiya berishning pedagogik asoslari


Download 0.68 Mb.
bet33/120
Sana19.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1609294
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   120
Bog'liq
2 5220116763525519013

(“Otalar so’zi”)
* * *
“Yuziga boqma, so’ziga boq”.
(“Donishmandlar hikmati”)
* * *
“Suxandonlik salomdan, ish intizomdan boshlanadi”.
(“Xalq hikmati”)
* * *
“Bug’doy noning bo’lmasa ham shirin kaloming bo’lsin”.
(“Xalq hikmati”)
* * *
“So’z – qudratli kuch”.
(“Xalq hikmati”)
* * *
“Kimki muloyim bo’lsa saodatlik,
Kimki kamgap bo’lsa salomat bo’ladi”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“So’zda sehr bor, she’rda hikmat”.
(“Hadis”)
* * *
“Shirin so’z odamlarning qalbini bog’lovchi zanjirdir”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“So’z kishining yuragidan darak beradi”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Har bir kishining so’zi aqliga yarasha bo’ladi”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Har bir so’zning o’z o’rni bor, har bir ishning o’z mavridi”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Til keskir qilich, so’z esa qaytarib bo’lmas o’qdir”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Sovuq so’z bir urug’, undan faqat dushmanlik hosil bo’ladi”.
(“Xalq hikmati”)
* * *
“Nutq qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur etadi”.
R.U. Emerson
Mashg’ulotda har bir so’z, har bir fikrni bolalarga burro-burro qilib, aniq yetkazishga harakat qilganingizga ishonamiz - buning o’zi sizdagi pedagogik mahoratdir.
Bunday mavzular bolalarni milliy va umuminsoniy ruhda tarbiyalashda ma’naviy ozuqa bo’la oladi.
22. Xushmuomalalik - kamtarlikning muhim belgisi.

Gavharu durni quloq ozori bil, So’zni quloqning duri shahvori bil”.
Alishеr Navoiy


Xushmuomalalik – kamtar -
likning muhim belgisi bo’lib,
u insonning go’zal fazilatlaridan
biridir. Uni baholashni, kamtarlik
va shirin - suxanlikni e’tiborga
olish orqali amalga oshiriladi. Xushmuomalalik – nazokatlilik belgisi hamdir. Bunday insoniy fazilatga ega bo’lgan odamlarda katta-kichikka o’ziga yarasha muomala qilish san’ati kuchli bo’ladi.
Mashg’ulotda quyidagi didaktik materiallardan foydalanish maqsadga muvofiq:

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling