* * *
“Har bir azobga ham roziman tayyor
Nomusim aziyat chekmasin zinhor”.
Pyer Kornel
* * *
“El mehrini qozon ey o’g’lim,
El duosi-oliy saodat.
O’z xalqiga qayishsa har kim,
Chekinadi ofat,qabohat”.
Kalonxonov M., Kalonxonova M.
* * *
“To’g’rilik odamni balodan qutqaradi”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Egri daraxtning soyasi ham egri bo’ladi”.
(“Otalar so’zi”)
“Odobsizlik ota-ona uyini harob qiladi”.
(“Otalar so’zi”)
Mashg’ulotingizning xulosa qismi nomusni saqlash muqaddas burch ekanligi va uni saqlash uchun inson oriyatli va g’ururli bo’lish kerakligini bolalar ongiga singdirishga erishishga harakat qiling!
5. Odob va odoblilik.
Bu mavzu bo’yicha ish olib
borishda bog’chadagi bola
odobi to’g’risida faoliyat
yuritganingiz ma’qul. Odobning
inson uchun go’zallik bezagi
ekanligi, shuning uchun odobli bolani ota-onasi ham, qarindosh-urug’lari ham, do’stlari ham yaxshi ko’rishligini ular ongiga singdirish kerak. Ularga mos quyidagidek didaktik materiallardan foydalanggan ma’qul:
* * *
“Odob ahli bilan hamsuhbat bo’lish - gullar hidi ufurayotgan tong nasimidin ham shirin”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Odobli odam tabibga o’xshaydi, u bilan suhbatlashish ko’ngildagi g’amni quvadi”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Aql bilan odob jism bilan jon”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Axmoq g’azablansa, shayton unga akalik qiladi”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Sababsiz kulgu-beodoblik belgisi”.
(“Otalar so’zi”)
Bolalarga odoblilik bilan odobsizlikning farqini singdira oldingizmi, demakki siz bu mashg’ulotni uddaladingiz. Mashg’ulot xulosasi shuni ta’minlasa bo’ldi.
“Muhtojligi kam odamning umri uzoq bo’ladi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |